Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari”

“Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari” mavzusidagi IV an’anaviy talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi






2018 yilning 18-may kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining “Umumiy pedagogika” kafedrasi tashabbusi bilan “Akademik Siddiq Rajabov o‘qishlari” mavzusida IV talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada Respublika OTMlarining professor-o‘qituvchilari, katta ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar, magistrantlar va talabalar ishtirok etdilar. Konferensiyaning yalpi majlisini universitet rektori pedagogika fanlari doktori, professor Sharipov Shavkat Safarovich ochib berdi. Jumladan, u o‘z so‘zida universitetda ko‘p yillar sidqidildan faoliyat yuritgan Akademik Siddiq Rajabovning hayoti, faoliyati, pedagogik merosi, qarashlari, pedagogika fani taraqqiyotiga qo‘shgan hissalari, pedagogika fanining istiqbollariga to‘xtalib o‘tdi. Konferensiyada Akademik Siddiq Rajabovning farzandlari va nabiralari ham ishtirok etishdi. Konferensiya davomida “Pedagogik g‘oyalar va kitobxonlikning o‘quvchi shaxsini rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati”, “Uzluksiz ta’limda o‘qitish sifatini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari”, “O‘quvchi-yoshlarning ijtimoiy intellektini rivojlantirishda davlat va nodavlat tashkilotlar hamkorligi”, “Ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarni joriy etishning istiqbolli yo‘nalishlari” sho‘balarda oliy ta’lim muassasasi pedagog kadrlarining kasbiy kompetentligini uzluksiz rivojlantirish yo‘llari pedagogika tarixi va zamonaviy pedagogika fani taraqqiyotining dolzarb muammolari hamda pedagogik kadrlarni tayyorlash, oliy ta’lim muassasalari talabalarining tarbiya, o‘z-o‘zini boshqarish jarayonini tashkillashtirishning zamonaviy tendensiyalari, akademik Siddiq Rajabovning ijtimoiy-pedagogik faoliyatini o‘rganish masalalari, uzluksiz ta’lim muassasalarida ma’naviy-axloqiy va huquqiy qadriyatlar tizimini takomillashtirishning nazariy jihatlari,ta’lim tizimida axborotlashtirish jarayonini samarali tashkil etishning pedagogik imkoniyatlari, pedagog faoliyati samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar, pedagogik texnologiyalarning afzalliklari, ta’limda innovatsion faoliyatni tashkil etishning samaradorligi, ta’lim jarayonida pedagogik konfliktlarning yuzaga kelishi va ularni oldini olish texnologiyalari kabi masalalar muhokama qilindi. Ushbu konferensiyada ishtirok etish uchun 140 ta maqolalar topshirildi. Konferensiya natijalariga ko‘ra ilmiy-amaliy va metodik tavsiyalar ishlab chiqildi

22 may 2018 yil, 478
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering