Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Hamkorlik ishlarni amaliy samarasi

Toshkent arxitektura-qurilish kollejida o‘quvchilar orasida quruq qurilish bo‘yicha Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi




27 aprel kuni Toshkent arxitektura-qurilish kollejida o‘quvchilar orasida quruq qurilish bo‘yicha Respublika tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari O‘zbekistondagi KNAUF va O‘MKT Markazidir. Ushbu tanlov Toshkent arxitektura qurilish kasb-hunar kollejida o‘tkazildi. Asosiy maqsad–kasblarni ommalashtirish va mutaxassislarning kasbga oid tayyorlash darajasini oshirishni qo‘llab-quvvatlashdir. Tadbir doirasida “KNAUF GIPS” MChJ Markaziy ta’lim bo‘limining Rossiya bo‘yicha bo‘linmasi rahbari Parikova Yelena Vladimirovna, kasb-hunar kolleji hamda tasviriy san’at va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida konferensiya o‘tkazildi. Tanlov yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Marg‘ilon qurilish kasb-hunar kolleji jamoasi egalladi. G‘olib jamoa Ukrainada bo‘lib o‘tishi kutilayotgan mahorat xalqaro tanlovida ishtirok etadi. Ikkinchi va uchinchi sovrinli o‘rinlarni Buxoro viloyatining Jondor qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kolleji va Toshkent arxitektura qurilish kasb-hunar kollejlari vakillari egallashdi. Tanlov qatnashchilari yuqori darajadagi nazariy va amaliy tayyorgarlik, kasbiy mahoratlari, mehnatning yuksak madaniyati, kasbiy atamalar bo‘yicha bilimi, zamonaviy qurilish texnologiyalarini amalda qo‘llay olish mahorati, shu jumladan asboblar va materiallardan foydalana olish va mehnat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish ko‘nikmalarini ko‘rsata olishdi. Tanlovlar ushbu mutaxassislik ishtirokchilarining tayyorgarlik darajasi yuqori ekanligini ko‘rsatdi.

4 may 2018 yil, 827
Yuldasheva D.

O`xshash maqolalar












Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)