Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha hujjatlarni joylarda qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risida”

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 iyundagi “Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha hujjatlarni joylarda qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 563-son bo‘yrug‘i ijrosi yuzasidan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitidagi tashkil etilgan xududiy Ishchi guruh faoliyati to‘g‘risida




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi 393-soni qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 7-8-bandlari hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 27 iyundagi “Talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash bo‘yicha hujjatlarni joylarda qabul qilishni tashkil etish to‘g‘risida”gi 563-son bo‘yrug‘iga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklash haqidagi arizalarni qabul qilish uchun universitet huzurida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xududlaridan kelgan fuqarolarning arizalarini qabul qiluvchiz xududiy Ishchi guruh tashkil qilindi. Xududiy ishchi guruh joriy yilning 15 iyul kunidan 5 avgustiga qadar (talabalar o‘qishini ko‘chirish uzrli sabablarga ko‘ra (bir xududdan ikkinchi xududga doimiy yashash uchun yoki turmushga chiqish munosabati bilan ko‘chib o‘tganda, turmush o‘rtog‘i yoki ota-onasi xarbiy xizmat o‘tash joyini o‘zgartirganda, yoxud ota-onasi (turmush o‘rtog‘i) xorijdagi davlat xizmatidan qaytgan)lar uchun har kuni soat 900 dan 1700 gacha (yakshanba dam olish kuni; shanba – 900 dan 1500gacha) faoliyat ko‘rsatadi. Talaba (sobiq talaba)lar xududiy Ishchi guruhga bir oliy ta’lim muassasasi doirasi (turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari), bir oliy ta’lim muassasasidan ikkinchi oliy ta’lim muassasasiga (mos va turdosh, turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari, mutaxassisliklari), reyting daftarcha (akademik ma’lumotnoma)ning nusxasi, pasport nusxasini taqdim qilishlari kerakligi belgilangan. Shuningdek, akademik ma’lumotnoma mavjud bo‘lmaganda kursdan-kursga o‘tganligi haqidagi buyruqlan ko‘chirma va reyting daftarchasining tasdiqlangan nusxasini taqdim qilishi kerak. Shuningning Xorijiy davlatlarning oliy ta’lim muassasalaridan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish uchun xududiy ishchi guruhga reyting daftarcha (akademik ma’lumotnoma)ning hamda pasport nusxasini taqdim qiladi. agarda akademik malumotnomasi mavjud bo‘lmasa, tasdiqlangan reyting daftarchasining nusxasi hamda tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasidan tahsil olayotganligi va kursni tugatganligi haqidagi tegishli ma’lumotnomani arizasiga ilova qilishi kerak

20 iyul 2018 yil, 453
Yuldasheva D.

O`xshash maqolalar












Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)