library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

3 noyabr 2015 yil, 15,821
.

Bular bizning faxrimiz

Bular bizning faxrimiz



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 12 iyundagi “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma ikki yillik bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi PQ-1984-sonli qaroriga asosan “O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asari mazmun-mohiyatini aholiga, ayniqsa yoshlarga Yetkazish, yosh avlodga mustaqil taraqqiyot davrida amalga oshirilgan islohotlar ko’lami va samarasini tushuntirish orqali ularda islohotlarga daxldorlik hissini tarbiyalash maqsadida O’zbekiston “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining Qo’shma qarori asosida targ’ibot loyihasini tashkil etildi va iqtidorli talabalardan iborat targ’ibot guruhi shakllantirildi. Targ’ibot materiallari tayyorlanib, targ’ibot dasturi va stsenariysi ishlab chiqildi, targ’ibotchilar uchun malakali professor-o’qituvchilar tomonidan o’quv-seminarlar tashkil etildi. Talabalarning yozgi ta`tili davomida Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda targ’ibot guruhlari tomonidan loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Shuningdek, O’zbekiston “Kamolot” YOIH Vasiylik Kengashining 2013 yil 19 noyabrdagi №284-sonli bayoni asosida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligi munosabati bilan Respublika hududlarida “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati” mavzusidagi targ’ibot va tashviqot ishlarida talabalar ishtirok etdilar.

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi E.I.Basitxanovaning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Orasta qizlar” to’garaklari faoliyatini tashkil etishda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi mahallalarda targ’ibot ishlarini olib bordilar.

Talabalarning targ’ibot ishlari yuksak darajada e`tirof etilib, O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari, Xotin-qizlar qo’mitasi raisi E.I.Basitxanova hamda viloyat hokimlarining tashakkurnomalari, O’zbekiston “Kamolot” YOIH Markaziy Kengashining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Ular O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali bayram tadbirda ishtirok etdilar.

Universitetning davlat mukofotlari va nomdor stipendialari sohiblari bo`lgan talabalari.

3 noyabr 2015 yil, O`qilgan:15821



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

Sahatov Miran Miryunosovich - O’zbekiston milliy paraolimpiya terma jamoasi a’zosi

13 iyun 2014 yil

Sahatov Miran Miryunosovich 1991 yil 8 fevralda Toshkent viloyati Bo’stonliq tumanida tug’ilgan. O’zbekiston milliy paraolimpiya terma jamoasi a’zosi Nizomiy nomidagi TDPU Tarix fakulteti 3-kurs talabasi

Rasulova Nodira Sardarovna

21 fevral 2014 yil

Tarix fanlari nomzodi
Tarix kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi
2012 yil “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy kengashi tomonidan “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan

Isroilova Baxtijon Baxromjon qizi

21 fevral 2014 yil

Isroilova Baxtijon Baxromjon qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Chet tillar fakulteti 2-kurs talabasi
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovnidori

Barliboyeva Sitora Komiljon qizi

21 fevral 2014 yil

Barliboyeva Sitora Komiljon qizi
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 3-kurs talabasi
“Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori


Bizning loyihalar

        

Ma`naviyat