Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Konsert dasturi tashkil etildi

Urush va mehnat faxriylari Respublika Pansionatida konsert dasturi tashkil etildi






“Musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari yana bir xayirli ishlarga qo‘l urildi. 2018 yil 14-may kuni “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Musiqiy ta’lim” kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘qituvchi D.Salimova rahbarligida 18 nafar talabalar hamda 4 nafar konsertmeysturlardan iborat guruh Qoraqamish dahasida joylashgan Urush va mehnat faxriylari Respublika Pansionatida bo‘lib, 2 soatlik konsert dasturini namoyish qilishdi. Konsert dasturi 2-jahon urushi yillarida ijro etilgan, o‘sha davrda yaratilgan asarlardan iborat etib tuzldi. Kafedra mudiri Q.Panjiev 2-jahon urushi yillarida o‘zbek xalqining sabr-matonati haqida qisqacha ma’ruza qilib, ushbu qariyalar uyida yashayotganlarni yana bir bor qutladi. Pansionat ma’muriyati va u yerda yashovchilar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori Sh.Sharipov hamda Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti dekani A.Akramovga universitet tomonidan tashkil etilgan ushbu konsert uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi

22 may 2018 yil, 403
Yuldasheva D.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering