Foydali manbalar













OTM web-reytingi

“O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari”

Universitetimizga Ozarbayjon Yozuvchilar birligi raisi tashrif buyurdi




Ma’lumki, yurtimizda “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur konferensiya doirasida 7 avgust kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Ozarbayjon Yozuvchilar birligi raisi, yozuvchi Anor muallim, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid, taniqli Ozarbayjon shoiri va dramaturgi Firuz Mustafo, Toshkentdagi Ozarbayjon milliy madaniyati markazi raisi Samir Abbosov va boshqalar ishtirok etdi. Tadbir avvalida ishtirokchilar universitet hududidagi Nizomiy Ganjaviy haykali poyiga gul qo‘yishdi. So‘ngra mehmonlar universitetning “Ozarbayjon do‘stlik xonasi”ga tashrif buyurib, ozarbayjon adiblari tomonidan yaratilgan eng sara asarlar to‘plangan kutubxonani ko‘zdan kechirishdi. Yozuvchi Anor muallim universitetning Faxriy mehmonlari kitobiga o‘z dil so‘zlarini yozib qoldirdi. Shundan so‘ng ikki davlat Yozuvchilar uyushmalari rahbarlari tomonidan O‘zbekiston hamda Ozarbayjon xalqlari o‘rtasida adabiy aloqalarni mustahkamlash to‘g‘risida memorandum imzolandi. Davra suhbatida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika ungiversiteti rektori Shavkat Sharipov so‘zga chiqib, Ozarbayjon bilan ilmiy va adabiy aloqalar universitet doirasida yaxshi yo‘lga qo‘yilgani to‘g‘risida so‘zladi. Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshidagi “Onajonim - she’riyat” to‘garagi a’zolari tomonidan Nizomiy Ganjaviy ijodiga doir badiiy chiqish namoyish etildi

8 avgust 2018 yil, 291
Yuldasheva D.

O`xshash maqolalar












Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (6)