Ссылки













Веб-рейтинг вузов

“Biz Vatanimizga tayanchmiz!"

30 iyun Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Biz Vatanimizga tayanchmiz!" shiori ostida Yoshlar festivali tashkil etildi






Joriy yilning 30 iyun kuni Yoshlar kuniga bag‘ishlangan “Biz Vatanimizga tayanchmiz!" shiori ostida Yoshlar festivali tashkil etildi. Festival doirasida foto burchak joriy qilinib, u yerda talaba-yoshlar #Yoshlar Kuni #YouthDay #ДеньМолодёжи #ILoveTDPU hashteglari bilan suratga tushishdi. Festival jarayonida kitob nashriyotlari ham jalb etildi, ular о‘z kitoblarini chakana narxlarda savdo qilishdi. Kun sarhisobiga kо‘ra 283 dona kitob sotilgan. Bu esa talaba-yoshlarda kitobga bо‘lgan qiziqish о‘sganidan dalolat beradi. Yoshlar festivalida karving san’ati, rassomchilik san’ati bо‘yicha ham bellashuvlar tashkil etildi va ular nominatsiyalar bо‘yicha taqdirlandilar. “Sog‘lom tanda - sog‘ aql” shiori ostida shashka, shaxmat, stol tennisi va boshqa sport turlari bо‘yicha bellashuvlar tashkil etildi va g‘oliblar taqdirlandi. Bundan tashqari kо‘plab brend tashkilotlardan vakillar kelib turli aksiyalarni о‘tkazdilar. Xususan “Pepsi” kompaniyasi tomonidan “Barchasini ta’m hal qilsin” aksiyasi tashkil etildi. Maxsus tilaklar burchagi joriy qilinib u yerda talabalar ustozlarga, ustozlar esa talaba-yoshlarga о‘z tilaklarini qoldirishdi. Universitetimizda tashkil etilgan “Mohir qо‘llar” tо‘garagi a’zolari о‘z ishlarini namoyish qilishdi va savdoga qо‘yishdi. Tushgan pullarning barchasi. 22-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari xolidan habar olish maqsadida mehribonlik uyiga taqdim qilindi. Soat 12:00dan 14:00 ga qadar Yoshlar festivali doirasida gala konsert dasturi talaba-yoshlarga taqdim qilindi. Konsert О‘zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlandi. Tadbirni universitet ma’naviy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha prorektori O.Qо‘ysinov О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning yoshlarga yо‘llagan bayram tabrigini barcha tadbir ishtirokchilariga о‘qib eshittirdi va tadbirni ochib berdi. Yoshlar festivali doirasida О‘zbekKonsert birlashmasidan bir qancha elimiz suygan xonandalar kelib о‘z ijod mahsullaridan talaba-yoshlarni bahramand qildilar. Bundan tashqari talabalar о‘z ijodiy chiqishlari bilan yoshlarga yuqori kayfiyat bag‘ishladilar. Barkamol avlod markazi tomonidan kichkintoy bolajonlar ishtirokidagi raqslar namoyish etildi. Festival doirasida universitet va xalqaro tanlovlarda 2017-2018 о‘quv yilida yutuqqa erishgan bir qancha talaba-yoshlar orasidan 50 nafariga “UNIVERSITETIMIZ FAHRI” sertifikati va kо‘krak nishonlari topshirildi. Universitetimizning iqtidorli talabalari tomonidan kuy qо‘shiqlar va raqslar festivalga о‘zgacha kо‘rk bag‘ishladi.

3 июля 2018 года, 243
Yuldasheva D.


Наши проекты



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)