Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Sessiya 5”

“Sessiya 5” mavzusida psixologik trening tashkil etildi






Universitet psixologi O.S.Fayzullayeva tomonidan talabalarning imtixondan keyingi stresslarni yengish uchun mo‘ljallangan “Sessiya 5” mavzusidagi psixologik trening tashkil etildi va u “Emotsional tanishuv”, “Taranglikni yengish”, “Hissiyotni yetkazish”, “Qarash maneralari”, “Deraza”, “Ko‘zlar ko‘zlarga” kabi mashqlardan tarkib topdi.

Trening davomida “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy tarbiya”, “Pedagogika”, “Chet tillar”, “ChXT”, “Tabiiy fanlar” talabalari va navbatchi professor o‘qituvchilar, TTJ pedagogi ham ishtirok etishdi va psixologik mashqlarni birgalikda bajarildi.

Jamoada ijobiy psixologik ruh hukmron bo‘ldi. Ushbu trening o‘tkazishdan avval o‘z oldimizga maqsad qilib, talabalarga ijobiy his-tuyg‘ularni ulashish, talabalar jamoasida iliq psixologik muhitni yaratishni belgilagan edik, biz maqsadimizga so‘zsiz erishdik

9 mart 2018 yil, 596
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering