Foydali manbalar













OTM web-reytingi

"O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat qil"

16-17 mart kunlari universitetning 40 nafar professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarining Samarqand shahriga ziyoratlari uyushtirildi






“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3514-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, universitet rahbariyati va kasaba uyushmasi tomonidan joriy yilning 16-17 mart kunlari universitetning 40 nafar professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlarining Samarqand shahriga ziyoratlari uyushtirildi.

Ziyorat davomida universitet jamoasining Samarqand shahridagi tarixiy obidalar (Imom al-Buxoriy, Go‘ri Amir, Maxdumiy A’zam, Xo‘ja Doniyor maqbaralari, Registon ansambli, Bibixonim, Hazrati Hizr masjidlari, Shoxi Zinda majmuasi, Ulug‘bek observatoryasi, Afrosiyob maskani va Siyob bozori) ga tashrifi uyushtirildi.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovni xotiralab u kishining siymosi aks etgan haykaliga universitetimiz jamosi tomonidan gul qo‘yildi va ularning maqbaralari ziyorat qilindi

22 mart 2018 yil, 805
Yuldasheva D.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)