|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      




Fizika-matematika fakulteti

Fizika –matematika fakulteti 1935 yilda, institut tashkil topgan vaqtda 3 ta fakultetning biri sifatida tashkil etilgan. 1968 yildan fizika va matematika fakultetlari alohida faoliyat yuritgan. 1999 yilga kelib yana fizika – matematika fakulteti sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

Fizika – matematika fakulteti 1935 yilda, institut tashkil topgan vaqtda 3 ta fakultetning biri sifatida tashkil etilgan. 1968 yildan fizika va matematika alohida fakultet sifatida, 1999 yilga kelib yana fizika – matematika fakulteti bir butun fakultet bo'lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shu yillar davomida fakultetga R.Otajonov, M.Jdanov, S.Tursunov, B.Xabibullayev, S.Xodjayev, Sh.Maqsudov, M.Saydamatov, A.Boydedayev, N.Dadajonov, A.Xikmatov, X.Nazarov, M.Madirimov, M.Jî‘rayev, U.Begimqulov, E.Saydamatov, R.Abdullayev, B.Islomov, R.Turgunboyev, K.Jumaniyozov, D.I.Yunusovalar raxbarlik qilishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi G‘.F.Djabbarov.

Fakultetda pedagogik faoliyat olib borgan akademiklar: P.Q.Xabibullayev, Sh.A.Ayupov, Sh.Farmonov, R.Mî‘minov, yirik olimlardan R.Otajonov (Αzbekistonda xizmat kî‘rsatgan fan arbobi), professorlar: R.Mallin (Mallaboyev), SH.Maqsudov, J.Toshxonova, M.Ziyoxî‘jayev, A.Abduqodirov, N.Dadajonov, I.Ismoilov, R.Yunusmetov, B.Mirzaxmedov, A.Boydedayev, R.Boqiyev, E.Imamov, I.Sattorov, K.Nasriddinovlar bilan bir qatorda bugungi kunda Αzbekistonning yetakchi olimlari: M.Djorayev, M.Mamadazimov, J.O.Taxirov, R.Beshimov, U.Yuldashev, M.Madirimov, R.Abdullayev va boshqalar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqdalar.

Fizika - matematika fakulteti “Matematika î‘qitish metodikasi”, “Informatika î‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya î‘qitish metodikasi” ta’lim yî‘nalishlari bî‘yicha bakalavr, «Aniq fanlarni o'qitish metodikasi (Matematika)», «Aniq fanlarni o'qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)», «Ta’limda axborot texnologiyalari», mutaxassisliklari bî‘yicha respublikamizning umumiy î‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda.

2016-2017 î‘quv yilida fakultetda 17 nafar magistratura va 277 nafar bakalavr talabalar tahsil olmoqda.

Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat kî‘rsatmoqda:

1). “Umumiy matematika” kafedrasi. Kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi,dotsent R.Turgunbayev;

2). “Matematika î‘qitish metodikasi” kafedrasi. Kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent D.E.Davletov;

3). “Fizika va astronomiya î‘qitish metodikasi” kafedrasi. Kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, B.Nurullaev.

4). “Informatika î‘qitish metodikasi” kafedrasi. Kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Q.Tursunov;

2012-2013 î‘quv yilida fakultet professor-î‘qituvchilari 2 ta fundamental loyiha bî‘yicha ilmiy tadqiqlt ishlarini olib bormoqdalar:

1) F-2.2.8.“Quyosh aktivligi va tojning yorug‘ nuqtalari”. Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori professor.I.Sattarov;

2) F-4-27. «Topologik fazolar kategoriyasida harakatlanayotgan ba’zi kovariant funktorlarning topologik va kardinal xossalarini tadqiq qilish». Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori, dotsent R.Beshimov.


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining to‘ng‘ich fakultetlaridan biri - Fizika-matematika fakulteti respublikamiz xalq ta’limi tizimi, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi sohalariga pedagog-o‘qituvchilar tayyorlashda o‘ziga xos hissa qo‘shib kelmoqda.

Fakultet o‘z faoliyatini institut (universitet) tashkil topgan 1935 yildan boshlagan va dastlab ikkita bo‘lim: matematika va fizika bo‘limlari faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Fakultetning fizika bo‘limida yagona - “Umumiy fizika” kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda umumiy fizika, elektro-radiotexnika, nazariy fizika va fizika o‘qitish metodikasidan mashg‘ulotlar olib borilgan. Matematika bo‘limida esa 1939 yilga qadar faqat bitta – “Oliy matematika” kafedrasi bo‘lib, unda T.N.Qori – Niyoziy, Sh.T.Maqsudov, M.Qodiriy, O.Karimiy va Suleymonovlar ishlaganlar.

1939 yilning kuzida Oliy matematika kafedrasi Matematik analiz hamda Geometriya va elementar matematika kafedralariga ajralgan. Ularda hozirgi zamon algebrasi asoslari, sonlar nazariyasi, geometriya asoslari va geometrik yasash nazariyasi kabi fanlar o‘qitilgan.

1998 yildan boshlab bu ikki fakultet qayta birlashdi va fizika-matematika fakulteti deb nomlandi. Fizika-matematika dekani lavozimida U.Sh.Begimqulov, E.M.Saydamatov, R.Z.Abdullaev, B.Islamov, Q.Jumaniyozov, R.M.Turgunbaev, D.Yunusovalar mehnat qilganlar. Fakultetning sobiq talabalaridan R.K.Otajonov - Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘zga ko‘ringan olim va maorif faxriysi, M.S.Saydamatov – xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Turdiev – xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Xikmatov – xalq maorifi a’lochisi, mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” medallari sohibi, T.Rizaev – xalq ta’limi a’lochisi, M.Madirimov - -O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvonlariga sazovor bo‘lishgan.

Fakultet bitiruvchilari orasidan yetishib olimlardan, biologiya fanlari doktori professor, hozirda O‘rta Osiyo pediatriya instituti kafedra mudiri P.O.Hakimov, f.-m.f.d. professor M.G.Xaliulin (marhum), p.f.d. professor B.M.Mirzaxmedov, p.f.d. professor M.Jo‘raev, A.Abduqodirov, N.Sherboev, T.To‘laganov (marhum), Sh.Ahrorov, M.Mamadazimov, F.Zakirova, f.-m.f.d. D.Musaev (marhum), R.Beshimov, K.Xudayberganov, A.Zaitov, D.Yunusova va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

10 dekabr 2016 yil, O`qilgan:23876

Umumiy matematika

10 dekabr 2016 yil

Umumiy matematika kafedrasi "Matematika o'qitish metodikasi", “Informatika o'qitish metodikasi”, “ Fizika va astronomiya î‘qitish metodikasi ”, "Mehnat ta'limi", "Pedagogika va psixologiya" bakalavriat ta’lim yî‘nalishlari va “Matematika o'qitish metodikasi”, “Fizika o'qitish metodikasi” magistratura mutaxassiliklariga analizning tanlangan boblari, abstrakt algebra, geometriyaning tanlangan boblari, differensial ko'pxilliklar, pedagogik tadqiqotlarda statistik metodlar fanlaridan dars beradi.

Matematika î‘qitish metodikasi kafedrasi

17 dekabr 2016 yil

Quyida hozirgi kunda matematika va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi tarkibiga kiritilgan«Geometriya» va «Algebra va sonlar nazariyasi» kafedrasi to‘g‘risida qisqacha to‘xtalib o‘taylik.

Fizika va astronomiya î‘qitish metodikasi kafedrasi

10 dekabr 2016 yil

Fizikasiz Olam juda zimiston,
Nurafshon ayladi uni Nyuton,
Arximed, Demokrit etdi guliston
Ulug`bek yulduzi porlar charag`on!

Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi

15 dekabr 2016 yil

Kafedra 1985 yilda fizika-matematika fakultetining «Matematik tahlil» kafedrasidan «Informatika va hisoblash texnikasi» nomi bilan ajralib chiqdi.

Fakultet yangiliklari

15 oktyabr 2015 yil

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar

19 oktyabr 2015 yil


27 yanvar 2017 yil Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori Axmadali Asqarov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
26 yanvar 2017 yil Talabalar uchun ajoyib imkoniyat tashkil etildi.

Ilmiy to`garaklar

24 dekabr 2016 yil

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Pedagogikadan savol

    Oliy o`quv yurtlarida olib boriladigan ma`naviy-ma`rifiy ishlarning shakllarini toping.

    Javob: Barcha javoblar to`g`ri.

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar