Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Barchamizni tashabbuskorlikka chorlovchi nutq

5-10 yanvar kunlari Chilonzor tumani mahallalarida davra suhbatlari tashkil etdilar






O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 22- dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasini aholi orasida targ‘ib qilish uchun Chilonzor tumaniga belgilangan mas’ullar: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi M.Q.Mamadjonova, “Bog‘zor” MFY raisi F.S.Ondoyev, “Chilonzor” MFY raisi O.Mutalov, “Katta Chilonzor-3” MFY raisi A.R.Gaipnazarov, “1- Qatortol”, MFY raisi Z.N.Xolmuxamedov, “Fidokor” MFY raisi K.B.Matyakubovlar bilan birgalikda 5-10 yanvar kunlari Chilonzor tumani mahallalarida davra suhbatlari tashkil etdilar.

Tashkil etilgan davra suhbatlarida mahalla oqsoqollari, mahalla faollari, sardorlari, mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolar TDPU Ijtimoiy – iqtisodiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari K.J.Tulenova,X.T.Jumanov, G.T.Iragimova, Sh.A.Xolmatova, N.X.Isayeva, Ye.V.Li, A.K.Aymuxammedova, TDPU iqtidorli talabalari ishtirok etdilar.

Davra suhbatida so‘zga chiqqan targ‘ibotchilar tomonidan taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo‘lgan 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O‘zbekiston Respublikasining 2018-yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishning eng ustivor yo‘nalishlari, ularning amalga oshirilish mexanizmlari to‘g‘risidagi fikrlar bildirildi.

Davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasini har bir yurtdoshimiz, shubhasiz, chuqur hayajon va zo‘r qiziqish bilan tingladi. Binobarin, bu tarixiy voqelikda ko‘tarilgan masalalar, o‘rtaga tashlangan jamiki muammolar barchamizning bugunimiz hamda ertangi kunimizga, hayotimiz va orzu-umidlarimizga bevosita daxldordir

13 yanvar 2018 yil, 516
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering