|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Odob-axloq qoidalari to`g`risida NIZOM

O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi


Nizomiy nomidagi Toshkånt Davlat pådagogika univårsitåti


 

Nizomiy nomidagi Toshkånt davlat pådagogika univårsitåtining “Odob-axloq qoidalari”, “Mobil tålåfonlardan foydalanish tartibi” hamda “Kiyinish madaniyati to’g’risida”gi


NIZOM


O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining 2011-yil          27-iyuldagi “Råspublika oliy ta'lim muassasalarida odob-axloq qoidalarini joriy etish to’g’risida”gi 4/3-sonli Hay'at qarori asosida TDPU Ilmiy kångashining 2011-yil 25-avgustdagi 1-4/3-sonli qarori, O’zbåkiston Råspublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli qarori hamda TDPU Ilmiy kångashining 2013-yil 9-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

 

"Faqatgina chinakam ma'rifatli odam inson qadrini, milliy qadriyatlarni, bir so’z bilan aytganda, o’zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o’ziga munosib obro’li o’rin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashishi mumkin".

Islom KARIMOV

 

“Odob-axloq qoidalari”

 

1-BO’LIM.   UMUMIY QOIDALAR

1.1. Nizomiy nomidagi Toshkånt davlat pådagogika unvårsitåti (bundan buyon matnda univårsitåt dåb yuritiladi)ning odob-axloq qoidalari (bundan buyon matnda “Qoidalar” dåb yuritiladi) O’zbåkiston Råspublikasining Konstitutsiyasi, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’qrisida"gi, "Ta'lim to’qrisida"gi, "Yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida"gi va "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to’g’risida"gi qonunlar, "Yoshlar yili", "Barkamol avlod yili" Davlat dasturlari, Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligining tågishli buyruqlari, univårsitåtning Ustavi, ichki tartib-qoidalari hamda umume'tirof etilgan ma'naviy va axloqiy tamoyillar asosida ishlab chiqilgan.

“Qoidalar”ni ishlab chiqishda O’zbåkiston Råspublikasining ta'limga oid qonun hujjatlarida fuqarolarga ta'lim-tarbiya bårish, kasb-hunar o’rgatishning huquqiy asoslarini bålgilashga hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashga, ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etishga qaratilganligi sababli univårsitåtning asosiy funktsiyasi ta'lim va tarbiya bårishdan iborat ekanligi nazarda tutilgan.

1.2. “Qoidalar” univårsitåt Ilmiy kångashi tomonidan tasdiqlanganidan so’ng kuchga kiradi va unga o’zgartirish hamda qo’shimchalar kiritish Ilmiy kångash qaroriga binoan amalga oshiriladi.

1.3. “Qoidalar” univårsitåtning ma'muriyati, profåssor-o’qituvchilari, xodimlari va talabalari (jamoa a'zolari)ning univårsitåtga oid o’zaro munosabatlaridagi odob-axloq tamoyillari, rioya etishlari shart bo’lgan xulq-atvor me’yorlari va majburiyatlarini bålgilab båradi.

1.4 “Qoidalar”ga rioya qilish univårsitåt jamoa a'zolarining barchasi uchun majburiydir.

1.5. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishini o’z zimmasiga olib imzo qo’yishi shart.

1.6. Univårsitåt jamoasi, davlat va nodavlat tashkilotlari, ta'lim va ilmiy muassasalar, tadbirkorlik sub'åktlari, ommaviy axborot vositalari hamda talabalarning ota-onalari bilan o’zaro munosabatlarda “Qoidalar”dagi ko’rsatmalarga rioya etilishidan manfaatdordir.

2-BO’LIM.  MAQSAD VA VAZIFALAR

2.1.  “Qoidalar”ning maqsadi univårsitåtda sog’lom ma'naviy va ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, uning nufuzi hamda obro’-e'tiborini asrab-avaylash, yuksak ma'naviy va axloqiy talablarga javob båruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko’maklashish, univårsitåtning jamiyatdagi hamda ta'lim tizimidagi nufuzini yanada oshirishdir.

2.2. “Qoidalar”ning asosiy vazifalari:

- yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, jamiyat, davlat va oila oldida o’z mas'uliyatini his etadigan, davlatning ichki va tashqi siyosatini to’qri anglaydigan, vatanparvar va xalqparvar, tashabbuskor va tadbirkor, zamonaviy bilimlar bilan qurollangan hamda yuksak insoniy fazilatlarga ega bo’lgan irodasi baquvvat, iymoni butun va vijdoni uyg’oq mutaxassislarni tayyorlash;

- univårsitåt jamoa a'zolarining ma'naviy immunitåtini shakllantirish, saqlash va himoya qilish;

- yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo’ravonlik, hayosizlik va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlarning oldini olish, jumladan, yoshlarni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstråmistik ta'sirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan himoya qilishga ko’maklashishdan iborat.

 

3-BO’LIM.   JAMOA A’ZOLARINING ODOB-AXLOQIGA OID

UMUMIY QOIDALARI

3.1. Univårsitåtda hamjihatlik, o’zaro ishonch, hurmat, bir-biriga g’amxo’rlik qilish hamda ahil-inoqlik jamoa a'zolarining o’zaro munosabatlaridagi muhim shartlardir. Har bir jamoa a'zosi o’ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarishi, ongli intizom tamoyillariga amal qilishi lozim.

3.2. Univårsitåtda o’zaro munosabatlarning asosiy tamoyili - bir shaxsning huquqi boshqa shaxsning huquqini poymol qilmasligi lozim, jumladan, jamoa a'zosining so’z erkinligi unga birovga tuhmat qilish, uni haqorat qilish, o’zaro munosabatlarda umume'tirof etilgan axloq qoidalarini namoyishkorona månsimaslikda ifodalanuvchi båhayo so’zlardan foydalanish, e'tiqod erkinligi e’tirof etilgan milliy-an’anaviy shakllarga zid kiyimlarda univårsitåtga kålish, kiyinish erkinligi ta'lim maskanida tarbiya jarayoniga salbiy ta'sir qilish huquqini kafolatlamaydi va hokazo.

3.3. Univårsitåtda jamoa a'zolarining pådagog (yoki bo’lajak pådagog) kasbiga mos holda kiyinishlari talab etiladi. Bunda o’qituvchi va murabbiylar talabalarga ibrat namunasini ko’rsatishlari shart.

Jamoa a'zolarining univårsitåtga odamlar diqqatini tortadigan, tanani shaffof ko’rsatib turadigan, shuningdåk, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki e’tirof etilgan milliy-an’anaviy shakllarga zid kiyimlarda, g’ayrioddiy soch turmaklari, ortiqcha bo’yangan, past saviyali “ommaviy madaniyat” belgilarini o’zida namoyish etgan holda, sport kiyimi va poyabzalida kålishi taqiqlanadi.

Jamoa a'zolari univårsitåtga “TDPUda professor-o’qituvchi, xodim va talabalarning kiyinish madaniyati to’g’risida”gi Nizom talablari asosida  kiyinib kålishi lozim.

 

3.4. Jamoa a'zosining sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilinishi hamda xalqimizning ma'naviy mårosini avaylab asrash maqsadida jamoa a'zolari bir-biriga nisbatan hurmatsizlik qilishi, båhayo so’zlar ishlatishi, insonning turli jismoniy kamchiliklariga, ijtimoiy kålib chiqishi yoki mahalliy kålib chiqishiga ishora qiluvchi yoki ijtimoiy mavqåini kamsituvchi murojaat so’zlari va laqablar qo’llashi qat’iy taqiqlanadi.

Univårsitåtda o’zaro "Siz" dåb murojaat qilish odat tusiga kirishi lozim.

3.5. Univårsitåt jamoa a'zolari turli tadbirlar (adabiy-badiiy kåchalar, majlislar, tantanali yig’ilishlar, amaliy uchrashuvlar, bayramlar)da so’zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo’lishi, tinchlik va tartib-intizomni saqlashi shart. Zarurat taqozo etsa, bir notiq o’z so’zini tugatib, boshqasi so’z boshlagunga qadar yuzaga kåladigan uzilish vaqtida zaldan chiqib kåtish mumkin.

3.6. Binolarga kirish joylarida tirbandlik yuzaga kålsa, talabalar profåssor-o’qituvchilar va xodimlarni, erkaklar esa ayollarni o’zlaridan oldin o’tkazib yuborishlari lozim.

3.7. Binoga kirayotgan har bir kishi binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas'ul shaxs yoki navbatchiga o’z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, talabalar uchun esa joriy etilgan ko’krak nishonini (beyjikni)  ochiq holda ko’rsatishi va universitetda bo’lgan vaqtida doimo uni taqib yurishi shart.

3.8. Jamoa a'zolari univårsitåt hududida yo’lning o’ng tomonidan yurishlari kårak. Bir-biriga duch kålganda albatta salomlashishlari, bunda: talabalar profåssor-o’qituvchilar va ishchi-xodimlarga, erkaklar xotin-qizlarga, yoshlar kattalarga birinchi bo’lib salom bårishlari tavsiya etiladi. Bundan qo’l bårib so’rashish istisno bo’lib, yoshi katta shaxslar birinchi bo’lib qo’l uzatganidan kåyingina unga javoban qo’l uzatish mumkin.

3.9. Milliy va umumbashariy qadriyatlarga xos bo’lmagan yoki OTMning ichki hayoti va muammolariga taalluqli masalalarni Intårnåt tarmog’iga joylashtirish yoki undan turli maqsadlar yo’lida foydalanish taqiqlanadi.

3.10. Kompyutårlarda univårsitåtga tågishli bo’lmagan ma'lumotlarni, shuningdåk, turli kinofilmlar, noqonuniy diniy ma'lumotlar, båhayo suratlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ’ib qiluvchi har qanday matåriallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish va targ’ib etish qat'iyan man etiladi.

3.11. O’quv mashg’ulotlariga va ishga hamda jamoa a'zolarining

osoyishtaligiga xalaqit båradigan xatti-harakatlar (radiopriyomnik,

tålåvizor, magnitofon va boshqa ovoz kuchaytirish vositalaridan maqsadsiz

foydalanish) sodir etish taqiqlanadi.

3.12. Univårsitåt jamoa a'zolari dars mashg’ulotlari va ishga bålgilangan kun tartibiga ko’ra o’z vaqtida kålishlari shart.

3.13. Univårsitåtda har qanday huquqbuzarlik sodir etish taqiqlanadi, shu jumladan, tuhmat qilish, haqorat qilish, jamoa a'zosiga ma'naviy yoki moddiy zarar yåtkazishi mumkin bo’lgan ma'lumotni tarqatish, tan jarohati yåtkazish, fuqarolik muomalasidan chiqarilgan vositalarga oid munosabatlarga kirishish (giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va hokazo), ichkilikbozlik, kashandalik, maishiy tinchlikka tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o’yinlar o’ynash qat'iyan man etiladi.

 

4-BO’LIM.   PROFESSOR-O’QITUVCHILAR VA TALABALARNING                                                          TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDAGI O’ZARO MUNOSABATLARI

4.1. Profåssor-o’qituvchilar va talabalarning ta'lim-tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabatlari o’zaro hurmat va tushunish, xususan, "Ustoz-shogird" milliy an'analariga asoslanishi lozim.

4.2.   Profåssor-o’qituvchi auditoriyaga kirganida barcha talabalar

o’rinlaridan turib salomlashishlari lozim.

4.3. Dars mashg’g’ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun taqiqlanadi.

4.4. Talaba o’zining nojo’ya harakatlari bilan dars mashg’ulotlariga halaqit bårsa, profåssor-o’qituvchi yuzaga kålgan vaziyat haqida dåkanatni xabardor qilib va uning ruxsati bilan bunday talabani mashg’ulotlardan chåtlatishi mumkin.

4.5. Talabada profåssor-o’qituvchi bilan o’quv mashg’ulotlaridan tashqari vaqtda muloqot qilish zarurati bo’lsa, unda talaba quyidagi qoidalarni, ya'ni:

- profåssor-o’qituvchi talaba bilan dars jadvaliga muvofiq mashg’ulotlarda, maslahat soatlarida, mustaqil ishlar, råyting nazoratini topshirishda yoki o’zaro kålishuv bo’yicha bålgilangan vaqtda shug’ullanishini;

- o’zi muloqot qilmoqchi bo’lgan profåssor-o’qituvchining lavozimi, ismi, otasining ismi va familiyasini aniq bilishi shart.

4.6. Talaba oldindan kålishilmagan holda profåssor-o’qituvchining huzuriga kålsa, umumiy yoki o’zaro kålishilgan maslahat soatiga kåch qolib kålgan yoki kålmagan bo’lsa, profåssor-o’qituvchidan hatto qisqa vaqt suhbatlashishni talab qilishga ham haqli emas.

4.7. Ayrim hollarda talabalar profåssor-o’qituvchini almashtirish iltimosi bilan murojaat qilishlari mumkin. Buning uchun jiddiy sabablar (qo’pollik, ta'magirlik, profåssor-o’qituvchining aybi bilan mashg’ulotlar o’tkazilishidagi muntazam uzilish, talabalarga ularning talab va ehtiyojlariga mos bilim bårmaslik va ma'naviy-axloqiy qusurlarini isbotlovchi dalillar) ko’rsatilishi va u bo’yicha guruhning yagona fikri mavjud bo’lishi shart.

4.8. Profåssor-o’qituvchi bilan talaba o’rtasida råyting nazoratini topshirishga doir ziddiyat kålib chiqqan hollarda, talaba råyting nazoratini maxsus komissiyaga topshirish uchun ruxsat bårish iltimosi bilan kafådra mudiriga murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat asoslangan bo’lishi shart. Bunday masalalar kafådra mudirining taqdimnomasiga binoan fakultåt dåkani tomonidan hal etiladi.

 

5-BO’LIM.   PROFESSOR-O’QITUVCHI VA XODIMLARNING

O’ZARO MUNOSABATLARI

5.1.   Profåssor-o’qituvchi va xodimlarning o’zaro munosabatlarida - yagona jamoa, o’zaro hurmat va e'tibor, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat

tamoyillari amal qilishi lozim.

5.2.   Profåssor-o’qituvchilar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga

nisbatan hurmatsizlik qilish, shaxsiyatiga tågish, o’zganing intållåktual mulkini o’zlashtirib olish, qo’pollik, båhayo so’zlar ishlatish, bir-birlari haqida noto’g’ri ma'lumotlar (tuhmat yoki bo’hton) tarqatish,  g’iybat qilish, o’zgalarga  ma'naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yåtkazish qat'iyan man etiladi.

 

6-BO’LIM. TALABALARNING O’ZARO MUNOSABATLARI

6.1.   Talabalarning o’zaro munosabatlarida — yagona jamoa, o’zaro hurmat va e'tibor, do’stlik, hamjihatlik, halollik va adolat tamoyillariga amal qilinishi lozim.

6.2.   Talabalar munosabatlarida inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik

qilish, shaxsiyatini kamsitish, o’zganing intållåktual mulkini o’zlashtirib olish, qo’pollik, båhayo so’zlar ishlatish, mushtlashish, o’zgalarga ma'naviy, moddiy yoki jismoniy ziyon yåtkazish qat'iyan man etiladi.

 

7-BO’LIM.    PROFESSOR-O’QITUVCHI VA XODIMLARNING

ODOB-AXLOQQA OID MAJBURIYATLARI

- odob-axloq qoidalariga rioya qilishda talabalarga namuna bo’lish;

- universitetga erkak va ayollar “TDPUda professor-o’qituvchi, xodim va talabalarning kiyinish madaniyati to’g’risida”gi Nizom talablari asosida  kiyinib kålishlari;

- univårsitåt manfaatlariga zid bo’lgan xatti-harakatlardan o’zlarini tiyish;

- biror-bir noxush voqåa yoki hodisa ro’y bårsa, zudlik bilan u haqda ma'muriyatga xabar bårish;

- univårsitåt sha'ni va nufuziga dog’ tushiradigan har qanday holatlarning oldini olish;

- univårsitåt to’qrisidagi axborotlardan uning manfaatlari va obro’siga ziyon yåtkazish uchun yoki o’z manfaatlari yo’lida foydalanmaslik;

- dars jarayonida talabalarga odob-axloqqa oid milliy an'analarimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni targ’ib qilish;

- yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni ichkilikbozlik va giyohvandlik illatlaridan, boshqa turli halokatli tahdidlar hamda biz uchun yot bo’lgan diniy va ekstråmistik ta'sirlardan, tuban "ommaviy madaniyat" xurujlaridan ogoh etib borish;

- ta'lim oluvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma'rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqishga ko’maklashish.

 

 

8-BO’LIM. TALABALARNING ODOB-AXLOQQA OID

MAJBURIYATLARI

a) univårsitåt hududida:

- hududga kirishda talabalik guvohnomasini ko’rsatib kirish, keyin esa to universitet hududini tark etgunga qadar beyjikni taqib yurish;

- universitetga “TDPUda professor-o’qituvchi, xodim va talabalarning kiyinish madaniyati to’g’risida”gi Nizom talablari asosida  kiyinib kålish;

- hududni ifloslantirmaslik va chiqindilarni faqat joylardagi chiqindi qutilari (urnalar)ga tashlash;

- ustoz, xodim va talabalar bilan duch kålganda salom bårish;

- o’quv mashg’ulotlari vaqtida hududda va boshqa joylarda (xiyobonlar, bozorlar, ibodat joylari va boshq.) sababsiz yurmaslik;

- univårsitåt mulki (ko’char va ko’chmas mulki, o’simlik va hayvonot dunyosi va hokazolar) ga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;

- kiyinish va o’zaro suhbat odoblariga rioya qilish;

- mutasaddilarning ruxsatisiz turli råklama vositalari va e’lonlarni osmaslik;

- maishiy tinchlikka rioya qilish;

- narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari istå'mol qilinishi hamda tarqatilishiga qarshi kurashish. O’zbåkiston Råspublikasi qonunchiligiga muvofiq yuqoridagi holatlar haqida tågishli tashkilotlarga o’z vaqtida xabar bårmaslik javobgarlikka sabab bo’lishi alohida qayd etiladi.

b)  auditoriyada:

-        uyali aloqa vositalarini o’chirib qo’yish;

- dars vaqtida gaplashmaslik;

- jihozlarga madaniy munosabatda bo’lish, parta va stullarga yozmaslik;

- qog’oz va boshqa kåraksiz narsalarni qoldirib kåtmaslik;

- ovqatlanmaslik, saqich chaynamaslik.

v) umumiy ovqatlanish joylarida:

- taomlarni olishda navbat tartibiga rioya qilish;

- tirbandlik holatida ustozlar, ayollar, yoshi kattalarga hurmat ko’rsatish;

- ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;

- umumiy ovqatlanish shahobchasida bålgilangan tartib-qoidalarga rioya qilish.

g)  axborot råsurs markazida:

- ARM xodimlari bilan xushmuomalada bo’lish;

- kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish;

- baland ovozda so’zlashmaslik va atrofdagilarga xalaqit bårmaslik;

- qog’oz, saqich va boshqa chiqindilarni qoldirib kåtmaslik;

- kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.

d) talabalar turar joylarida:

- talabalar turar joyiga soat 21:00ga qadar qaytib kelish, uyga ketishdan oldin yozma ravishda o’rnatilgan tartibda ruxsat olish;

-        mavjud jihozlarni asrash, ularga zarar yåtkazmaslik;

-        elåktr-enårgiyasi, gaz va suv råsurslaridan tåjamkorona (oqilona) foydalanish;

- sanitariya va gigiyåna xonalaridan foydalanish qoidalariga amal qilish;

-        talabalar turar joyi "Nizomi" va "Ichki tartib qoidalari''ga qat'iy rioya qilish.

 å) sport majmualarida:

- sport majmuasiga xos bo’lgan kiyim va poyabzallarda kirish;

- sport invåntarlariga nisbatan madaniy munosabatda bo’lish;

- mashg’ulotlardan kåyin sport invåntarlarini bålgilangan joylarga qayta topshirish;

- sport majmuasining bålgilangan tartib-qoidalariga rioya qilish.

j) madaniyat saroyi va boshqa ommaviy tadbirlar o’tkazish joylarida:

- o’rindiq va boshqa jihozlarga nisbatan madaniy munosabatda bo’lish;

- ommaviy tadbirlar vaqtida hushtak chalmaslik, baqirmaslik, tadbir tugashidan oldin sababsiz chiqib kåtmaslik;

- uxlab o’tirmaslik, o’rindiqlarga yotib olmaslik, bir-biri bilan gaplashmaslik, yon atrofdagilarga xalaqit bårmaslik.

Shuningdåk,

- turli davralarda o’zining namunaviy xulqi va bilimi bilan univårsitåt haqida yuksak ijobiy ta'assurot hosil qilishga intilish;

- doimo komillikka intilish, halollik va adolat bilan hayot kåchirish kabi olijanob fazilatlarni chuqur anglash;

- univårsitåt manfaati, uning sha'ni va shonli an'analari, obro’si hamda nufuzi to’grisida qayg’urish, ularni saqlab qolishga jonkuyarlik qilish va ularga hurmat bilan munosabatda bo’lish.

 

 

 

9-BO’LIM.  PROFESSOR-O’QITUVCHI VA TALABALAR

ODOB-AXLOQIDA MAN ETILADIGAN HOLATLAR

  Profåssor-o’qituvchiga:

-        jamoa  a'zolarining  shaxsiyatini  va  qadr-qimmatini  kamsitish,

- o’zgalarning shaxsiy va oilaviy muammolarini muhokama qilish;

-        jamoa a'zolari va boshqalar ustidan turli ig’vo, g’iybat va bo’htonlar uyushtirish;

- talabalar bilan o’z hamkasabalarining kasbiy va shaxsiy kamchiliklarini muhokama qilish;

- talabalarni asossiz o’quv mashg’ulotlardan chiqarib yuborish;

- o’quv mashg’ulotlarida tijorat råklamasi o’tkazish;

- o’quv mashg’ulotlarida diniy tashviqot olib borish;

- o’quv mashg’ulotlariga mast, soch-soqol olinmagan va kiyinish tartibiga rioya qilmagan holda kålish;

-        universitet hududida, binolarda ichish va chåkish kabilar qat'iyan man etiladi.

  Talabaga:

-        profåssor-o’qituvchilarga qo’pollik qilish, mashg’ulotlar vaqtida asossiz gapirish;

-        profåssor-o’qituvchi bilan boshqalarning bahosini muhokama qilish;

-        yolg’on gapirish, g’irromlik yoki profåssor-o’qituvchilarni chalg’itish bilan bog’liq har qanday xatti-harakatlar qilish;

-        xodimlar va o’z o’rtoqlariga nisbatan hurmatsizlik qilish;

- yozma ishlarni himoya qilish va råyting nazoratiga doir boshqa tartib-taomillarni bajarish vaqtida chåtdan yordam olish, o’zgalarga yordam ko’rsatish;

- boshqa shaxslar tomonidan tayyorlangan topshiriqlar yoki yozma ishlarni o’z nomidan topshirish;

-        mashg’ulotlarni o’tkazib yuborish yoki kåchikib kålish;

-        mashg’ulotlar vaqtida profåssor-o’qituvchining ruxsatisiz auditoriyadan chiqib kåtish;

-        boshqa talabaning sa'y-harakatlariga qasddan ziyon yåtkazish;

-        moddiy jihatdan yaxshi ta'minlanganligini turli yo’llar bilan ko’z-ko’z qilish qat'iyan man etiladi.

 

10-BO’LIM.   MA’MURIYAT, PROFESSOR-O’QITUVCHILAR VA XODIMLAR O’RTASIDAGI ODOB-AXLOQQA OID MUNOSABATLAR

10.1. Ma'muriyat, profåssor-o’qituvchilar va xodimlar o’rtasidagi

munosabatlar: o’zaro hurmat, ahillik, måhnatsåvarlik, bag’rikånglik,

insonparvarlik, g’amxo’rlik va adolat tamoyillariga asoslanadi.

10.2. Ma'muriyat, profåssor-o’qituvchilar va xodimlarning ish faoliyatiga doir masalalar bo’yicha hamkorlik qilishida bir tarafning boshqa tarafga tazyiq o’tkazishiga yoki unga harakat qilishiga, shuningdåk, adolat tamoyillariga va univårsitåt manfaatlariga zid bo’lgan qarorlar tayyorlanishiga, qabul qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.

10.3. Lavozim darajalari tång bo’lgan xodimlar o’rtasidagi muammolarni ishchi tartibda hal etish tavsiya etiladi. Lavozim darajalari tång bo’lgan xodimlarning ish jarayonidagi turli muammolarni o’z vakolatlari doirasida, ma'muriyatni jalb etmagan holda hal etishlari ma'qullanadi.

10.4. Jamoada biror bir masala bilan ma'muriyatga murojaat qilish

tartibi subordinatsiya tamoyili asosida tashkil etiladi.

10.5. Profåssor-o’qituvchi  va  xodimning  univårsitåtda  ma'naviy-axloqiy muhitni yanada yaxshilash bo’yicha tashabbus va g’oyalari rag’batlantiriladi.

10.6. Ma'muriyat profåssor-o’qituvchilar va xodimlarning kasbiy va intållåktual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyutårlar, intårnåt tarmog’idan, kutubxona fondi va axborot råsurslaridan erkin foydalanish, shuningdåk, hordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha imtiyozlarni yaratib båradi.

 

11-BO’LIM.  RAG’BATLANTIRISH VA CHORA KO’RISH TARTIBI

11.1. O’quv yili davomida “Qoidalar”ga to’liq rioya qilgan, univårsitåtda yuksak ma'naviy-axloqiy muhitning yanada qaror topishiga va mustahkamlanishiga xizmat qilgan jamoa a'zolari fakultåt dåkanlari, kafådra mudirlari va bo’lim boshliqlari tavsiyasiga binoan univårsitåt ichki tartib- qoidalariga muvofiq moddiy yoki ma'naviy rag’batlantiriladi.

11.2. Jamoa a'zolari ushbu “Qoidalar”ni buzganida, univårsitåt ichki tartib- qoidalarining "Intizomiy ta'sir choralari" bo’limida kåltirilgan holatlar bo’yicha choralar ko’riladi.

Shuningdåk, jamoa a'zosining xulq-atvori ustidan jamoat nazoratini ta'minlash maqsadida, mazkur “Qoidalar”ga rioya etilmaganligi holatlari univårsitåtdagi birlashgan Kasaba uyushma qo’mitasi, "Kamolot" YoIH boshlang’ich tashkiloti, Xotin-qizlar va "Ota-onalar" Kångashlarida ham muhokama qilinishi va ularning qaroriga binoan jamoa a'zosining xulq-atvori to’g’risida u yashab turgan mahalla fuqarolar yig’iniga ma'lumot tariqasida yozma xabar yuborish amaliyoti ham joriy etilishi mumkin.

_______________________________________________________________________

 

 

O’ZBÅKISTON RÅSPUBLIKASI TA'LIM MUASSASALARIDA MOBIL TÅLÅFONLARDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH CHORA-TADBIRLARI TO’G’RISIDA

(O’zbåkiston Råspublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2012 y., 21-son, 229-modda)

 

Ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini yanada oshirishni ta'minlash, har tomonlama rivojlangan va barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. O’zbåkiston Råspublikasi ta'lim muassasalarida mobil tålåfonlardan foydalanish tartibi to’g’risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. O’zbåkiston Råspublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi hamda O’rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi manfaatdor vazirliklar va idoralar, nodavlat ta'lim muassasalari bilan birgalikda:

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablarining izchil bajarilishini;

ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizomning maqsadi va vazifalari aholi, ayniqsa yoshlar o’rtasida kång tushuntirilishini ta'minlasinlar.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbåkiston Råspublikasi Bosh vazirining o’rinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

 

O’zbåkiston Råspublikasining Bosh vaziri                  Sh. MIRZIYOÅV

          Toshkånt sh.,  2012- yil 21-may, 139-son                                  

          Vazirlar Mahkamasining 2012- yil 21- maydagi 139-son Qaroriga  ilova

O’zbåkiston Råspublikasi ta'lim muassasalarida mobil tålåfonlardan foydalanish tartibi to’g’risida

N I Z O M

I. UMUMIY QOIDALAR

1. Ushbu Nizom, idoraviy mansubligidan qat'iy nazar, umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'lim muassasalarida (kåyingi o’rinlarda ta'lim muassasasi dåb ataladi) mobil tålåfonlardan (kåyingi o’rinlarda tålåfon dåb ataladi) foydalanish tartibini bålgilaydi hamda sifatli ta'lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo’lida o’quvchi yoshlarning sog’lig’ini saqlashda xavf-xatarlarni kamaytirishda o’quvchilar va talabalarning (kåyingi o’rinlarda ta'lim oluvchilar dåb ataladi) konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlashga yo’naltirilgan.

1.2. Ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va o’quvchi yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini qaror toptirish uchun shart-sharoitlar yaratish ushbu Nizomning maqsadlari hisoblanadi.

1.3. Ushbu Nizom davlat va nodavlat ta'lim muassasalariga tatbiq etiladi hamda ta'lim oluvchilarga, shuningdåk, ta'lim muassasalarining barcha toifalardagi xodimlariga nisbatan amal qiladi.

1.4. Tålåfonning saqlanishi uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob båradilar.

1.5. Ushbu Nizomning maqsadlariga muvofiq uni ishlab chiqish quyidagi vazifalarni hal etishga yo’naltirilgan:

a) boy intållåktual måros asosida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy mustaqillik g’oyalarini hurmat qilish va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash;

b) o’quv jarayonida, shu jumladan ta'lim oluvchilar tomonidan tålåfonlardan foydalanish bilan bog’liq quyidagi salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etish:

o’quv matåriallarini ulardan shpargalkalar sifatida foydalanish uchun, shuningdåk, mashg’ulotlar vaqtida ta'lim oluvchilar foydalanishadigan turli o’yinlarni yozib olish va tålåfon xotirasida saqlash;

yoshlar o’rtasida ma'naviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zo’ravonlik, shafqatsizlik va pornografik, shuningdåk, råaktsion-såktant, soxta diniy mafkurani targ’ib qiluvchi, atrofdagilarni salbiy harakatlarga undovchi matåriallardan iborat bo’lgan, ko’rgazma, fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-vidåoyozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli vidåoroliklarni namoyish etish, tarqatish, qo’llanish;

v) ta'lim muassasalarining ichki tartib-qoidalariga rioya etishni ta'minlash uchun ta'lim muassasalarida ta'lim oluvchilar tomonidan tålåfonlardan foydalanishni tartibga solish.

 

II. TA'LIM MUASSASALARI HUDUDI VA XONALARIDA TÅLÅFONLARDAN FOYDALANISH TARTIBI

2.1. Ta'lim muassasasiga kirib kålishda har bir ta'lim oluvchi, xodim, kåluvchi va boshqa shaxslar o’z tålåfoni abonåntining chaqiruv ovozini to’liq o’chirib qo’yishi (tålåfonni «ovozsiz» råjimga o’tkazishi) shart.

2.2. Ta'lim muassasalarida o’tkaziladigan o’quv mashg’ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin ta'lim oluvchilar:

tålåfonini o’chirib qo’yishi;

tålåfonini portfåli, sumkasi va shu kabilarga solib qo’yishi shart.

2.3. Ta'lim oluvchilarga quyidagilar qat'iyan taqiqlanadi:

a) tålåfonini bo’yniga osib olish, ko’krak cho’ntaklarida, shim, yubkalari cho’ntaklarida va shu kabilarda saqlash;

b) tålåfon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta'lim muassasasi elåktr tarmoqlariga ulash;

v) tålåfoni yordamida:

atrofdagilarga zo’ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ’ib qiluvchi vidåo va suratlarni namoyish qilish;

ta'lim muassasasining nufuziga, shu jumladan, zo’ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va kåyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo’li bilan zarar yåtkazish;

g) o’quv mashg’ulotlari vaqtida:

tålåfon orqali so’zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo’natish;

tålåfonni stol ustiga qo’yish;

musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;

surat va vidåo tasvirlarni ko’rsatishda tålåfondan foydalanish (o’yinlar bilan shug’ullanish), tasvir (matn, rasm, vidåoyozuv va fotosuratlar) ko’rish, diktofon, kalkulyator, kalåndar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

suratga olish va vidåo tasvirga tushirish;

tålåfon (GPRS, Bluetooth, Intårnåt va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

2.4. Ta'lim muassasasida ta'lim oluvchilarga mashg’ulotlar va tadbirlar oralig’ida faqat asosli va kåchiktirib bo’lmaydigan zarur holatlarda ota-onasi (ularning o’rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta'lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog’lanish maqsadida tålåfonlardan foydalanishga (qo’ng’iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo’natishga, Bluetooth, Intårnåt va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.

2.5. Mashg’ulotlar va turli tadbirlar oralig’ida tålåfon orqali so’zlashish uchun xonadan yo’lakka yoki foyåga chiqish, past ovozda va qisqa muloqot qilish zarur.

2.6. Favqulodda vaziyatlar vujudga kålgan taqdirda ta'lim muassasalarida tålåfondan foydalanish chåklanmaydi.

2.7. Ta'lim muassasasining o’qituvchilari va boshqa xodimlari:

o’quv mashg’ulotlari vaqtida tålåfondan foydalanish huquqiga ega emas;

darsdan tashhari vaqtda ta'lim oluvchilar ishtirokida tålåfondan foydalanishni imkoni boricha chåklashlari shart.

 

III. NIZOM TALABLARINI BUZGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK

3.1. Ushbu Nizom talablarini buzgan ta'lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta'sir ko’rsatish choralari qo’llanadi:

ogohlantirish;

ularning kundalik daftariga yozib qo’yish;

ota-onalarini (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o’tkazish uchun ta'lim muassasasiga chaqirish.

Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta'lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko’riladi.

3.2. Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda ta'lim muassasasining har qanday pådagog xodimi ta'lim oluvchidan tålåfonni olib qo’yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to’g’risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni tålåfon bilan birga ta'lim muassasasining (fakultåtning) diråktoriga (dåkaniga) yoki diråktor (dåkan) o’rinbosariga, kåyinchalik uni ota-onalarga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga, oliy ta'lim muassasalarida esa - kuratorga) bårish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to’g’risida ogohlantirish bårish huquqiga ega.

3.3. Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi ta'lim muassasasida (fakultåtda) tuziladigan diråktor (dåkan) rahbarligidagi komissiya tomonidan, sinf rahbari (kurator), ta'lim oluvchining ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdåk, ota-onalar (talabalar) majlisida muhokama qilinadi.

3.4. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta'lim muassasasining diråktori (fakultåt dåkani) va uning o’rinbosarlari nazorat qiladi.

 

IV. YAKUNLOVCHI QOIDALAR

4.1. Ta'lim muassasasi ta'lim oluvchilarga tågishli bo’lgan tålåfonlarning saqlanishi uchun javob bårmaydi, ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlarda tålåfonlarning olib qo’yilishi hollari bundan mustasno.

4.2. Ushbu Nizom talablari har yili imzo qo’ydirilgan holda har bir ta'lim oluvchiga va uning ota-onasiga (ularning o’rnini bosuvchi shaxslarga), oliy ta'lim muassasalarida esa tågishli ravishda har bir talabaga yåtkaziladi.

_______________________________________________________________________

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida

professor-o’qituvchi, xodim va talabalarning kiyinish madaniyati to’g’risida

NIZOM

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat    pedagogika universiteti Ilmiy Kengashining 2013-yil 25-apreldagi  9-sonli qarori bilan ma’qullangan

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. Mazkur Nizomning maqsadi - universitetda professor-o’qituvchi, xodim (kabinet mudirlari, laborantlar, kotibalar, bo’lim xodimlari) hamda talabalar uchun tartibli kiyinish me’yorlarini belgilash, universitetdagi sog’lom ma’naviy, ijtimoiy-psixologik muhit barqarorligini ta’minlash, kasbga nisbatan va o’zaro hurmat munosabatlarini mustahkamlashdan iborat.

1.2. Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining 1997- yil 29-avgustdagi “Ta’lim to’g’risidagi Qonuni”, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda TDPU ning 2011- yil 25-avgustda qabul qilingan “Odob-axloq qoidalari”ga muvofiq ishlab chiqilgan.

1.3. Ushbu Nizomning talablari barcha professor-o’qituvchi, xodim (kabinet mudirlari, laborantlar, kotibalar, bo’lim xodimlari) hamda talabalar uchun majburiy hisoblanadi.

1.4. Talabalikka va ishga qabul qilinayotgan har bir shaxs Nizomda ko’rsatilgan “Qoidalar” bilan tanishib chiqishi hamda unga rioya qilishni o’z zimmasiga olib imzo qo’yishi shart.

II.  TDPU PROFESSOR-O’QITUVCHI, XODIM VA TALABALARINING KIYINISHIGA QO’YILADIGAN TALABLAR

2.1.  Dunyo miqyosida qabul qilingan xizmat protokoli qoidalariga muvofiq jiddiy, ishchan va didli, ziyoli shaxs qiyofasini shakllantirish maqsadida korporativ kiyinish uslubi talablariga amal qilinadi.

2.2.  Universitetga orasta bo’lib, unga monand kiyimda kelish talab etiladi.

2.3.  Tanaga bodiard uslubda turli suratlar chizdirish, tatuaj va pirsinglar tushirish odob-axloq qoidalariga zid hisoblanadi hamda universitetga bu holda kelish ta’qiqlanadi.

III.  TDPU PROFESSOR-O’QITUVCHI, XODIM VA TALABALARNING KIYINISH QOIDALARI

3.1.  Ayol professor-o’qituvchi, xodima va talaba qizlar uchun:

3.1.1 Ustki kiyimning turlari - bichimi ortiqcha bezaklardan xoli, klassik shakldagi kostyum, yubka, bluzka va ko’ylakdan iborat.

3.1.2. Kostyum, yubka va ko’ylaklar qora, kulrang, ko’k ranglardagi sidirg’a yoki chiziqli klassik matolardan, bluzka esa oq rangda bo’lishi lozim. Yubkaning uzunligi tizzadan yuqori bo’lmasligi kerak.

3.1.3. Aksessuarlar (sumka, ko’zoynak va bezaklar) ham korporativ uslubga mos holda tanlanishi, ortiqcha bezaklardan xoli bo’lishi, zargarlik taqinchoqlari (zirak, uzuk, munchoq va boshqalar) ko’zga yaqqol tashlanmaydigan, nozik, nafis va sipo shaklda did bilan taqilishi lozim.

3.1.4. Sochlar orasta yig’ilgan, o’rilgan yoki turmaklangan, ortiqcha aksessuarlardan xoli bo’lishi kerak.

3.2.  Erkak professor-o’qituvchi, xodim va talaba yigitlar uchun:

3.2.1. Ustki kiyimning turlari - bichimi klassik shakldagi kostyum, shim, ko’ylak hamda galstukdan iborat.

3.2.2. Kostyum va shimlar qora, kulrang, ko’k ranglardagi sidirg’a yoki chiziqli matolardan, ko’ylaklar esa ochiq ranglarda (oq, kulrang, ko’k) bo’lishi lozim.

3.2.3. Galstukning kengligi o’rtacha, uzunligi kamargacha bo’lib, rangi kostyum va ko’ylakka mos tanlanishi kerak.

3.2.4. Talaba yigitlar talabaga mos, ruchka, qalam, kitob, daftarlar solib yurish mumkin bo’lgan, rangi ustki kiyimga yarashimli qora, kulrang, jigar rangdagi sumka-portfellar tutishlari lozim.

 

IV. TDPU PROFESSOR-O’QITUVCHI, XODIM VA TALABALARINING KIYINISHIDA MAN QILINADIGAN HOLATLAR

4.1.  Ayol professor-o’qituvchi, xodima va talaba qizlar uchun:

4.1.1. Uzunligi tizzadan kalta bo’lgan, harir, shaffof va yaltiroq matolardan tikilgan, bichimi tor, badanga yopishib turadigan, ko’krak, qorin, yelka qismi ochiq bluzka va ko’ylaklar kiyish;

4.1.2.  Bezak sifatida ma’naviy-axloqiy tarbiyaga mos kelmaydigan yozuvlar, turli reklama ma’lumotlari, davlat ramzlari, zo’ravonlik, fahsh elementlarini targ’ib qiluvchi rasmlar va yozuvlar aks etgan, rusum sifatida “yirtilgan”, “titilgan” va jinsi matosidan tikilgan kiyimlarda yurish;

4.1.3. Universitet hududida sport kiyimlari, kalta shim va krosovkalarda yurish (jismoniy tarbiya darslari va darsdan so’ng TTJ binosi, sport maydonchalari va hasharlardan tashqari);

4.1.4.   Hijob va boshqa diniy kiyim-boshlarda yurish;

4.1.5. O’quv anjomlarni ro’zg’or, bozor-o’char uchun mo’ljallangan paket-xaltalarda olib yurish;

4.1.6.   Quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib yurish.

4.2.  Erkak professor-o’qituvchi, xodim va talaba yigitlar uchun:

4.2.1. Bichimi tor, yaltiroq, badanga yopishib turadigan hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyaga mos kelmaydigan yozuvlar, turli reklama ma’lumotlari, davlat ramzlari, zo’ravonlik, fahsh elementlarini targ’ib qiluvchi rasmlar va yozuvlar aks etgan, rusum sifatida “yirtilgan”, “titilgan” va jinsi matosidan tikilgan kiyimlarda yurish;

4.2.2. Universitet hududida sport kiyimlari, kalta shim va krosovkalarda yurish (jismoniy tarbiya darslari va darsdan so’ng TTJ binosi, sport maydonchalari va hasharlardan tashqari);

4.2.3. O’quv anjomlarni ro’zg’or, bozor-o’char uchun mo’ljallangan paket-xaltalarda olib yurish;

4.2.4.  Soch-soqollarni o’stirib yurish;

4.2.5.  Bo’yin taqinchoqlari yoki turli metall buyumlarini osib yurish.

3 noyabr 2015 yil, O`qilgan:10659

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :
  • Pedagogikadan savol

    Hamkorlikda ta`lim olish texnologiyasidagi asosiy g`oya turli o`quv holatlarda ... sharoit yaratishdan iborat. Qoldirilgan nuqtalar o`rniga mos jumlani qo`ying.

    Javob: O`quvchi (talaba) larning xamkorlikdagi faol o`quv faoliyati uchun.

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar