Har bir muassasaning o`z betakror jamoasi, qiyofasi, xarakteri, an`analari bor. Universitet o`ziga xos ajoyib bir dunyo!
Bizning ta`lim dargohimiz oddiy institutdan tayanch universitet darajasigacha bo`lgan, salkam 80 yillik sharafli yo`lni bosib o`tdi. Universitetni ikkinchi uyimiz deb atashga ko`nikib qolganmiz, biroq ko`pchiligimiz uchun u allaqachon birinchi uyimizga aylanib qolgan.
Ko`plab pedagoglarimiz shu dargoh bitiruvchilari. Sobiq talabalarimiz xuddi o`zlari kabi kelajakda faxrli, ishonchli va muqaddas kasb ega bo`lishlari istab bizga o`z uka-singillarini, farzandlarini, yaqinlarini olib kelishadi.
Bizning saytimizda universitet hayotining barcha jabhalari bilan batafsil tanishib borishingiz, xursandchilik va yutuqlarimizga sherik bo`lishingiz mumkin.Talabalar hayotini, qiziqarli tadbirlarni o`zingizda his qilib, pedagoglarimizning ilg`or g`oyalari bilan tanishib borishingiz mumkin.
Universitet, sayt to`g`risidagi fikrlaringiz biz uchun juda qadrli. Siz qanday masofada bo`lmang, Internet tarmog`i tezkor muloqot qilish va fikr almashish uchun qulay imkoniyatlarni yaratgan. Bu imkoniyatlar bizga faqatgina birgalikda yuksalish uchun xizmat qiladi deb umid bildiramiz.
Bizning ta`lim dargohimiz oddiy institutdan tayanch universitet darajasigacha bo`lgan, salkam 80 yillik sharafli yo`lni bosib o`tdi. Universitetni ikkinchi uyimiz deb atashga ko`nikib qolganmiz, biroq ko`pchiligimiz uchun u allaqachon birinchi uyimizga aylanib qolgan.
Hurmatli talabalar
O`quv jarayoni, ta`lim tarbiya ishlarining tashkil etilishi to`grisidagi fikr-mulohazalaringizni rektor@tdpu.uz
elektron pochta manziliga yoki Virtual qabulxona ga
yuborishingiz
mumkin.