|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Universitet Kengashi oliy kollegial organ bo`lib, barcha yonalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Dolzarb vazifalarni tezkor va sifatli hal qilish bo`yicha qarorlar qabul qiladi. Universitet rektori Kengash raisi sanaladi. Kengash tarkibida prorektorlar, dekanlar, universitetning yetuk professor-oqituvchilari, jamoat tashklotlari yetakchilari faoliyat korsatadi.


Universitet kengashi

Universitet Kengashi oz faoliyatini Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligining 1998 yil 9 dekabrdagi 345-sonli buyrugi bilan tasdiqlangan Oliy oquv yurtining Ilmiy kengashi togrisida Nizom asosida ishlab chiqilgan, Kengashning 2013 yil 24 iyundagi 14.3.1-sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Nizomiy nomidagi TDPU Kengashi Nizomi asosida amalga oshiradi.

Universitet jamoasining Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish, zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish asosida yuqori malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taminlash, ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, yoshlarda vatanparvarlik, fuqarolik, oz Vatani bilan faxrlanish kabi manaviy-marifiy va madaniy fazilatlarni shakllantirish kabi vazifalarni hal qilishga qaratilgan say-harakatlarini muvofiqlashtirish universitet Kengashining asosiy vazifasi hisoblanadi.

Uzoq yillar mobaynida universitet Kengashi nafaqat universitet hayoti, balki respublikamiz pedagogika fani, talim va tarbiya tizimining rivoji bilan bogliq dolzarb masalalarni muhokama qilib, muammolar yechimiga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish bilan shugullanib keldi.

Universitet (sobiq institut) rektori va ayni paytda Kengash raisi sifatida turli yillarda A.Zargarov (1935), P.S.Kassin (1936-1937), X.Zayniddinov (1937-1938), A.Usmonov (1939-1940), N.Karimov (1940-1943), T.Alimova (1943-1946), A.Islomov (1946-1951), Sh.Abdullaev (1951-1971), Z.R.Nuriddinov (1971-1976), X.T.Tursunov (1976-1979), S.P.Tursunmuhamedov (1979-1983), F.A.Abdurahmonov (1983-1988), K.Yu.Yusupov (1988-1990, 1991-1994), M.Zoidov (1990-1991), D.N.Faniev (1991), B.F.Qodirov (1994-2006), G.I.Muxamedov (2006-2007), U.Begimqulov (2007-2009), F.I.Haydarov (2009-2011), U.I.Inoyatov (2011-2013) faoliyat korsatdi.

2013 yildan mazkur lavozimlarda pedagogika fanlari doktori Sh.S.Sharipov faoliyat yuritib kelmoqda.

Mustaqillik yillarida universitet Kengashi kotibi sifatida N.N.Azizjodjaeva, M.E.Haydarov, Sh.M.Avezov, Z.M.Mirholiqov kabi taniqli mutaxassislar faoliyat olib bordi.

Bugungi kunda Kengash tarkibi 43 kishidan iborat bolib, unda 11 nafar fan doktori; 25 nafar fan nomzodi; 7 nafar ilmiy daraja va unvonga ega bolmagan xodim faoliyat korsatmoqda.

Universitet jamoasiga rahbarlik nuqtai nazaridan Kengash tarkibi quyidagicha: rektor; prorektorlar; dekanlar; universitet professor-oqituvchilar kasaba uyushmasi raisi; universitet talabalar kasaba uyushmasi raisi; Xotin-qizlar kengashi raisi; mutaxassis chiqaruvchi kafedra mudirlari; boshqa xodimlar, TDPU qoshidagi akademik litseylar direktorlari, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati boshlangich tashkiloti yetakchisi.

Shuningdek, universitet Kengashi tarkibida buyurtmachilar vakillari OMKHTM kadrlar boshqarmasi boshligi J.Tursagatov, OOMTV Oliy talim muassasalari bosh boshqarmasining kadrlarni maqsadli tayyorlash va ishga taqsimlash bolimi boshligi Sh.Avazov, XTV ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlashtirish bolimi boshligi I.Ismatov faoliyat korsatmoqda.

Kengash ish rejasiga Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy va orta maxsus talim vazirligi Hayat qarorlari va buyruqlarining universitetdagi ijrosi, oquv-tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligini oshirish, talabalar bilan manaviy-marifiy ishlarni tashkil etish, ularni har tomonlama kamolga yetgan, barkamol insonlar qilib tarbiyalashdan iborat bolgan dolzarb masalalar kiritiladi.

Bugungi kunda Kengash kotibiyati Oliy va orta maxsus talim vazirligi Hayati qarorlari, universitet Kengashi qarorlarini ijro etish sifati va samaradorligini yaxshilash, universitetda chop etilayotgan oquv va ilmiy adabiyotlarni sifatli taqrizlash va ekspertizadan otkazish, Kengash yigilishlari kun tartibiga kiritilgan masalalarni har tomonlama puxta organilishiga erishish maqsadida turli tashkiliy choralarni ishlab chiqib, amaliyotga tatbiq qilmoqda.

Universitet kengashi kotibi - Mirazizov Alisher

24 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:7020

Kengashning vazifalari

27 oktyabr 2016 yil

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Germenevtik suhbatning maqsadi:

    Javob: O`rganilayotgan matnning asl ma`no va mazmunini o`quvchi-talabalar bilan hamkorlikda talqin qilish

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar









Bizning loyihalar