XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          

“What is CEFR? and its challenges in teaching process”

“What is CEFR? and its challenges in teaching process” mavzusidagi seminar trening o’tkazildi

8.01.2018 yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universitetining “Tillar va nutq madaniyati” kafedrasi professor o’qituvchilari tomonidan reja bo’yicha tasdiqlangan navbatdagi “What is CEFR? and its challenges in teaching process” mavzusidagi seminar trening o’tkazildi. Ushbu seminar-trening “Tillar va nutq madaniyati ” kafedrasining barcha o’qituvchilari Universitet qoshidagi Akademik Litseyning “Xorijiy Tillar” kafedrasining til o’qituvchilari ishtirokida bo’lib o’tdi. Seminar-treningda bugungi kunning chet til o’qitishdagi dolzarb bo’lgan masalalari muhokama qilindi va hamkasblar o’zlarini qiziqtirgan o’qitish jarayonidagi qiyinchiliklar va yangiliklar bilan fikr almashishdi. Ma’ruza qilgan Sh. B.Raximova Oliy Ta’limdagi o’zgarishlar, masofaviy ta’lim haqida ma’lumot berdi. Kafedra o’qituvchisi Sh.G.Ibragimova tarqatma materiallarni o’qituvchilarga tarqatdi. Litsey o’qituvchilari ushbu turdagi seminar-treninglar, jonli muloqotlarni faol o’tkazib turish taklifini berishdi

9 yanvar 2018 yil, 179
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering