XTQTXMOM | Ilmiy kutubxona | eDarslik | Masofaviy ta`lim | Pedagog | Ota-onalarga | Kirish          


Fizika-matematika fakulteti

Fizika – matematika fakulteti 1935 yilda, institut tashkil topgan vaqtda 3 ta fakultetning biri sifatida tashkil etilgan. 1968 yildan fizika va matematika alohida fakultet sifatida, 1999 yilga kelib yana fizika – matematika fakulteti bir butun fakultet bo'lib faoliyat yuritib kelmoqda. Shu yillar davomida fakultetga R.Otajonov, M.Jdanov, S.Tursunov, B.Xabibullayev, S.Xodjayev, Sh.Maqsudov, M.Saydamatov, A.Boydedayev, N.Dadajonov, A.Xikmatov, X.Nazarov, M.Madirimov, M.Jо‘rayev, U.Begimqulov, E.Saydamatov, R.Abdullayev, B.Islomov, R.Turgunboyev, K.Jumaniyozov, D.I.Yunusovalar raxbarlik qilishgan. Hozirgi kunda fakultet dekani fizika-matematika fanlari nomzodi G‘.F.Djabbarov.

Fakultetda pedagogik faoliyat olib borgan akademiklar: P.Q.Xabibullayev, Sh.A.Ayupov, Sh.Farmonov, R.Mо‘minov, yirik olimlardan R.Otajonov (О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan fan arbobi), professorlar: R.Mallin (Mallaboyev), SH.Maqsudov, J.Toshxonova, M.Ziyoxо‘jayev, A.Abduqodirov, N.Dadajonov, I.Ismoilov, R.Yunusmetov, B.Mirzaxmedov, A.Boydedayev, R.Boqiyev, E.Imamov, I.Sattorov, K.Nasriddinovlar bilan bir qatorda bugungi kunda О‘zbekistonning yetakchi olimlari: M.Djorayev, M.Mamadazimov, J.O.Taxirov, R.Beshimov, U.Yuldashev, M.Madirimov, R.Abdullayev va boshqalar talabalarga bilim berish bilan birga, ilmiy tadqiqot ishlarini faol olib bormoqdalar.

Fizika - matematika fakulteti “Matematika о‘qitish metodikasi”, “Informatika о‘qitish metodikasi”, “Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi” ta’lim yо‘nalishlari bо‘yicha bakalavr, «Aniq fanlarni o'qitish metodikasi (Matematika)», «Aniq fanlarni o'qitish metodikasi (Fizika va astronomiya)», «Ta’limda axborot texnologiyalari», mutaxassisliklari bо‘yicha respublikamizning umumiy о‘rta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun matematika, informatika hamda fizika va astronomiya fanlaridan dars beradigan yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab kelmoqda.

2016-2017 о‘quv yilida fakultetda 17 nafar magistratura va 277 nafar bakalavr talabalar tahsil olmoqda.

Fakultetda 4 ta kafedra faoliyat kо‘rsatmoqda:

1). “Umumiy matematika” kafedrasi. Kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi,dotsent R.Turgunbayev;

2). “Matematika о‘qitish metodikasi” kafedrasi. Kafedra mudiri fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent D.E.Davletov;

3). “Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi” kafedrasi. Kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, B.Nurullaev.

4). “Informatika о‘qitish metodikasi” kafedrasi. Kafedra mudiri pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Q.Tursunov;

2012-2013 о‘quv yilida fakultet professor-о‘qituvchilari 2 ta fundamental loyiha bо‘yicha ilmiy tadqiqlt ishlarini olib bormoqdalar:

1) F-2.2.8.“Quyosh aktivligi va tojning yorug‘ nuqtalari”. Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori professor.I.Sattarov;

2) F-4-27. «Topologik fazolar kategoriyasida harakatlanayotgan ba’zi kovariant funktorlarning topologik va kardinal xossalarini tadqiq qilish». Ilmiy rahbar: fizika-matematika fanlari doktori, dotsent R.Beshimov.


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining to‘ng‘ich fakultetlaridan biri - Fizika-matematika fakulteti respublikamiz xalq ta’limi tizimi, o‘rta-maxsus kasb-hunar ta’limi sohalariga pedagog-o‘qituvchilar tayyorlashda o‘ziga xos hissa qo‘shib kelmoqda.

Fakultet o‘z faoliyatini institut (universitet) tashkil topgan 1935 yildan boshlagan va dastlab ikkita bo‘lim: matematika va fizika bo‘limlari faoliyat ko‘rsata boshlagan.

Fakultetning fizika bo‘limida yagona - “Umumiy fizika” kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda umumiy fizika, elektro-radiotexnika, nazariy fizika va fizika o‘qitish metodikasidan mashg‘ulotlar olib borilgan. Matematika bo‘limida esa 1939 yilga qadar faqat bitta – “Oliy matematika” kafedrasi bo‘lib, unda T.N.Qori – Niyoziy, Sh.T.Maqsudov, M.Qodiriy, O.Karimiy va Suleymonovlar ishlaganlar.

1939 yilning kuzida Oliy matematika kafedrasi Matematik analiz hamda Geometriya va elementar matematika kafedralariga ajralgan. Ularda hozirgi zamon algebrasi asoslari, sonlar nazariyasi, geometriya asoslari va geometrik yasash nazariyasi kabi fanlar o‘qitilgan.

1998 yildan boshlab bu ikki fakultet qayta birlashdi va fizika-matematika fakulteti deb nomlandi. Fizika-matematika dekani lavozimida U.Sh.Begimqulov, E.M.Saydamatov, R.Z.Abdullaev, B.Islamov, Q.Jumaniyozov, R.M.Turgunbaev, D.Yunusovalar mehnat qilganlar. Fakultetning sobiq talabalaridan R.K.Otajonov - Respublikada xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, ko‘zga ko‘ringan olim va maorif faxriysi, M.S.Saydamatov – xalq ta’limi xodimi, xalq maorifi a’lochisi, T.Turdiev – xalq maorifi a’lochisi, A.G‘.Xikmatov – xalq maorifi a’lochisi, mehnat faxriysi, “Mehnat shuhrati” medallari sohibi, T.Rizaev – xalq ta’limi a’lochisi, M.Madirimov - -O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi unvonlariga sazovor bo‘lishgan.

Fakultet bitiruvchilari orasidan yetishib olimlardan, biologiya fanlari doktori professor, hozirda O‘rta Osiyo pediatriya instituti kafedra mudiri P.O.Hakimov, f.-m.f.d. professor M.G.Xaliulin (marhum), p.f.d. professor B.M.Mirzaxmedov, p.f.d. professor M.Jo‘raev, A.Abduqodirov, N.Sherboev, T.To‘laganov (marhum), Sh.Ahrorov, M.Mamadazimov, F.Zakirova, f.-m.f.d. D.Musaev (marhum), R.Beshimov, K.Xudayberganov, A.Zaitov, D.Yunusova va boshqalarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.

10 dekabr 2016 yil, 30,529
.

Ilmiy to`garaklar

24 dekabr 2016 yil

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar

19 oktyabr 2015 yil

Fakultet yangiliklari

15 oktyabr 2015 yil

Informatika o‘qitish metodikasi kafedrasi.

22 yanvar 2018 yil

Fizika va astronomiya о‘qitish metodikasi kafedrasi

10 dekabr 2016 yil

Matematika о‘qitish metodikasi kafedrasi

16 yanvar 2018 yil

Umumiy matematika

11 yanvar 2018 yil


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering