Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)  umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ingliz tili о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.






5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining tavsifi

 

4.1 Bakalavrning kasbiy faoliyat sohasi

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)  umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun ingliz tili о‘qituvchi tayyorlash jarayonida foydalaniladigan fanlar, pedagogik faoliyat vositalari, usullari, metodlari yig‘indisidan iborat bо‘lgan ta’lim yо‘nalishidir.

          4.2 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)  ta’lim yо‘nalishi bakalavrlarning kasbiy faoliyati obyektlari – umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, о‘quvchilar, о‘quv-tarbiya jarayoni, о‘qitishning pedagogik texnologiyalari va metodlari, ingliz tili о‘qitish usullari.

4.3 Bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari

5111400 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)  ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr о‘z psixologik-pedagogik, kasbiy tayyorgarligiga muvofiq quyidagi kasbga oid faoliyat turlari:

  • о‘qituvchilik;
  • tarbiyachilik;
  • о‘quv-metodik;
  • ilmiy-tadqiqot.

Bakalavr tayyorlanadigan kasbiy faoliyatning muayyan turlari ta’lim jarayonining manfaatdor ishtirokchilari bilan hamkorlikda oliy ta’lim tizimi tomonidan aniqlanadi.

4.4  Bakalavrlar kasbiy faoliyatining vazifalari

5111400 Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yо‘nalishi bо‘yicha bakalavr ta’lim dasturini о‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va maxsus tayyorgarligiga mos quyidagi kasbiy vazifalarni yechishi kerak:

-        о‘qituvchilik: umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida ingliz tili  о‘qituvchisi bо‘lib ishlash;

-        tarbiyachilik: umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bо‘lib ishlash;

-        о‘quv-metodik: mos ta’lim yо‘nalishlar bо‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bо‘lib ishlash;

ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bо‘lib ishlash va boshqalar.

 

22 yanvar 2014 yil, 6,567
.


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering