Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“AYOL BORKI, OLAM MUNAVVAR”

CHET TILLAR FAKULTETIDA “AYOL BORKI, OLAM MUNAVVAR” NOMLI MA’NAVIY-MA’RIFIY TADBIR O‘TKAZILDI




2018 yil 2 mart kuni Chet tillar fakultetida O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Isroilova tavalludining 103 yilligi va 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Ayol borki, olam munavvar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va san’at ustalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirni universitetning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Qo‘ysinov Odil Almuratovich kirish sщzi bilan ochib berdi. Fakultet dekani Mamadaliev Abdumajid Mamasolievich., Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi mudiri O.N.Yusupov, fakultet murabbiylar kengashi raisi O‘.N.Muradovlar barchani bayram bilan tabriklashdi. O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktrisasi Xosiyat Husanova hamda Oltin Meros ansambli o‘z ijod mahsuli bilan tadbirga ko‘rk bag‘ishladi. Shundan so‘ng talabalarning bayramona badiiy chiqishlari namoyish etilidi. Barcha chiqishlar ishtirokchilarga bayramona kayfiyat bag‘ilshadi.

AYOLNI ARDOQLA!

Ayolni ardoqla, qoshida egil,

Oyat bil har nafis mujgonlarini,

Ayol, u – volidang, ayol singlingdur,

Ayol sevguchidir o‘g‘lonlaringni.

Ayolni sev, ko‘zlaridan o‘p,

Yuzlarini yuvsin sevinch yoshlari.

***

Ayolni ardoqla, uni hurmat qil,

Mehrob bil ko‘ylagin etaklarini!

Axir, ayollar bor jonini berib –

Omon saqlab qolgan erkaklarini!

Ayolni sev, ko‘zlaridan o‘p,

Yuzlarini yuvsin sevinch yoshlari!

7 mart 2018 yil, 1,276
Yuldasheva D.

O`xshash maqolalar


Universitet muzeyi 9 aprel 2013 yil


Abiturientga eslatma 6 iyun 2017 yil






Yosh olimlar diqqatiga 21 iyun 2017 yil





Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)