Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Maxsus sirtqi bo`limga qabul qilish tartibi.






OLIY TA`LIM MUASSASALARINING PEDAGOGIKA YO’NALISHLARI BO’YICHA MAXSUS SIRTQI BO’LIMLARGA 2017/2018 O’QUV YILI UCHUN O’QISHGA QABUL QILISH TARTIBI VA MEZONLARI

 

Mazkur Tartib va mezonlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta`lim muassasalarida pedagogika yo’nalishida maxsus sirtqi bo’limlarni tashkil etish to’g’risida” 2017 yil 9 avgustdagi PQ-3183-son qaroriga muvofiq oliy ta`lim muassasalarining pedagogika yo’nalishlari bo’yicha maxsus sirtqi bo’limlarga o’qishga qabul qilish qoidalarini belgilaydi.

 

1-bob. Umumiy qoidalar

 

1.    Oliy ta`lim muassasalarining maxsus sirtqi bo’limlariga o’qishga qabul qilish O’zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o’qishga qabul qilish bo’yicha davlat komissiyasi (bundan buyon matnda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan belgilangan qabul kvotalari doirasida to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

2.    Oliy ta`lim muassasalarining maxsus sirtqi bo’limlariga o’qishga qabul qilish barcha uchun teng xuquqlilik, muayyan mezonlar bo’yicha tanlov asosida amalga oshirilib, respublikaning olis (tog’li, cho’lli) aholi punktlarida yashaydigan hamda oliy pedagogik ma`lumotli kadrlarga ehtiyoj eng yuqori bo’lgan ta`lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan maxsus sirtqi bo’limning bakalavriat ta`lim yo’nalishlarida o’qishga talabgor abituriyentlarning (bundan buyon matnda abituriyentlar deb yuritiladi) birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta`minlanadi.

3. Maxsus sirtqi bo’limlarning bakalavriat ta`lim yo’nalishlariga har bir oliy ta`lim muassasasi bo’yicha ta`lim yo’nalishlari va o’qitish tillariga ko’ra alohida ravishda o’qishga qabul qilinadi.

   4.Maxsus sirtqi bo’limlarning bakalavriat ta`lim yo’nalishlariga o’qishga qabul qilish o’rta maxsus, kasb-hunar ma`lumotiga hamda kamida uch yil pedagogik amaliy ish stajiga hamda maktabgacha, umumiy o’rta va maktabdan tashqari ta`lim muassasalari (bundan buyon matnda ta`lim muassasalari deb yuritiladi) ehtiyojlari asosida tasarrufida mazkur ta`lim muassasalari mavjud bo’lgan vazirliklar va idoralar tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo’lgan pedagog kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.

 

                                                 2-bob. Tavsiyanomalarni berish tartibi

 

5.Pedagog kadrlarga tavsiyanomalar berish maqsadida Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta`limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta`limi boshqarmalarining (keyingi o’rinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) buyruqlariga muvofiq tegishli tuman (shahar) xalq ta`limi bo’limida pedagog kadrlarning hujjatlarini qabul qilish va o’rganish bo’yicha Yetti kishidan iborat tarkibda maxsus komissiya (bundan buyon matnda maxsus komissiya deb yuritiladi) tuziladi:

maxsus komissiya raisi - tuman (shahar) xalq ta`limi bo’limi mudiri;

maxsus komissiya a`zolari - tuman (shahar) xokimligi vakili, ta`lim muassasalari rahbarlari, O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi xududiy bo’linmasi vakili, O’zbekiston Yoshlar ittifoqi xududiy bo’linmasi vakili;

maxsus komissiya kotibi - tuman (shahar) xalq ta`limi bo’limi kadrlar bo’yicha inspektori.

6.Maxsus komissiyaning vazifalari quyidagilardan iborat:

pedagog kadrlar uchun maxsus sirtqi bo’limning bakalavriat yo’nalishlariga qabul to’g’risida ta`lim muassasalarida tushuntirish ishlarini olib borish hamda zarur maslahatlar berish;

pedagog kadrlarga tavsiyanoma berishga oid belgilangan talablar: ta`lim muassasasining pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyoj va uning olisligi asosida pedagog kadrlarning ro’yxatini shakllantirish;

pedagog kadrlarning ro’yxatini xududiy boshqarmalarga topshirish.

7.Pedagog kadrlarning quyidagi xujjatlari ta`lim muassasalari rahbarlari orqali maxsus komissiyaga topshiriladi:

pasport nusxasi;

o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning nusxasi (ilovasining nusxasi);

ta`lim muassasasi pedagogik kengashining qarori (ish staji ko’rsatilgan holda);

mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma.

8.Maxsus komissiyaga topshirilgan hujjatlar qaytarib berilmaydi.

9.Maxsus komissiya tavsiyanoma berishga tavsiya etilayotgan pedagog kadrlar ruyxatini xududiy boshqarmalarga yuboradi.

10.Xududiy boshqarmalar maxsus komissiya tomonidan topshirilgan ro’yxatni umumlashtiradi va oliy pedagogik ma`lumotli kadrlarga bo’lgan ehtiyojni hisobga olgan holda ta`lim yo’nalishlari kesimida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi abituriyentlarning ro’yxatini shakllantiradi.

11.Xududiy boshqarmalar shakllantirilgan ro’yxatni pedagog kadrlar faoliyat ko’rsatayotgan ta`lim muassasasining buysunuviga ko’ra tegishli vazirlik va idoralarga yuboradi.

12.Vazirlik va idoralar pedagog kadrlar ro’yxatining o’qishga qabul qilish bo’yicha talablarga mosligini o’rganadi hamda tavsiyanomalar berish qayd etilgan ro’yxatni (ro’yxatda tavsiyanoma berish rad etilganlar alohida qayd etilishi lozim) xududiy boshqarmalarga, oliy ta`lim muassasalariga va Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligiga yo’llaydi.

13.Xududiy boshqarmalar tomonidan Tavsiyanomalar berish kayd etilgan ro’yxat maxsus komissiyalarga, maxsus komissiyalar ta`lim muassasalariga Yetkazib beradi.

Vazirlik va idoralar tomonidan tasdiqlagan tavsiyanoma berish qayd etilgan ro’yxatga qat`iy rioya etgan holda ta`lim muassasalari abituriyent(lar)ga tavsiyanoma beradi.

 

3-bob. Oliy ta`lim muassasalari maxsus sirtki bo’limlarining bakalavriat ta`lim yo’nalishlariga o’qishga qabul qilish

 

14.Oliy ta`lim muassasalarida 2017/2018 o’quv yili bakalavriat bosqichi kunduzgi ta`lim bo’yicha tuzilgan qabul komissiyasi maxsus sirtqi bo’limlarga qabul ishlarini amalga oshiradi.

15. Abituriyentlarni o’qishga qabul qilish haqidagi arizalari Komissiya tomonidan joriy yilning 4 sentyabrdan 16 sentyabrgacha (shu kuni ham) qabul kilinadi.

16. Abituriyentlar tomonidan Komissiyaga quyidagi hujjatlar takdim etiladi:

ta`lim yo’nalishi va o’quv tili ko’rsatilgan holdagi ariza;

o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasini tugatganligi hakidagi hujjatning asl nusxasi va ilovasi;

086-U-shakl bo’yicha tibbiy ma`lumotnoma;

pasport nusxasi;

3,5 x 4,5 sm xajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan ko’chirma;

ta`lim muassasasi rahbarining oliy ma`lumotli mutaxassisga  ehtiyoji mavjudligi to’g’risidagi xati;

tegishli vazirlik va idoraning tavsiyanomasi.

Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugaganidan so’ng hujjatlarni qabul qilish va hujjatlarga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritish qat`iyan man qilinadi.

