Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Malaka oshirish va tajriba almashish

Malaka oshirish va tajriba almashish bo'yicha seminar o'tkazildi






2018-yil 8-yanvar kuni Kasb ta’limi fakulteti «Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasining professor-o‘qituvchilari P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji o‘qituvchilari bilan hamkorlik ish rejasi asosida «Malaka oshirish va tajriba almashish» bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Kafedra prof.v.b. S.Abdirasilov «Harakatlar strategiyasini beshta ustuvor yo‘nalishlari»da belgilangan ta’lim-tarbiya masalalari to‘g‘risida kollej o‘qituvchilari bilan seminar tashkil etildi.

Dotsent v.b. N.Abdusalomxo‘jaнev, Sh.Nazirbekova-«Master-klass o‘qituvchini kasbiy ijodiy faoliyatga tayyorlash texnologiyasi» mavzusida master-klass darsini namoyish etishdi.

Shuningdek, kafedra dotsenti R.Xalilov, o‘qituvchi X.Muratov, N.Tolipov metodik tavsiyalari bilan kollej o‘qituvchilariga «O‘quv-metodik ishlar samarador-ligini oshirishda «Avtoplay» dasturi asosida o‘quv-uslubiy majmua tayyorlash» mavzusida amaliy prezentatsiya namoyish etishdi.

«Tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi» kafedrasining professor-o‘qituvchilari va P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik kolleji o‘qituvchilari hamkorlik ishlarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

11 yanvar 2018 yil, 1,080
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)