Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Mehnatning tagi rohat. Modal so‘zlar” mavzusida ochiq dars

2017-yilning 29-noyabr kuni “Mehnatning tagi rohat. Modal so‘zlar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi






2017-yilning 29-noyabr kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti qoshidagi “Intellekt” akademik liyseyining 2-bosqich 202-guruh o‘quvchilariga “O‘zbek tili” fanidan “Tillar va nutq madaniyati” kafedrasi dotsenti, p.f.n.S.A.Adilova hamda o‘qituvchi Sh.M.Yunusova tomonidan “Mehnatning tagi rohat. Modal so‘zlar” mavzusida ochiq dars o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida dotsent S.A.Adilova xorijda til metodikasida qo‘llaniladigan "Speak for 1 minute", "Give me advise", "Topic cards" kabi metodlardan va o‘yinli texnologiyalardan foydalandi.

“Tillar va nutq madaniyati” kafedrasi o‘qituvchisi Sh.M.Yunusova tomonidan Singapur ta’lim tizimida qo‘llaniladigan “Rally Robin”, “Tic Tac Toe” “Quiz-Quiz Trade” kabi metodlardan foydalanib mavzu mustahkamlandi.

Mashg‘ulotni “Tillar va nutq madaniyati” kafedrasi katta o‘qituvchisi (kafedraning hamkorlik ishlari bo‘yicha mas’ul) N.T.Xamidova va “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri A.Ikromov, o‘qituvchilari G.Azimova, S.Botirova, Sh.Qayumovalar kuzatishdi.

Muhokama jarayonida ekspertlar mashg`ulot davomida turli mеtodlar qo`llanilganini, ta'limiy o`yinda barcha o‘quvchilarning faol qatnashishi ta'minlanganligini, o‘tkazilgan ochiq darsning barcha ilmiy-metodik talablarga javob berishi haqida ta’kidladilar

12 yanvar 2018 yil, 308
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering