Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Xotin-qizlar qo`mitasi

Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti talaba-yoshlarni ayniqsa, qizlarimizni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash, ularning zamonaviy kasb-hunarlarni egallab, hayotda munosib o‘rin topishiga ko‘maklashish, oilaga tayyorlash, sharqona urf-odat va milliy -qadriyatlarimizni hurmat qilishga o‘rgatish borasida juda katta tarixiy yo‘lni bosib o‘tgan.






1970- 2000 yillarda universitet Xotin-qizlar qo‘mitasiga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Yoqubova Nazixa Homilovna rahbarlik qilgan va bu davrda universitetda pedagogika sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan olimalar Rahima Mavlonova, Dilorom Sharipova, Minavvar To‘xtaxo‘jaeva, Omina Karimova, Lola Mo‘minova, Sirojiya Valieva, Agranyans Larisa, Valida Rahmanova talaba-qizlarni ijtimoiy hayotga tayyorlashda va xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini takomillashtirishga katta hissa qo‘shganlar.

2000 yildan boshlab universitet Xotin-qizlar qo‘mitasiga pedagogika fanlari ¬nomzodi Po‘latova Farida Muxitdinovna rahbarlik qilgan.

Hozirgi vaqtda Karima Tulenova, Marg‘uba Mirqosimova, Barno Abdullaeva, Zamira Nishonova, Nodira Egamberdieva, Dilfuza Yusupova, Odinaxon Jamoldinova, Matluba Qahharova, Elzara Yuzlikaeva, Shoira Shodmonova, Gavhar Fuzailova, Dildora Karimova, Muyassar -Saparniyazova, Saodat Muhamedova, Karomat Mullaxo‘jaeva, Roza Niyozmetova, Feruza Alimova, Shahnoza Amirsaidova, Dilbar Nurkeldieva, Xurshida Maxmudova, Gulsanam Ibragimova, Umida Xalbaevalar ustozlar izidan borib, universitetimizda Xotin-qizlar tashkiloti faoliyatini tashkil etishda faollik ko‘rsatib kelmoqdalar. Universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi O‘zbekiston xotin-qizlarining faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab- quvvatlash borasidagi davlatimiz va hukumatimiz tomonidan qabul qilingan huquqiy hujjatlar asosida mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va oilani mustahkamlashda xotin-qizlarning rolini kuchaytirish, ularning davlat va jamiyat qurilishidagi keng ishtirokini ta’minlash borasida muhim tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, universitet ayol professor-o‘qituvchilari yoshlarga bilim berish bilan birga, oila va mahallalarda faol ish olib borib, yosh avlodni turli zararli oqim va ta’sirlardan saqlash, azal-azaldan xalqimizga mansub bo‘lgan insoniy fazilatlarni asrash muhim ahamiyatga ega ekanligini anglagan holda bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib bormoqdalar.

2014 yildan boshlab universitet Xotin-qizlar qo‘mitasi Boshlang‘ich tashkilotiga yuridik fanlar nomzodi Tuychieva Hamida Nabievna rahbarlik qilmoqda.

H.Tuychieva rahbarligidagi Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti universitet ning uzoq yillik an’analarini davom ettirib, talaba-qizlarning axloqi, ma’naviyati, siyosiy va huquqiy savodini oshirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.

Universitetning barcha fakultetlarida Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Orasta qizlar” klubi, “Mohir qo‘llar” to‘garagi, “Ibn Sino salomatlik markazi” “Huquqiy maslahatxona” kabi tuzilmalarda ma’naviy-marifiy ishlarni tizimli ¬muvofiqlashtirishga doir tashkiliy masalalar, talaba-qizlar ongida siyosiy-huquqiy, ekologik bilim va madaniyatni, sog‘lom ¬turmush tarzi va jismoniy madaniyatni -shakllantirish, milliy bayramlar, tarixiy sanalar va buyuk ajdodlar tavalludini nishonlashga doir ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etib kelmoqda.

10 oktyabr 2017 yil, 21,265
.

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralash bo’yicha tuman bosqichida 7 nafar talaba ishtirok etdi

5 oktyabr 2017 yil


Universitetda fakultetlararo "Zulfiyaxonim izdoshlari" ko'rik tanlovi o'tkazildi. G'olib bo'lgan qiz talabalardan 7 nafari saralanib, Yakkasaroy tuman bosqichiga tavsiya etildi. 20-oktabr kuni Yakkasaroy tumaning Estrada va sirk kollejida "Zulfiya Davlat mukofoti"ga nomzodlarni aniqlash maqsadida tuman bosqichi bo'lib o'tdi.

Talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar bilan utkazilgan tadbirlar

11 sentabr 2017 yil

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA TAQDIM ETISH YO'RIQNOMASI

8 fevral 2014 yil

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTIGA TAQDIM ETISH YO'RIQNOMASI

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TO'G'RISIDA NIZOM

8 fevral 2014 yil

ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI TO'G'RISIDA NIZOM

MUKOFOT HAQIDA

8 fevral 2014 yil

"ZULFIYA" NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI HAQIDA

"ZULFIYAXONIM" IZDOSHLARI

8 fevral 2014 yil

"Zulfiyaxonim" izdoshlari

Universitet xotin-qizlari qo`mitasi faoliyati

8 fevral 2014 yil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektorinini 16.01.2014-yil “Universitetda gripp kasalligi profilaktikasi, virus va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish to’g’risida”gi 19-U buyrug’i ijrosini ta’minlash


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)