Foydali manbalar













OTM web-reytingi

SEN AZIZ VA MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!

“SEN AZIZ VA MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi






Ayol go‘zallik, donolik timsolidir. Ana shunday go‘zal, oqila va fozila universitetimiz xotin qizlari uchun 8 mart Xalqaro xotin qizlar kuni munosabati O‘zbek davlat drama teatrida “SEN AZIZ VA MUQADDASSAN, MUQADDAS AYOL!” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.

Universitetimiz rektori Sh.S. Sharipov tadbirni kirish so‘zi bilan boshlab berarkan, tadbirda ishtirok etayotgan barcha munis va muhtaram ustoz-murabbiylarimizni ulug‘ ayyom bilan muborakbod etdi.

So‘ng universitet ma’muriyati, xotin qizldar qo‘mitasi va kasaba uyushmasi tomonidan universitetimizning bir qator ustoz murabbiylari va xodimlari bayram munosabati bilan munosib taqdirlandilar.

Tadbirda “Musiqiy ta’lim” kafedrasi dotsenti Davron Qodirov tomonidan ijro etilgan dilrabo qo‘shiqlar barcha ayollar, xotin qizlarni xushnud etdi.

Tantanali marosimdan so‘ng teatr jamoasi tomonidan “Ayol” nomli spektakl namoyish etildi

10 mart 2018 yil, 548
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering