Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

"Kamolot"-sen, "Kamolot"-men, "Kamolot"-biz, kel birlashamiz!

`KAMOLOT` YoIH

“Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkiloti haqida.

“Kamolot” YoIH boshlang‘ich tashkilot ta’sis yig‘ilishining qaroriga ko‘ra 2001 yil 1 noyabr kuni tashkil etilgan.

Harakat o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarini amalda tadbiq etish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dodlarini rivojlantirish hamda yoshlarda kuchli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish kabi ishlarni amalga oshirishda yoshlar va davlat o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi.

“Kamolot” YoIH universitet boshlang‘ich tashkilot 7000 nafardan ortiq Harakat a’zolarini o‘z atrofida birlashtirgan eng asosiy quyi bo‘g‘indir.

Boshlang‘ich tashkilot ish faoliyatini tashkil etish, muvofiqlashtirish, belgilangan tadbirlarni samarali tashkil etish boshlang‘ich tashkilot Kengashi zimmasida hisoblanadi. Boshlang‘ich tashkilot Kengashi kamida 9 nafar Harakat a’zolaridan iborat bo‘lib umumiy hisobot-saylov yig‘ilishida saylanadi. Kengash faoliyatiga yetakchi rahbarlik qiladi.

“Kamolot” YoIH universitet boshlang‘ich tashkilot yetakchisi Raxmanov Raxmon Radjabovichdir. U 1989 yil 27 mart kuni Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti “Musiqiy ta’lim” yo‘nalishi 4 kurs talabasi.


2001 yil 25 aprel kuni yurtboshimiz tashabbuslari bilan yoshlarning chinakkam suyanchi va tayanchi bo‘lgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ta’sis Qurultoyi ¬qaroriga ko‘ra tashkil etildi. Harakat ¬tashkil etilgan vaqtdan boshlab o‘z oldiga yoshlarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-¬quvvatlash, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jismonan sog‘lom, ma’naviy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan yosh avlodni shakllantirish, uni tashqi tahdidlar va “ommaviy madaniyat”ning zararli ta’siridan muhofaza qilish, bir so‘z bilan aytganda davlat va yoshlar orasida ko‘prik vazifasini o‘tashni maqsad qilib qo‘ydi.

Bugun “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati mamlatimizdagi yagona yoshlar tashkiloti sifati e’tirof etilar ekan, viloyat, tuman va shaharlar, qishloqlardagi ta’lim ¬muassasalari, ishlab chiqarish korxonalari va mehnat jamoalarida o‘zining boshlang‘ich tashkilotlari orqali yoshlarni o‘z atrofida birlashtirmoqda.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati:

- yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda tarixiy xotira, milliy g‘urur va o‘zlikni anglash, ro‘y berayotgan voqealarga daxldorlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirish;

- ularni zamonaviy kasb-hunariga bo‘lgan intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, o‘z ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun shart-sharoitlar yaratish va ilmiy faoliyatga jalb etish;

- yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini tar¬g‘ib etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, ularning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;

- yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va ¬jinoyatchilikni oldini olish va bu borada profilaktik tadbirlarni o‘tkazishni ¬o‘zining asososiy maqsadi deb biladi.

2001 yil 30 iyun kuni “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti tashkil etilgan va “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ¬Toshkent shahar bo‘limi Kengashining 10/0221-sonli guvohnomasi bilan ro‘yhatga olingan. ¬Ta’sis konferensiyasi qaroriga ko‘ra ¬ «Davlat va huquq asoslari» kafedrasi o‘qituvchisi Abdumalik Akromov universitet boshlang‘ich tashkilot yetakchisi etib saylangan.

Nizomiy nomidagi TDPU “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati boshlang‘ich tashkiloti o‘z faoliyatini boshlagan paytdan boshlab hozirgi kungacha qadar yoshlarni ¬Vatan ravnaqi, tinchligi yo‘lida birlashtirish, ularning intelektual salohiyatini ¬namoyish etishga ko‘maklashish, yoshlar -o‘rtasida turli ko‘rik-tanlovlar, loyihalar, ma’naviy-¬madaniy tadbirlar, sport ¬musobaqalari tashkil etish masalasiga ¬katta e’tibor berib kelmoqda.¬

Jumladan, har yili an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik tanlovida universitetning “A’lo” jamoasi munosib eshtirok etib 2006 yilda faxrli birinchi o‘rinni egallab, 1-darajali diplom va ko‘chma kubokni qo‘lga kiritgan.

24 oktyabr 2015 yil, O`qilgan:15477

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Tarbiyaning turlari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

    Javob: Ilmiy, aqliy, estetik, ekologik, mehnat va kasbiy tarbiya

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