17.Abituriyent tomonidan topshirilgan xujjatlarning qalbaki ekanligi aniqlansa, u holda abituriyent o’qishga qabul qilinmaydi (talabalar safidan chetlashtiriladi) hamda hujjatlari o’rnatilgan tartibda xuquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi.

18.Oliy ta`lim muassasasi qabul komissiyasi maxsus sirtqi bo’limlarining bakalavriat ta`lim yo’nalishlariga o’qishga qabul qilishda quyidagi mezonlarga asoslanadi:

o’rta maxsus, kasb-xunar ta`limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning ilovasiga ko’ra  hisoblangan o’rtacha balli (ballar 3 (uch), 4 (to’rt), 5 (besh) baho ko’rinishida belgilanadi);

abituriyent ishlayotgan ta`lim muassasasining tuman (shahar) markazidan olisligi, joylashgan hududiga qarab 2 (ikki) ball qo’shiladi, shahar (tuman) markazidan uzoq bo’lmagan xududda joylashgan ta`lim muassasalariga 0 (nol) ball beriladi;

abituriyentning ish staji 3-5 yilgacha bo’lganda 1 (bir) ball, 6-10 yilgacha bo’lganda 2 (ikki) ball, 11 yildan ortiq bo’lganda 3 (uch) ball beriladi.

19. Abituriyentning diplom ilovasi bo’yicha o’rtacha bali, ta`lim muassasasining olisligi va ish stajiga qo’yiladigan ballar yig’indisi umumiy ball hisoblanadi.

20.Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi va Xalq ta`limi vazirligi tomonidan oliy ta`lim muassasalari maxsus sirtqi bo’limlari yo’nalishlari kesimidagi qabul natijalari joriy yilning 20 sentyabriga qadar Davlat komissiyasiga kiritiladi.

 

4-bob. Abituriyentlarning hujjatlarini rasmiylashtirish

 

21.Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni talabalikka tavsiya etish to’g’risida qaror joriy yilning 25 sentyabrga qadar qabul qilinadi.

Oliy ta`lim muassasalari maxsus sirtqi bo’limlariga qabul barcha uchun teng xuquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, umumiy ballari bo’yicha eng yuqori ball to’plagan abituriyentlar birinchi navbatda qabul qilinish xuquqi ta`minlanadi.

Qabul kvotalari doirasidan tashqari bo’lgan va umumiy ballari teng bo’lgan abituriyentlarni o’qishga qabul kilishda birinchi navbatda abituriyent ishlayotgan ta`lim muassasasining olisligi va ish staji hisobga olinib, qabul kvotasini 10 foizdan oshmasligini ta`minlagan holda qabul komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

22.Davlat komissiyasi qarori asosida oliy ta`lim muassasasi, abituriyent va ta`lim muassasasi o’rtasida belgilangan tartibda 2-ilovada keltirilgan shakldagi uch tomonlama shartnomalar rasmiylashtiriladi.

23.Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan uch tomonlama shartnoma blankalari abituriyentlarga qabul komissiyasi tomonidan rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusxada beriladi.

Shartnomalar imzolangandan keyin o’qish joriy yilning 1 oktyabridan boshlanadi.

24.Abituriyentlar tomonidan shartnoma asosida to’lov joriy yilning 15 oktyabrga qadar, keyingi yillar shartnoma shartlarida ko’rsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Shartnoma shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi konun xujjatlariga muvofik amalga oshiriladi.

25.Abituriyentlarni o’qishga qabul qilish ular tomonidan o’qish uchun shartnomada belgilangan mablag’ miqdori o’tkazilgandan so’ng, oliy ta`lim muassasasining buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.

26.O’qishga qabul kilingan talabalarga oliy ta`lim muassasasi tomonidan o’quv reja va dasturlar, ichki tartib-qoidalar va o’quv jarayoniga bog’liq boshqa masalalar bo’yicha zarur topshiriq va ko’rsatmalar beriladi.

 

5-bob. Yakunlovchi qoidalar

 

27. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar bo’yicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.

7 may 2018 yil, 136
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering