Foydali manbalar













OTM web-reytingi

"Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi"

"Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligi" ga bag'ishlab davra suhbati o'tkazildi






2018 yil 9 fevral kuni Tillar va nutq madaniyati kafedrasi dotsenti S.A.Adilova Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan tadbirni ochib, G.Norimovaga so‘z berdi. G.Norimova Alisher Navoiyning ijodiy merosini o‘rganishning ahamiyati haqida gapirib asarlaridan olingan lavhalar misolida tushuntirib berdi. Ayniqsa, “Xamsa”ning “Hayrat-ul abror” dostonidan ibratli, tarbiyaviy ahamiyati katta bo‘lgan hikoyatlarni aytib berdi. Alisher Navoiy g‘azallaridan parchalar o‘qidi. Ularni tahlil qildi. Talabalar bilan fikr almashdi. Shu bilan birga, asarlari haqida yangi ma’lumotlarni keltirdi. «Xamsa», «Majolis un – nafois» asarlari haqidagi qiziqarli ma’lumotlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. So‘z o‘qituvchi Sh.M.Yunusovaga berildi. U Alisher Navoiy asarlarida nutq odobi, voizlik san’ati haqida ma’ruza qildi. «Xamsa», «Majolis un – nafois», «Arbain» kabi asarlarida so‘z san’atiga oid fikrlari haqida ma’lumotlar keltirdi, ulardan parchalar o‘qidi. Haqiqatdan ham, she’riyatimizning dahosi qoldirgan badiiy me’ros ummon ekanligini, bu ummondan dur-u javohirlar terish ko‘ngil atalmish mulkimizni obod aylashi, obod ko‘ngillarda gard bo‘lmasligi gardsiz ko‘ngil esa pok bo‘lishi, Hazrat Navoiy ta’kidlaganlaridek, «Demon-ki ko‘ngli pok-u, ko‘zi pok, Tili pok-u, so‘zi pok-u, o‘zi pok» insonga aylanish mumkin. Komillikning poydevori poklikdir. Hazrat Alisher Navoiyning asarlarini o‘qish, uqish va anglash siz-u bizni komillik sari yetaklaydi deb, Sh.M.Yunusova o`z ma’ruzasini yakunladi.

Shundan so‘ng, dotsent S.Adilova so‘zga chiqib, Alisher Navoiy asarlarida komillik haqida so‘z yuritdi. Talabalarga savollar bilan murojaat qildi, ularni bahs-munozaraga chorladi.

Tillar va nutq madaniyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari N.Abdanbekova, Sh.Qurbonova, N.Baymanova, D.Nurmuhamedova, U.Isayevalar ham Alisher Navoiyning ijodi yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, asralardan parchalar keltirdilar.

Tadbirda Tabiiy fanlar , Tarix, Fizika-matematika fakultet talabalari faol ishtirok etishdi.

O‘zbek tili, Rus tili hamda Ingliz tili to‘garak a’zolari tomonidan Alisher Navoiyning hikmatli so‘zlari, g‘azallari, ruboiylaridan parchalar o‘qildi.

P.f.n., dotsenti S.A.Adilova

O‘qituvchisi f.f.n.,G.A.Norimova

O‘qituvchisi Sh.M.Yunusova

Katta o‘qituvchilar Sh.Kurbanova

N.Abdanbekova

N.Baymanova

D.Nurmuhamedova

U.Isayeva

12 fevral 2018 yil, 632
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering