library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Для родителей     Вход          

31 января 2014 года, 23,346
.

Universitet 80 yoshda

Respublikamizning ta`lim tizimiga pedagog kadrlarni tayyorlab berayotgan Nizomiy nomidagi TDPU 2015 yilda 80 yillik yubileyini nishonlaydi.
Yubileyni munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma`rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlarini aniq reja asosida tashkil etish talab etiladi.



Respublikamizning ta`lim tizimiga pedagog kadrlarni tayyorlab berayotgan Nizomiy nomidagi TDPU 2015 yilda 80 yillik yubileyini nishonlaydi.

Yubileyni munosib nishonlashga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha tashkiliy-amaliy, madaniy-ma`rifiy tadbirlar hamda targ’ibot-tashviqot ishlarini aniq reja asosida tashkil etish talab etiladi.

Shu munosabat bilan, universitet

kengashining 2013 yil 29 avgustdagi “Universitetning 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi 1/3.9-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan, universitetning 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi hamda yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha tashkiliy guruh tarkibi tasdiqlandi.

Universitetning 80 yillik yubileyiga tayyorgarlik ko’rish yubiley shtabi tuzildi va unga universitetning ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo’yicha prorektori mas`ul etib belgilandi.

Shtabda universitet (institut)ning tashkil etilishi, o’tgan 80 yillik faoliyati, pedagogik jamoaga raxbarlik qilgan rektorlar, mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlashga butun umrini va mehnatini sarflagan professor-o’qituvchilarni yaqindan biladigan, ular bilan birga mehnat qilgan pedagog-ustozlar faoliyat olib bormoqdalar.

Bugungi kunda universitet shtabi qoshida quyidagi ishchi guruhlar faoliyati yo’lga qo’yilgan:

1. Yubileyni o’tkazish bilan bog’liq me`yoriy hujjatlarni tayyorlash guruhi

2. “Nizomiy nomidagi TDPU - 80 yoshda” nomli yubiley kitobi hamda universitet faoliyatiga bag’ishlangan o’zbek va rus, ingliz tillarida nashr etiladigan buklet va tarqatma materiallarni tayyorlovchi guruh –

3. Yubiley emblemasi hamda yubiley emblemasi aks etgan ko’krak nishonini tayyorlovchi guruh

4. O’quv-moddiy bazani mustaxkamlash ishlarini tashkil etuvchi guruh

5. Universitetni obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish, kapital va joriy ta`mirlash ishlarini olib boruvchi guruh

6. Xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferentsiyalar o’tkazish, taklifnoma, dasturlarni tayyorlash, “Eng yaxshi monografiya”, “Eng yaxshi ilmiy to’plam” ko’rik-tanlovlarini tashkil etish guruhi

7. Universitet yubileyiga bag’ishlangan “Eng yaxshi darslik”, “Eng yaxshi o’quv qo’llanma”, “Eng yaxshi ma`ruza matni” ko’rik-tanlovlarini tashkil etish va o’tkazish guruhi

8. Yubileyga bag’ishlangan ma`naviy-ma`rifiy va tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etuvchi guruh

9. Universitet tarixi muzeyini yangi materiallar bilan boyitish, yubiley ko’rgazmalarini tashkil etish guruhi

10. Yubiley munosabati bilan ta`lim muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, shuningdek homiy tashkilotlar bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlarni muvofiqlashtiruvchi guruh

11. Respublika ommaviy axborot vositalari bilan ishlash (yubileyga bag’ishlangan turkum maqolalarni chop ettirish, ko’rsatuv va eshittarishlarni tayyorlash) guruhi

12. Yubiley materiallarini axborot tizimlariga joylashtirish guruhi

13. Faxriy professor-o’qituvchilar bilan ishlovchi guruh

14. Rag’batlantirish fondini shakllantirish va esdalik sovg’alarni tayyorlash masalalari bilan shug’ullanuvchi guruh

15. Yubileyga bag’ishlangan “Nizomiy dilbandlari” kitobini yaratish va nashrdan chiqarish

16. 2014 yil yanvar oyidan boshlab universitet nashriyotida chop etiladigan materiallarni “Universitetning 80 yilligiga bag’ishlanadi” rukni ostida chiqarish

17. Universitet yubileyiga bag’ishlangan fikr-mulohazalarni o’rganib borish uchun “Universitet yubileyiga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish bo’yicha fikr-mulohazalar qutisi”ni tashkil etish, takliflarni universitet shtabiga taqdim etib borish

18. 80 yillik yubileyiga taklif etiladigan mehmonlar ro’yxatini shakllantirish guruhi

19. Media mahsulotlarini tayyorlovchi guruh

Yubiley shtabi yig’ilishi har juma kuni soat 14.30 da universitet muzeyining taqdimot o’tkazish xonasida bo’lib o’tadi, universitet yubileyiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha takliflar bilan ishtirok etishingiz mumkin.

31 января 2014 года, Прочитали:23346



Оставить сообщение

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ваше имя:

E-mail:

Комментарий :
Введите зашитный код :

Universitet rektorlari

11 декабря 2015 года

Universitet tashkil topganligining 80 yilligi munosabati bilan katta bayram tadbiri o‘tkazildi

10 октября 2015 года

Joriy yilning 30 sentyabr kuni “1 oktyabr-O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami hamda oliy ta’lim muassasasi tashkil topganligining 80 yilligi munosabati bilan katta bayram tadbiri o‘tkazildi.

Bayram tabriklari

2 октября 2015 года

Қозоқ бўлимига — 60 йил

27 марта 2015 года

Мақсади бир, аҳил ўзбек ва қозоқ халқлари бугунги кунда ўз суверенитетига эга, мустақил стратегик ривожланган давлатлар сифатида жаҳон ҳамжамиятида тобора нуфузи юксалиб бормоқда.

Университетнинг 80 йиллиги олдидан

16 февраля 2015 года

Барчамизга маълумки, бу йил Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети ташкил топганлигига 80 йил тўлади.

Tarixiy rasmlar

14 мая 2014 года

Universitetimiz tarixiy yo`lidan fotolavhalar

Toshkent Davlat pedagogika universiteti 80 yoshda

14 мая 2014 года

2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimi uchun pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘yicha eng yirik oliy o‘quv yurti hisoblangan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti (oldingi institut) 80 yoshga to‘ladi. 1935 yilda O‘rta Osiyo Davlat universitetining (SAGU) pedagogika fakulteti negizida tashkil qilingan pedagogika instituti qisqa muddatda respublikamiz o‘rta maktablari va maktabgacha ta‘lim muassasalari uchqun yuqori malakali o‘qituvchilar va murabbiylar tayyorlash bo‘yicha yetakchi oliy o‘quv yurti sifatida shakllandi.

80 yillik yubileyni nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha universitet shtabi faoliyatidan

3 февраля 2014 года

Ma`lumki, universitetning 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha universitet shtabi bir necha 2013 yilning dekabr oydan buyon faoliyat olib bormoqda.
2014 yilning yanvar oyidan universitetning har bir fakulteti qoshida 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha fakultet shtablari tashkil etildi.


Наши проекты

        

Культура