Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

Zakovat intellektual o`yini

“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – talaba-yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilish olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat.

“ZAKOVAT” INTELLEKTUAL O’YINI – HAQIQIY BILIMDONLARNI UCHRASHTIRADIGAN MAYDON

Bugungi kunda talaba-yoshlarga bilim berish bilan birga, komil inson bo’lishlari uchun ta`lim-tarbiyani ular ongiga singdirish, to’g’ri yo’naltirish, uzluksiz va tizimli olib borish har bir o’qituvchining eng asosiy maqsadi va vazifalaridan biri deb o’ylayman. Shu bilan birga talaba-yoshlarning darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini mazmunli, samarali, bir maqsad sari ularni olib borish uchun turli yo’nalishdagi to’garak va klublarni tashkil etish, rivojlantirish, talaba-yoshlarni ko’proq jalb qilish orqali to’garak va klublar faoliyatini jadallashtirish bosh maqsadlardan biri hisoblanadi.

Aytish mumkinki, mana 3 yildan buyon O’zbek tili va adabiyoti fakulteti, CHet tillar fakulteti, Tarix fakultetida tahsil olayotgan va 10-TTJ da istiqomat qilayotgan iqtidorli, iste`dodli, o’z bilimiga, tafakkuriga ishongan talabalarning qalbidan, tilidan joy olib, kundalik sevimli o’yiniga aylanishga ulgurgan “Zakovat” intellektual o’yini bugun juda ko’plab yutuqlarga erishganini, ko’plab bilimli talabalarni izlab topganini misol qilib keltirishimiz mumkin.

Mana shu qisqa vaqt ichida talaba-yoshlarning “Zakovat” intellektual o’yiniga bo’lgan qiziqishlari, intilishlari juda yuqori darajada ekanligi kishini quvontiradi. O’yinda o’g’il bolalar bilan birga, intiluvchan, harakatchan, bilimli, iste`dodli qizlar o’yin davomida o’z jamoasiga ochko olib bergani, ular ko’zidagi quvonchni, g’oliblik shukuhini ko’rganingizda, bunday klublar faoliyatini yanada rivojlantirish, talaba-yoshlar bilan ishlash, iqtidorli, bilimli talabalarni izlab topish, ularni rag’batlantirish kerakligi, boshlagan ishingiz samarasiz ketmayotganligi sizga yanada kuch bag’ishlaydi.

“Zakovat” intellektual o’yinining bosh maqsadi – talaba-yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish, do’stlar orttirish, hurmat-e`tibor qozonish, o’tib borayotgan vaqtni mazmunli o’tkazish, bilmagan narsalarni bilish olish, ham g’oliblik, ham mag’lubiyat nashidasini tatib ko’rishdan iborat.

“Zakovat” intellektual o’yinining 2014 yil bahor mavsumiga qatnashish istagida bo’lganlarni kutib qolamiz.

“Zakovat” intellektual o’yini boshlovchisi
va tashkilotchisi
O’zbek tili va adabiyoti fakulteti o’qituvchisi,
fakultet Talabalar dekani
Amriddin Toyirovich Ikromov.

24 yanvar, O`qilgan:7090

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Ta`lim jarayonida o`qituvchining pedagogik mahoratini namoyon etuvchi asosiy holatlar?

    Javob: Talabaning nazariy hamda amaliy faoliyatda erishadigan yutuqlari va ijobiy natijalari

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Đĺéňčíă ÂÓÇîâ