Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Farmon nima? Qaror-chi?






O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Konstitutsiya va barcha qonunlar asosida ularning ijrosini ta’minlash uchun farmon, qaror va farmoyish tarzida normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi. Prezident devoni reglamentining 30-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umummajburiy davlat ko’rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o’zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan hujjatlari normativ-huquqiy hujjat hisoblanadi hamda farmon va qaror shaklida qabul qilinadi. Jamiyat hayotining alohida sohalarini isloh qilish yoki davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlarini belgilash, davlat organlarini tashkil etish yoki tugatishga qaratilgan muhim hujatlari qaror shaklida qabul qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tezkor va boshqa joriy masalalar bo’yicha hujjatlari farmoyish shaklida qabul qilinadi. Normativ-huqiqiy bo’lmagan hujjatlar (kadr, fuqarolik, afv etish, siyosiy boshpana berish, davlat mukofotlari bilan taqdirlash hamda harbiy va maxsus unvonlarni berish, individual xarakterdagi masalalar va hokazo) ham Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari shaklida qabul qilinishi mumkin. Farmoyishda bevosita ijrochilarga ko’rsatma beriladi. Farmoyishda operatsiyalar amalga oshirilgani haqidagi fakt ko’rsatilmaydi va hisob-kitob yozuvlari uchun asos bo’lmaydi

5 may 2018 yil, 760
.