2018-yil 9-yanvar kuni Kasb ta'limi fakulteti «Tasviriy san'at va uni o‘qitish metodikasi» hamda «Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi» kafedralarining professor-o‘qituvchilari Toshkent arxitektura-qurilish kasb-hunar kolleji o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ta’lim turlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya jarayonini kuchaytirish, ular o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash hamda uni takomillashtirish maqsadida «Malaka oshirish va tajriba almashish» bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Seminarda kafedralarning professor-o‘qituvchilaridan dotsentlar P.Adilov, S.Abdirasilov, R. Xalilov, A.Ashirbayev, A.Valiyev, N.Tashimov, N.Abdusalomxojayev, katta oqituvchilar S.Mahkamova, D.Tulanova va X.Muratovlar «Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari»da belgilangan ta’lim-tarbiyaga oid vazifalar yuzasidan kollej o‘qituvchilari bilan axborotlar almashishdi.
Seminarda universitet va Toshkent arxitektura-qurilish kasb-hunar kollejini professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdi