Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“She’riyat kechasi”

“She’riyat kechasi” bo‘lib o‘tdi




She’riyat kechasi Kasb ta’limi fakulteti “Muhandislik grafikasi va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti boshchiligida o‘tkazildi. Kechada tasviriy san’at va muhandislik grafikasi, biologiya o‘qitish metodikasi, ingliz tili ta’lim yo‘nalishlari talabalari va magistrlari qatnashdi. TS401 guruh talabasi Almatova Sevara xalq shoiri Erkin Vohidovning “Tabassum” nomli she’riy to‘plamidan o‘rin olgan “Matmusaning hangomalaridan” lavhalar o‘qidi.

Tabiiy fanlar fakultetining 1-kurs talabasi Shodiyeva Gulruhbegim esa o‘z ijodidan namunalar o‘qidi.

AYOL

Dunyoni bezovchi, kuldurguvchi sen

Baxtga yo‘ldoshi ham xazon etguvchi.

Olamni yashnatib, obod etgan sen

Jannat poyingdadir, poyingda ayol.

Qalbni yorutguvchi, bunyod etguvchi

Go‘dak yig‘isini ovutguvchi ham,

Farzandlari uchun jonin berguvchi

Mehr baxsh etguvchi-ozingsan ayol.

Dotsent A.Valiyev ham onalarning hayotligida qadriga yetish lozimligi haqida fikr bildirib, o‘z ijodidan bir to‘rtlik o‘qidi.

Ko‘nglingda ne ezgu tilaklar bo‘lsa,

Barchasin baxshida ayla onagga.

Umri qazo yetib onang ham o‘tsa,

Boshingni changallab qolma attanga.

14 fevral 2018 yil, 996
Yuldasheva D.

O`xshash maqolalar

“She’riyat kechasi” 14 fevral 2018 yil



Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)