Links













Web rating

«Diniy ekstremizm va terrorizm – dunyo taraqqiyotiga tahdid”

«Diniy ekstremizm va terrorizm – dunyo taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi






Nizomiy nomidagi TDPU Termiz filialida Surxondaryo viloyati DXX xodimlari va Termiz shaxar “Murch bobo” jom’e masjidi vakili ishtirokida «Diniy ekstremizm va terrorizm – dunyo taraqqiyotiga tahdid” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Filial direktori tashrif buyurgan mehmonlarni tanishtirar ekan, bugungi kunning eng yovuz va yomon illatlardan biri bo‘lgan diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda barcha o‘z faolligini ko‘rsatishi kerakligini bildirdi. Shundan so‘ng, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarga “XXI asr fitnasi” fideofilmini tomosha qilishdi. Tashrif buyurgan mehmonlar taraqqiyotga tahdid soluvchi yovuz oqimlar girdorbiga tushib kolmaslik, bunday oqimlarning kelajagi yo‘qligi, ular katta gunohga qolib ketishayotganliklari, ularni hech kim hech qachon kechirmasligi va uning yakuni juda ayanchi tugashi haqida so‘z yuritishdi. Tadbir so‘ngida tinglovchilar tomonidan keltirilgan savollarga mehmonlar o‘z javoblarini qaytarishdi

15 May 2018 , 110
Yuldasheva D.


Educational recourses


Our projects


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering