library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

TTJ to'g'risidagi qoidalari

17 noyabr 2015 yil, 7,495
Yuldasheva D.

Ushbu �Nizom� Oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligining 2006 yil ������������������17 yanvardagi �Talabalar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me�yoriy hujjatlarni tasdiqlash to�g�risida� gi 11-sonli bo�yrug�i asosida ishlab chiqildi.

� � � � � � � � � � � � � �����������������������������������������TA S D I Q L A Y M A N�

���������������������������� �����������������������������������Nizomiy ���nomidagi ���TDPU

��������������������������������������������������� ����������������rektori___________Sh.S. Sharipov

������������������������������� ���������������������������������������������������������������������������������������2015 yil� �29 �avgust

NIZOMIY NOMIDAGI TOShKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETINING �TALABALAR TURAR JOYI� TO�G�RISIDAGI

N I Z OM I

I. UMUMIY QOIDALAR

��������������������������������������������������������������������������������������������������������������������������������������������������������

  1. Ushbu �Nizom� Oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligining 2006 yil ������������������17 yanvardagi �Talabalar turar joyi faoliyatiga oid yangi tahrirdagi me�yoriy hujjatlarni tasdiqlash to�g�risida� gi 11-sonli bo�yrug�i asosida ishlab chiqildi.
  2. Universitetda Qoraqalpog�iston� Respublikasi va viloyatlardan kelib ta�lim olayotgan talaba, magistr va tadqiqot ishlari olib borayotgan katta ilmiy xodim izlanuvchilarni vaqtincha yashash joyi bilan ta�minlash maqsadida �Talabalar turar joyi� tashkil etiladi.
  3. �Talabalar turar joyi boshqaruvi - mazkur Nizom asosida universitet rahbariyati tomonidan shakllantiriladi hamda o�z faoliyati yo�nalishiga, ish rejasi va dasturiga, maxsus muhriga, shtat birligiga ega bo�lib, talabalar turar joyining ma�muriy, xo�jalik, ma�naviy-axloqiy tarbiya ishlarini boshqaradi.
  4. Talabalar turar joyida talabalarning yashashi, o�z ustida mustaqil ishlashi, dam olishi hamda sport, san�at va boshqa to�garaklarda qatnashishi uchun sharoitlar yaratiladi.
  5. �Talabalar turar joyining moddiy-texnik ta�minoti, uni kapital va joriy ta�mirlash, binodagi qattiq va yumshoq mebel jihozlari (ko�rpa-to�shak, choyshablar, yostiq jildi,� sochiqlar va boshqalar), texnika vositalarini saqlash, ta�mirlash, hududni obodonlashtirish, tozaligini ta�minlash, kommunal-xo�jalik xizmatlari (issiq va sovuq suv taminoti, kanalizatsiya, issiq suv quvurlarini ta�mirlash) va boshqa shart-sharoitlar universitet tomonidan ta�minlanadi.
  6. �Talabalar tegishli talabalar turar joyida yashash uchun fakultet dekani nomiga ariza yozadilar va unga o�zlarining pasport nusxasini ilova qiladilar. Mazkur ariza fakultet dekanatida tuzilgan komissiya tomonidan o�rnatilgan tartibda ko�rib chiqilgach, talabalar turar joylari joylashtirish ishlari bo�yicha ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha prorektor yoki� moliyaviy-iqtisodiy ishlari bo�yicha prorektor va kasaba uyushmasi ruhsati bilan berilgan order asosida TTJda yashash uchun belgilangan to�lovni to�lagandan so�ng amalga oshiriladi.
  7. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talabalar, magistrlar va katta ilmiy xodim izlanuvchilar O�zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan qoidalar asosida vaqtincha ruyxatga olinadilar. Ro�yxatga olish ishlari TTJ mudiri(komendanti) va pasportist(ka) tomonidan amalga oshiriladi.
  8. Tarbiyaviy-madaniy, sport-sog�lomlashtirish ishlari va talabalar turar joyida yashovchilarga maishiy xizmat ko�rsatishni tashkil etish borasidagi umumiy rahbarlik universitet rektoriga yuklatiladi.
  9. Talabalar turar joylariga universitetning ishchi � xizmatchilari, talaba va magistrlarning oila azolari hamda begonalarni joylashtirish katiyan man etiladi.
  10. 10. �Talabalar turar joylarida yashaganlik uchun to�lov miqdori universitet Ilmiy kengashi qarori bilan belgilanadi.

II. TALABALAR TURAR JOYIDA YaShOVChILARNING

�HUQUQ VA MAJBURIYaTLARI

�1. Talabalar turar joyida yashovchilarning huquqlari:

-�������� o�ziga ajratilgan xonada o�rnatilgan ichki tartib � qoidalarga rioya qilgan holda yashash;

-�������� talabalar turar joyi binolaridagi madaniy � maishiy� �jihozlardan foydalanish;

-�������� foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni ta�mirlash, yangilash hamda maishiy xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni so�rab rahbariyatga murojaat qilish;

-�������� talabalar turar joylarida o�tkaziladigan ommaviy madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok eti�;

-�������� yaratilgan shart-sharoitlar bo�yicha universitet mamuriyatiga takliflar bilan chiqish;

-�������� �Talabalar kengashi� ning a�zolarini saylash va unga saylanish;

-�������� �Talabalar kengashi� orqali talabalar turar joyining maishiy ta�minotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar va madaniy xordiqni tashkil etish, yashash xonalarini jihozlash bo�yicha masalalarni muxokama eti�da ishtirok etish.

2. Talabalar turar joyida yashovchilarning majburiyatlari:

-�������� ichki tartib-qoidalarga qat�iy amal qilish;

-�������� ma�muriyat bilan tuzilgan shartnoma qoidalariga rioya qilish;

-�������� navbatchilik� jadvaliga binoan� xonalarda, qavat va oshxonada navbatchilik qilish, dam olish joylarida namunali tozalikni ta�minlash;

-�������� gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish;

-�������� yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim toza va saranjom tutish;

-�������� xonadoshlar va talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan do�stona samimiy, axil munosabatda bo�lish:

-�������� TTJda tartib-intizom, ozodalikni ta�minlash va madaniy, sport tadbirlarini tashkil etish bo�yicha qavat sardorlari, talabalar kengashi raisi topshiriklarini bajarish:

-�������� talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jixozlardan (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va x.k.) namunali darajada foydalanish, deraza va unga quyilgan oynalarni sindirmaslik,

-�������� talabalar turar joyi mudiri(komendanti) ruxsatisiz yashash xonalarining eshik qulflarini, mebellarni almashtirmaslik;

-�������� umumiy foydalanish joylariga o�rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalaridan unumli va tejamkor foydalanish, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma�naviyat va ma�rifat xonalari jixozlaridan to�g�ri foydalanish;

-�������� elekt va gaz plitalaridan tejmkorlik bilan foydalanish, qo�lbola va yaroqsiz elektr isitgich asboblaridan foydalanmaslik;

-�������� jadval bo�yicha navbatchilik qilish, belgilangan muddatda qavatni hamda umumiy foydalanishdagi (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va boshqalar) joylarni tozalash, maishiy chiqindilarni o�z vaqtida maxsus belgilangan joylarga chiqarib tashlash;

-�������� talabalar turar joyida o�tkaziladigan hashar, ko�kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarida muntazam, faol qatnashish;

-�������� talabalar turar joyidan uzok muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki ta�tilga, dam olish va yaqin qarindoshlarining uyiga) xonadagi jihozlar va yashash xonasi kalitini talabalar turar joyi mudiri(komendanti)ga topshirish;

-�������� bitiruv malakaviy ishi va DAK imtixonlari yoki tegishli kursni tugatgandan so�ng yoki universitet rektorining talabalar safidan chiqarish to�g�risidagi buyrug�i chiqarilgan taqdirda xona va undagi jihozlarni bir hafta muddat ichida qanday holatda qabul qilib olgan bo�lsa shunday holatda talabalar turar joyi mudiri(komendanti)ga topshirish.

3. Talabalar turar joyida yashovchilarga quyidagilar man etiladi:

-�������� talabalar turar joyi mudirning ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga ko�chib o�tish;

-�������� yashash xonasida kir yuvish;

-�������� xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz ko�chirish;

-�������� xonadagi elektr tarmoqlarini o�z xohishicha o�zgartirish va qo�shimcha yoritgich o�rnatish;

-�������� devorlarga odob-axloq va umume�tirof etilgan qoidalarga zid rasmlar �chizish va yopishtirish;

-�������� ovoz kuchaytiruvchi qurilmalardan foydalanish, yuqori ovozda ashula aytish va musiqa asboblarini chalish;

-�������� elektr isitgichlar va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;

-�������� yashash xonasida begona shaxslarning tunab qolishlari uchun joy berish;

-�������� spirtli ichimliklar, giyohvand moddalarni iste�mol qilish, saqlash, sotish hamda karta va qimor o�yinlarini o�ynash.

4. Talabalar turar joyi xayotida faol ishtirok etayotgan, namunaviy xulqli talabalarni rag�batlantirish tartibi:

-�������� minnatdorchilik bildiriladi;

-�������� maqtov yorlig�i;

-�������� esdalik sovg�alari bilan taqdirlanadi;

-�������� moddiy rag�batlantiriladi.

5. Talabalar turar joyi ichki tartib � qoidalarini �buzganlarga nisbatan qo�llaniladigan �choralar:

-�������� ogohlantirish e�lon qilinadi;

-�������� yashovchining ota � onasi chaqirilib, farzandining TTJda yashash qoidalariga amal qilmaslik holati bo�yicha qilgan harakatlari bo�yicha suhbat o�tkazish;

-�������� xayfsan e�lon qilish;

-�������� talabalar turar joyidan chiqarib yuborish;

-�������� TTJ ichki tartib qoidalarini qo�pol ravishda buzgan talabalarga nisbatan talabalar safidan chikarish bo�yicha universitet rektoriga taklif kiritiladi;

-�������� talabalar turar joylarida foydalanib kelayotgan mol-mulkka bevosita yetkazilgan haqiqiy zararni (agar zarar uni bartaraf etish mumkin bo�lmagan kuchlar, noreal xo�jalik tavakkalchiligi oqibatida oxirgi zarurat yoki zaruriy mudofaa natijasida kelib chiqqan bo�lmasa) o�z hisobidan qoplashi shart.

III. UNIVERSITET MA�MURIYaTINING MAJBURIYaTLARI

1. Rektor, soha prorektorlari, �fakultet dekanlari, talabalar turar joyi mudirlari talabalar turar joyining tozaligi, sanitariya holati, talabalar turar joyida yashovchilarning dahlsizligi va tarbiyaviy ishlar samaradorligi uchun mas�uldirlar.

2. Ta�lim muassasasi ma�muriyatining majburiyatlari:

-�������� talabalar turar joyini mebel jihozlari, choyshablar, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan ta�minlash;

-�������� talabalar turar joyida sanitariya va gigiena qoidalariga rioya etilishini ta�minlash;

-�������� talabalar turar joyida o�tkaziladigan tadbirlar, madaniy-ommaviy ishlar hamda sport musobaqalarini o�tkazishni tashkil etish;

-�������� talabalar turar joyini joriy ta�mirlash ishlarini amalga oshirish;

-�������� talabalar turar joyida faoliyat yurituvchi shaxslarni zaruriy ish o�rinlari bilan ta�minlash;

-�������� talabalar turar joyida yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni o�z vaqtida bartaraf etish.

3. Universitet ma�muriyati har bir talabalar turar joyiga alohida mas�ul etib talabalar turar joyi mudiri(komendanti)ni tayinlaydi.

������������ IV.TALABALAR TURAR JOYIGA JOYLAShISh TARTIBI

1. Talaba tomonidan talabalar turar joylariga joylashish uchun� fakultet dekani nomiga yozma ariza bilan murojaat qilinadi. Arizada quyidagi holatlar aks ettirilgan hamda ilova qilinishi shart:

-�������� talabaning familiyasi, ismi, sharifi;

-�������� doimiy yashash manzili;

-�������� doimiy ro�yxatdan o�tgan manzilidan oila a�zolari to�liq ko�rsatilgan ma�lumotnoma;

-�������� pasport ma�lumotlari va kseronusxasi;

-�������� talabalar turar joyi mudiri (komendanti) hamda ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha dekan muovini tomonidan imzolangan tavsiyanoma(o�tgan yillarda TTJlardan foydalangan talabalar uchungina majburiy), Tavsiyanomada o�tgan o�quv yillarida TTJda yashash vaqtida tozalik va obodonlashtirish ishlarida qatnashganligi, ichki tartib qoidalarga rioya etish holati va tartibbuzarlik qilmaganligi, bino va ashyolarga zarar yetkazmaganligi to�g�risidagi yozma ma�lumotlar ko�rsatiladi.

2. Ariza fakultet dekani tomonidan fakultetda talabalarni TTJga joylashtirish bo�yicha tuzilgan ishchi komissiyaga ko�rib chiqish uchun yuboriladi. Komissiya tarkibi quyidagilardan iborat:

-�������� fakultet dekani, rais;

-�������� fakultet talabalari joylashgan talabalar turar joyi mudiri (komendanti), rais o�rinbosari;

-�������� o�quv ishlari bo�yicha dekan muovini, a�zo;

-�������� �Kamolot� yoshlar ijtimoiy harakati fakultet sardori, a�zo;

-�������� talabalar kasaba uyushmasi fakultet kengashi raisi, a�zo;

-�������� ma�naviy-ma�rifiy� ishlar bo�yicha dekan muovini, kotib.

3. Fakultetda tashkil qilingan maxsus komissiya talaba tomonidan taqdim qilingan hujjatlarni o�rganib chiqadi va talabani TTJga joylashtirish bo�yicha tavsiya beradi.

4. Talaba tomonidan Mazkur tartibning 2- bandida ko�rsatilgan hujjatlarni to�liq taqdim etilmasligi yoki o�tgan yillarda TTJlardan foydalanish tartibini buzganligi holatlari aniqlangan hollarda fakultet komissiyasi unga TTJda �yashash uchun joy ajratilishini rad qilishga haqli.

5. Fakultet ishchi komissiyasi kotibi fakultetdagi talabalarni TTJga joylashtirish bo�yicha barcha bayonnomalarni yuritishga va TTJda yashovchi talabalar to�g�risidagi aniq ma�lumotlarni universitet komissiyasiga topshirishga mas�ul hisoblanadi.

6. Universitetda talabalarga TTJlardan joy ajratish hamda ularni joylashtirish komissiyasi tuziladi. Komissiya tarkibi quyidagicha:

-�������� Moliyaviy iqtisodiy masalalar bo�yicha prorektor, rais;

-�������� Ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha prorektor, o�rinbosar;

-�������� Texnik foydalanish va xo�jalik bo�limi boshlig�i, a�zo;

-�������� Byudjetdan tashqari mablag�lar bo�yicha bosh hisobchi o�rinbosari, a�zo;

-�������� �Kamolot� yoshlar ishtimoiy harakati boshlang�ich tashkiloti yetakchisi, a�zo;

-�������� Ma�naviyat-ma�rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo�limi boshlig�i, a�zo;

-�������� Universitet xotin-qizlar qo�mitasi raisi, a�zo;

-�������� Universitet talabalar kasaba uyushmasi raisi, kotib.

7. Komissiya quyidagi vazifalarni bajaradi:

- o�quv yili boshlangunga qadar avvalgi o�quv yilida TTJlarga qilingan jami harajatlar tarkibi va miqdorini taxlil holda universitetning kelgusi o�quv yili uchun TTJga to�lovlar kalkulyatsiyasini ishlab chiqadi hamda universitet Kengashiga tasdiqlash uchun kiritadi;

-�������� har o�quv yili boshida 10 sentyabrga qadar barcha fakultetlardan tegishli o�quv yilida fakultetlarning TTJlarga bo�lgan talabnomalarni qabul qiladi va asosida mavjud o�rinlarni taqsimlaydi;

-�������� TTJlardagi mavjud joylar fakultetlar orasida taqsimlangandan so�ng talabalar tomonidan band qilinmagan xonalar zaruriyatga qarab qayta taqsimlaydi;

-�������� fakultetlar taqdimnomasiga asosan TTJga joylashtirish bo�yicha qaror qabul qiladi;

-�������� joylarda o�rganishlarda aniqlangan kamchiliklarni muhokama qilish, ma�sul dekan o�rinbosarlari hamda TTJ mudirlari (komendantlari)ning tavsiya xati asosida talabalarni TTJlardan chiqarib yuborish bo�yicha qaror qabul qiladi:

-�������� davriy asosda TTJlar holatini o�rganib, universitet rektoriga amalga oshirilishi lozim bo�lgan vazifalar yuzasidan takliflar kiritadi.

8. Komissiya bayonnomalarini tuzish, yuritish ularni maxsus daftarga qayd qilgan holda hisobotlarini tuzish va manfaatdor ijrochilarga yetkazishga komissiya kotibi ma�sul hisoblanadi.

9. Komissiyaning talabaga TTJdan joy ajratish to�g�risidagi qarori qabul qilingach, komissiya kotibi tomonidan mazkur qaror nusxasi universitet buxgalteriyasiga yetkaziladi.

10. Universitetning byudjetdan tashqari mablag�lar bo�yicha bosh hisobchi o�rinbosari tomonidan komissiya qaroriga asoslangan holda har o�quv yili uchun talabaga yangi order beriladi.

11. Orderda talabaning 3x4 o�lchamdagi fotosurati, ismi-sharifi, pasport ma�lumotlari tug�ilgan yili, joyi hamda qaysi talabalar turar joyining qaysi xonasiga joylashtirilishi aniq ko�rsatiladi.

12. TTJ mudir(komendant)i order bilan murojaat qilgan talabani orderda ko�rsatilgan xonaga joylashtirishi shart, komissiya qarorisiz talabalar boshqa xonalarga ko�chirilganligi holatlari aniqlanganda TTJ mudiri(komendanti)ga hamda ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha dekan muovinlariga qat�iy intizomiy choralar ko�riladi.

13. TTJ mudiri(komendant)da talabalar turar joyida yashovchi talabalarni ro�yxatga olish bo�yicha tuman IIB bilan kelishilgan maxsus kitob yuritilib, bu kitobga ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha dekan muovini bilan birga tegishli orderga asosan TTJga joylashgan talabalar to�g�risida ma�lumotlar kiritib boriladi. Kitobdagi ma�lumotlarning aniq va to�g�riligiga TTJ mudiri(komendanti) hamda ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha dekan muovini javobgar. Kitobdagi ma�lumotlar har chorak yakuni bilan solishtirib boriladi.

V. TALABALAR TURAR JOYIDA YaShAGANLIK UChUN TO�LOVLARNI AMALGA OShIRISh TARTIBI

����������� 1. Talabalar turart joyida yashash uchun talabalar tomonidan to�lanadigan to�lov miqdori har o�quv yili boshida universitet Kengashining tegishli qarori asosida Kengash a�zolarini umumiy ko�pchilik ovozi asosida belgilanadi

2. Fakultetda talabalarni TTJga joylashtirish bo�yicha tuzilgan ishchi komissiyasi qaroriga asosan talabaga TTJda yashash uchun belgilangan yillik to�lovning kamida 50 % oldindan to�lash bo�yicha habarnoma beriladi va TTJda yashovchi tomonidan tegishli to�lov amalga oshiriladi.

3. Talaba talabalar turar joyida yashaganlik uchun belgilangan to�lovning qolgan qismini ikkinchi o�quv semestri boshlangan kundan �boshlab 10 kun muddat ichida amalga oshirilishi lozim.

4. Talaba tomonidan TTJda istiqomat qilish uchun to�lovlarning birinchi qismi o�z vaqtida to�lab, qolgan qismini belgilangan muddatda to�lamasligi uning TTJdan chiqarilishiga asos bo�ladi.

5. Fakultet dekanlari boshchiligida tashkil qilingan komissiyalar tavsiya qilingan talabalarning to�lovlarini o�z vaqtida amalga oshirilishi ustidan nazorat olib boradi hamda ijrosini ta�minlaydi.

6. Talaba tomonidan o�quv yili uchun belgilangan to�lovning kamida ellik foizi to�langandan so�ng, byudjetdan tashqari mablag�lar bo�yicha bosh hisobchi o�rinbosari tomonidan TTJda istiqomat qilishga ruxsat beruvchi order beriladi.

7. Komissiya qarori qabul qilingandan so�ng 10 kunlik muddatda talaba tomonidan mablag�lar universitet hisob raqamiga o�tkazilmagan taqdirda byudjetdan tashqari mablag�lar bo�yicha bosh hisobchi o�rinbosari tomonidan komissiyaga yozma murojat qilinadi hamda ushbu o�ringa boshqa talabalarni joylashtirish masalasi ko�rib chiqiladi.

8. Talabalar turar joyida istiqomat qilganlik uchun belgilangan to�lovlarni amalga oshirishda quyidagi toifa talabalarga imtiyozlar beriladi:

-�������� ko�z kasalliklari bo�yicha 1-2-guruh nogironlari uchun - bepul;

-�������� chin yetim talabalar uchun - bepul;

-�������� umumiy kasalliklar bo�yicha 1-guruh nogironlari uchun - ellik foiz;

-�������� yarim yetim (ota-onalaridan biri vafot etgan) talabalar uchun - ellik foiz;

-�������� o�z vazifasini namunali bajarib kelayotgan talabalar kengashlari raislari uchun ellik foiz;

-�������� o�z vazifasini namunali bajarib kelayotgan qavat sardorlari uchun-ellik foiz;

-�������� Talabalar turar joyi kutubxonasi uchun mas�ul talabalar uchun - ellik foiz.

Yuqorida ko�rsatilgan �talabalar toifasidan tashqari boshqa talabalarga TTJda istiqomat qilganlik uchun belgilangan to�lovlar bo�yicha imtiyozlar berilmaydi.

9. Talabalar kengashlari raislari hamda qavat sardorlariga imtiyoz berilgan taqdirda ushbu imtiyoz o�quv yilning ikkinchi qismi uchun amal qiladi.

�������� VI. TALABALAR TURAR JOYIDAN FOYDALANISh TARTIBI

1.Universitet ma�muriyati va talaba o�rtasida talabalar turar joyida yashash� uchun tegishli tartibda shartnoma tuziladi. Shartnoma ikki nusxada tuzilib, biri talabada ikkinchi nusxasi ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha prorektor kompleksida saqlanadi.

2. Talabalar turar joyida yashash bo�yicha shartnomalar va tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishni fakultet dekanlarining ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha dekan muovinlari ta�minlaydi hamda shartnoma shartlari bajarilishi ustidan doimiy nazorat olib boradi.

3. Talabalar universitet ma�muriyati tomonidan berilgan order asosida� talabalar turar joyiga joylashadi va bir o�quv yili uchun tuman ichki ishlar bo�limiga qarashli idoralardan vaqtinchalik yashash uchun ro�yxatdan o�tadi, ro�yxatdan o�tish shartlari va muddatlari bilan universitet pasportistkasi shug�ullanadi.

4. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarning ro�yxatdan o�tmasdan istiqomat qilish holatlari hamda talabalar turar joyiga� joylashtirilmagan talabalarning tegishli manzilga ro�yxatdan o�tkazish holatlari aniqlangan taqdirda universitet pasportistkasi hamda TTJ mudiri (komendant) qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

5. Talabalar TTJga joylashtirilgach talabalar kengashlari raislari hamda har bir qavatga qavat sardorlari saylanadi. Talabalar kengashlari raislari talabalar turar joyi bo�yicha, qavat sardorlari o�sha qavatdagi� talabalarning ichki tartib qoidalariga rioya qilinishi ustidan doimiy nazorat olib boradi.

6. Talabalar turar joyida har haftaning shanba kuni tozalik kuni hisoblanadi va istiqomat qiluvchi talabalarning barchasi tozalash va obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etishga majburdirlar.

7. Talabalar turar joylaridagi umumiy foydalanish joylari hamda talabalar turar xonalari talabalar tomonidan tozalanib ozoda saqlanishi shart, aks holda ma�naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo�yicha dekan muovini yoki TTJ mudiri (komendant) tomonidan universitet (fakultet)� ma�muriyatiga bu haqida ma�lumot kiritilishi hamda tartibga rioya qilmagan talabaga intizomiy chora ko�rilishi lozim.

8. Talabalar bino komendantidan xonani qabul qilib olgach undagi barcha jihozlarning saqlanishi va butligiga shaxsan javobgardirlar. O�quv yili yakunida xonalarga yetkazilgan zarar aniqlangan holda ushbu xonada istiqomat qilgan talabadan TTJga yetkazilgan zarar to�liq undirilishi lozim. Yetkazilgan zarar to�liq undirilmasdan yoki o�z o�rniga tasdiqlanmasdan talabadan xonani qabul qilib olgan komendant hamda ma�naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo�yicha dekan muovinlari lavozim majburiyatlarini buzgan hisoblanadi va intizomiy jazoga tortiladi.

9. Talabalarning talabalar turar joyida istiqomat qilish vaqtida yo�qolgan� buyumlari va qimmatbaho mulklariga universitet va talabalar turar joyi ma�muriyati javobgar bo�lib hisoblanmaydi.

VII. TALABALAR TURAR JOYIDA YaShOVChILAR AMAL QILADIGAN IChKI-TARTIB QOIDALAR

��� 1. Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchilar umume�tirof etilgan axloq-odob qoidalari va belgilangan ichki tartib qoidalarga so�zsiz amal qilishlari shart.� Shuningdek, TTJda istiqomat qilayotgan� yashovchilar o�zaro samimiy, ahil munosabatda bo�lishi kerak.

2. Talabalar TTJda yashash davrida belgilangan tartibda universitet rahbariyati yoki TTJ mudiri(komendanti)ning roziligi asosida talabalar turar joyining bir xonasidan ikkinchi xonasiga yoki bir talabalar turar joyidan boshqa talabalar turar joylariga ko�chib o�tishi mumkin.

3. Talabalar� navbatchilik jadvaliga binoan oshxona, qavat va kirish joylarida navbatchilik qiladilar, dam olish joylarida namunali tozalikni ta�minlaydilar hamda talabalar yashab turgan xonasi va boshqa umumiy foydalanish joylarini har doim toza va tartibli tutishi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

4. Gaz va elektr asboblaridan tejamkorlik bilan foydalanish qoidalariga qat�iy rioya qilishlari lozim.

5. Talabalar turar joyidan uzoq muddatga ketayotgan vaqtda (ta�tilga, amaliyotga) talabalar uyi ma�muriyatini ikki kun oldin yozma ravishda ogohlantirib qo�yishlari kerak.

6. Kundalik ehtiyojga ega bo�lmagan katta hajmdagi shaxsiy va qimmatbaho buyumlar talabalar tomonidan talabalar turar joyining buyumlar saqlash xonasiga topshirishlari kerak. Buyum saqlash xonasiga topshirilmagan buyumlar uchun talabalar turar joyi ma�muriyati javobgar bo�lmaydi.

7.� Talabalar turar joyi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (shifoner, krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada tutish talab etiladi.

8. Yashovchilar umumiy foydalanish joylariga o�rnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini buzmaslik, yuvinish xonasi, oshxona hamda ma�naviyat va ma�rifat xonalaridan to�g�ri foydalanish lozim.

9. Talabalar elektr va gaz plitalaridan to�g�ri hamda tejamli foydalanishlari lozim, talabalar turar joyida qo�lbola elektr isitgich asboblaridan� foydalanishga yo�l qo�yilmaydi.

10. Talabalar turar joyida o�tkaziladigan hasharlarda, tevarak-atroflarni ko�kalamzorlashtrish va obodonlashtirish ishlarida muntazam ravishda qatnashishlari lozim.

11. O�qishni bitirgan talabalar ikki hafta ichida yashab turgan xonalaridagi tegishli jihozlarni TTJ mudiri(komendanti)ga topshirib, yashash xonasini tark etishi lozim.

VIII. TALABALAR TURAR JOYIGA KIRISh-ChIQISh TARTIBI

1. Talabalar turar joyiga kirish va chiqish talabalik guvohnomasi asosida amalga oshiriladi.

2. Talabalar turar joyiga kirish yoki chiqish vaqtida ruxsatnoma talabalik guvohnomasi bilan birgalikda TTJ qoravuliga hamda navbatchi talaba yoki navbatchi o�qituvchiga ko�rsatilishi shart.

3. Talabalar turar joyida yashovchi talaba yozgi vaqtda kech soat 22:00 qadar, qishqi vaqtda kech soat 21:00 gacha talabalar turar joyiga kirishga ruxsat beriladi.

Darsdan bo�sh vaqtlarda turli tashkilotlarda ishlaydigan talabalarning ro�yxati talabalar turar joyi mudiri (komendant) tomonidan tuziladi va tasdiqlab qo�yiladi.

4. Talabalar turar joyiga kelgan mehmonlar, ota-onalar, qarindoshlar, do�stlar va boshqa talabalarning kirish - chiqishiga faqat TTJ mudiri(komendant)� yoki navbatchi� o�qituvchi ruxsat berishi mumkin.

5. Chetdan kelganlar haqidagi ma�lumotlar (kelish va ketish vaqti, pasport nomeri, xona raqami ko�rsatilgan holda)qaydnoma daftariga yozib qo�yiladi va ularning talabalar turar joyidan soat 20:00 gacha chiqib ketishi qat�iy nazorat ostida bo�lishi shart.

6. Talabalar turar joyi ichki tartib-qoidalarini, kirish-chiqish qoidasini buzgan talabalardan tegishli tartibda tushuntirish xati olinib, ogohlantiriladi hamda rasmiy qayd etiladi, agar bu holat yana takrorlansa talaba talabalar kasaba uyushmasining roziligi bilan fakultet dekanining buyrug�iga asosan universitetda o�qish muddatini tugatgunga qadar talabalar turar joyida yashash huquqidan� mahrum etiladi.

7. Talabalar turar joyi qoravuli, xodimlar va yashovchilar atrofda shubhali kishilar hamda buyumlarni ko�rib yoki sezib qolsalar zudlik bilan yaqin hududdagi militsiya tayanch punktiga xabar berishlari lozim.

8. Talabalar turar joyi qoravulxonasi tashqi va ichki telefon tarmog�i bilan ta�minlanishi shart. TTJ qoravulining stolida tez yordam, militsiya, yong�in xavfsizligi organlari, rektor, soha prorektorlari, fakultet dekanlarining, shuningdek, elektr, gaz, suvoqava tarmoqlarining telefon raqamlari hamda talabalar turar joyi mudiri(komendanti)ning� uy va uyali telefon raqamlari bo�lishi shart.

IX. TALABALAR TURAR JOYI FAOLIYaTINI VA BOShQARUVINI

�TAShKIL ETISh

1. Talabalar turar joyining texnik va me�yoriy talablar asosida faoliyat yuritishi uchun shaxsan rektor mas�uldir.

2. Talabalar turar joyida o�quv zali, ma�naviyat va ma�rifat xonasi,� dam olish xonasi, oshxona, hojatxona, yuvinish xonasi, dush ta�lim muassasasi va talabalar turar joyining imkoniyatlaridan kelib chiqib, har bir qavatda tashkil etilishi mumkin.

3. Talabalar turar joyida kutubxona filiali tashkil etiladi va reja asosida o�z faoliyatini olib boradi.

4.. Talabalar turar joyidagi gaz, elektr plitalari, stol-stul, suv tarmog�i, sanitariya jihozlari bilan ta�minlanishi hamda yong�in xavfsizligi talablariga to�liq javob berishi shart.

5. Talabalar turar joyi boshqaruvining shtatlar birligini ta�minlash, ish haqini belgilash, xodimlarni ishga jalb etish, ular tomonidan o�z xizmat vazifalarining bajarilishini nazorat qilish, talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish va ijtimoiy himoya qilish hamda istiqomat qiluvchi talabalar o�rtasida tashkiliy, xo�jalik, huquqiy-tarbiyaviy ishlarni olib borish ma�suliyati tegishli prorektorlar tomonidan amalga oshiriladi.

6. Talabalar turar joyi boshqaruvini tashkil etish, olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtirish va nazorat qilish ma�suliyati rektor zimmasiga yuklatiladi.

X. TALABALAR TURAR JOYI MUDIRI(KOMENDANTI)NING VAZIFALARI

1. TTJ mudiri(komendanti) �- talabalar turar joyi faoliyatini tashkil etishning barcha yo�nalishlari bo�yicha umumiy rahbarlikni olib boradi.

2. TTJ mudiri(komendanti) lavozimiga tayinlanadigan shaxs tajribali bo�lishi shart.

Uning vazifalari quyidagilardan iborat:

- talabalar turar joyining faoliyatini tashkil etish dasturi va rejasini ishlab chiqadi:

-talabalar turar joyi boshqaruvidagi lavozimlarga shtat birliklari asosida

xodimlar� va ishchilarni tanlaydi, ishga qabul qilish va ishdan ozod etish bo�yicha

o�z tavsiyalarini �rahbariyatga rasmiylashtirish uchun taqdim etadi;

- talabalarni fakultet rahbariyati bilan kelishgan holda yashash xonalariga joylashtiradi;

-���������� sanitariya me�yorlarining bajarilishini ta�minlaydi;

-� fakultet dekanatlari bilan birgalikda yashash joylarini yashovchilarni fakultetlar bo�yicha taqsimotini belgilaydi, TTJda yashovchilar haqidagi umumiy ma�lumotlar banki, axborotlar, statistik jadvallarni tayyorlaydi, ushbu malumotlar bilan universitet rahbariyatini doimo xabardor etib turadi;

- talabalar turar joyining moddiy � texnik �ta�minotini tahlil etadi, extiyoj va talablar asosida zarur materiallar, jihozlar uchun buyurtmalar beradi;

- talabalarning yashashi, dars tayyorlashi va dam olishlarn uchun zarur shart � sharoitlar �yaratadi;

-� pasport tizimi, talabalar turar joyiga kirib � chiqish �qoidalarining qat�iy bajarilishini ta�minlaydi;

-� professor-o�qituvchilardan iborat doimiy navbatchiliklarni nazorat qilib boradi;

- xaftalik yig�ilishlar, tadbirlarda ishtirok etadi, talabalar turar joyiga tegishli bo�lgan masalalar bo�yicha huquq � tartibot �organlari, tashkilotlar, muassasalar bilan o�z vakolati doirasida hamkorlikda ish olib boradi;

-���������� talabalar bo�sh vaqtini foydali mehnat bilan to�ldirishni amalga oshiradi.

XI. TALABALAR TURAR JOYIDA �NAVBATChILIK QILADIGAN NAVBATChI O�QITUVChINING� VAZIFALARI

Navbatchi o�qituvchi universitet rektorining buyrug�iga (jadvaliga) asosan qat�iy reja asosida belgilanadi va navbatchilik vaqti kech soat 18.00dan ertalab ��������soat8.00gacha bo�lgan vaqtni (navbatchi o�qituvchi soat 2000 dan� 2040 gacha ovqatlanishi mumkin)�o�z ichiga oladi.

-navbatchi o�qituvchi universitet rektorati va fakultet dekanati tomonidan tasdiqlangan jadval yoki buyruq bo�yicha belgilangan kuni navbatchilikka kelishi shart;

-navbatchi o�qituvchi talabalar turar joyiga kelganda avvalo talabalar turar joyi Kengashi raisi yoki TTJ mudiri(komendanti) hamroxligida umumiy holat, tartib-intizom bilan tanishib chiqishi shart;

-navbatchi o�qituvchi navbatchilik paytida kamida bir marotaba talabalar istiqomat qilayotgan xonalarni ko�zdan kechirib, talabalar holidan xabar olishi, agarda talabalar tomonidan biror bir e�tiroz, taklif yoki muammolar bo�lsa, ushbu muammo va takliflarni og�zaki yoki yozma holatda fakultet dekaniga yoki ��ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha dekan muovinlariga yetkazishi shart.

-navbatchi o�qituvchi talabalar turar joyining �Ma�naviyat va ma�rifat� xonasida talabalar bilan uchrashib, o�z mutaxassisligidan kelib chiqib, muloqot, suhbat va savol�javoblar o�tkazishi kerak.

-navbatchilik paytida biror noxush yoki ziddiyatli holat sodir bo�lsa, zudlik bilan bu haqda universitet yoki fakultet rahbariyatiga xabar berishi shart.

-navbatchi o�qituvchi talabalar istiqomat qilayotgan xonalarning ozodaligi, talabalar turar joyining bezatilishi yuzasidan tegishli taklif va istaklar bildirishi mumkin.

-navbatchilik yakuniga yetganidan so�ng navbatchi o�qituvchi maxsus daftarga navbatchilik jarayonida qilgan ishlari, umumiy holat va mavjud kamchiliklarni aniq ko�rsatgan holda yozib qoldirishi shart. (Ko�rsatilgan kamchiliklar kun davomida komendant tomonidan bartaraf etilishi lozim).

-navbatchilik paytida sodir bo�lgan har qanday holatga navbatchi o�qituvchi tegishli shaxslar bilan barobar ravishda javob beradi va shunga mas�uldir.

-navbatchi o�qituvchi jadval yoki buyruq asosida navbatchilikka kelsada, navbatchilik qilganligi to�g�risida maxsus daftarga qayd etmasa, shuningdek, navbatchilik vaqti tugamasdan ketib qolsa, u holda o�sha kuni navbatchilik qilmadi, deb hisoblanadi.

XII. TALABALAR TURAR JOYIDA TALABALARNING O�ZINI � O�ZI� BOShQARIShTIZIMINI TAShKIL ETISh

1. Talabalar turar joyida talabalarning o�zini-o�zi boshqaruvini shakllantirish va amalga oshirish maqsadida �Talabalar kengashi� (keyingi o�rinlarda �Kengash�) tashkil etiladi va Kengash faoliyatiga rahbarlik qilish uchun bir yil muddatga Kengash raisi saylandi.

2. Kengash tarkibi umumiy ovoz berish orqali, talabalar tomonidan saylanadi. Talabalar boshqaruvi a�zolari �yaxshi� va �a�lo� baholarga o�qiydigan, talabalar hayotini har tomonlama yaxshi biladigan, mustaqil fikrlovchi hamda jamoat ishlarida faol ishtirok etuvchi tashabbuskor shaxslar bo�lishi lozim;

3. Talabalarning o�zini-o�zi boshqaruvi demokratik asoslarga quriladi va o�z faoliyatini �Talabalar kengashi� haqidagi Nizom asosida tashkil etadi. Kengashning faoliyatini yo�naltirish, muvofiqlashtirish ishlarini ma�naviy-ma�rifiy ishlari bo�yicha dekan o�rinbosarlari amalga oshiradi.

4. Kengashning ish rejasi va dasturi kengash raisi tomonidan ishlab chiqilib, boshqaruv a�zolari, ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha dekan o�rinbosari va TTJ mudiri (komendanti) bilan muhokama qilinadi hamda o�rnatilgan tartibda ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.

5. Har bir� qavatga sardorlar saylanadi. Sardorlar yashovchilarning xona(seksiya) dagi mulkni, tozalik va tartib-intizomni saqlashini nazorat qiladi. Qavat sardorlari talabalar turar joyi Kengashi qarorlariga asoslangan holda faoliyat olib boradi

6. Quyidagi masalalar Kengash bilan kelishilgan holda hal etiladi:

-������ ma�muriyat tomonidan yashovchining bir xonadan ikkinchi xonaga ko�chirilishi;

-������ yashovchilarni rag�batlantirish yoki intizomiy choralar ko�rish.

XIII. TALABALAR TURAR JOYLARIDA OLIB BORILADIGAN

�MA�NAVIY-MA�RIFIY VA TARBIYaVIY �IShLAR

1. Talabalar turar joyida olib boriladigan ma�naviy-ma�rifiy va tarbiyaviy ishlar universitet faoliyatining ustuvor tarkibiy qismi sanalib, rektor rahbarligida tegishli bo�limlar, jamoat tashkilotlari va dekanatlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

2. Talabalar turar joyida tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda shaxsan ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha prorektor mas�ul sanaladi. U talabalar turar joyi ma�muriyati, dekanatlar, kafedralar hamda professor-o�qituvchilar tarkibi va kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda tarbiyaviy ishlarni boshqaradi.

3. Talabalar turar joyida amalga oshiriladigan ma�naviy-ma�rifiy va tarbiyaviy ishlar universitetning maxsus ishlab chiqilgan rejasi asosida turli davlat va jamoat tashkilotlarini jalb qilgan holda olib boriladi.

4. Talabalar turar joylarida sport, badiiy va texnik ijodiy havaskorlik to�garaklari hamda qiziqishlar bo�yicha klublar, shuningdek, fan, san�at, adabiyot namoyandalari bilan uchrashuvlar, tematik kechalar va bayram tadbirlari tashkil etiladi.

XIV. TALABALAR TURAR JOYIDA YaShOVChILARGA �KO�RSATILADIGAN XIZMATLAR

Talabalar turar joyida quyidagi xonalar faoliyati yo�lga qo�yiladi:

-� ma�naviyat va ma�rifat xonasi;

-� o�quv va dars tayyorlash xonasi;

-� kutubxona;

-� gigiena xonasi;

-� yuvinish xonasi;

-� buyumlarni saqlash xonasi;

-� oshxona;

-� sport sog�lomlashtirish xonasi (ichki imkoniyatdan kelib chiqqan holda) va boshqalar.

XV. TALABALAR TURAR JOYLARI HOLATINI NAZORAT QILISh

1. Talabalar turar joylari holati universitet rahbariyati va jamoat tashkilotlari tomonidan maxsus reja asosida o�rganib boriladi hamda uning natijalari Ilmiy kengash yig�ilishlarda muhokama etiladi, shuningdek TTJda talabalarga yaratilgan sharoitlarni yaxshilash, mavjud holatni o�rganish maqsadida tasdiqlangan jadval asosida barcha TTJlarda har xaftada bir kun �Fakultet dekani kuni� o�tkazilishi lozim. �Fakultet dekani kuni�ni o�tkazilganligi tegishli fakultet dekani tomonidan maxsus daftarga qayd etib borilishi lozim.

2. Talabalar turar joylari faoliyati universitetning tegishli prorektorlari tomonidan doimiy nazorat etib boriladi va o�z yo�nalishi bo�yicha vazifalarni amalga oshirish yuzasidan rektorga takliflar kiritadi.

3. Har bir talabalar turar joyida bildirilgan mulohaza va fikrlarini yozish uchun qaydnoma daftari (I nusxa, muhrlangan) bo�lishi lozim.

4. Talabalar turar joylarida �Adolat qutisi� tashkil etiladi va yashovchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar har haftada bir marta talabalar turar joylarida tegishli fakultet rahbariyati va talabalar turar joylari boshqaruv (tarkibi) kengashi hamkorligida o�rganilib, muhokama qilinadi hamda tegishli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

XVI. TALABALAR TURAR JOYLARINI MOLIYaLAShTIRISh

1. Talabalar turar joylari universitetning byudjet, byudjetdan tashkari (to�lov-kontrakt)� mablag�lari, �homiylik, tadbirkorlik asosida ishlab topilgan hamda TTJda yashovchilar tomonidan TTJda yashaganlik uchun to�lanadigan mablag�lar hisobidan moliyalashtiriladi.

2. Talabalar turar joyi shtat birliklari amalda universitetning shtat birliklari asosida belgilanadi.

XVII.� YaKUNIY QOIDALAR

1. Mazkur Nizom bilan belgilab berilmagan boshqa holatlar O�zbekiston Respublikasi qonunchiligi, Oliy va o�rta-maxsus ta�lim vazirligi Hay�at qarorlari, buyruqlari hamda universitet faoliyatiga tegishli bo�lgan boshqa xujjatlar bilan tartibga solinadi.

2. Talabalar turar joyi to�g�risidagi Nizom bilan belgilangan me�yorlarning o�z muddatlarida va to�g�ri bajarilishi ustidan Ma�naviy-ma�rifiy ishlar bo�yicha prorektor, moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo�yicha prorektor va universitet talabalar kasaba uyushmasi raisi doimiy nazorat o�rnatadi, monitoringini ta�minlaydi hamda universitet Kengashiga o�quv yili mobaynida ma�lumot kiritib boradi.

3. Talabalar turar joyi to�g�risidagi Nizom Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashi tomonidan tasdiqlangan kundan boshlab kuchga kiradi.

4. Talabalar turar joyi to�g�risidagi Nizom �bilan joriy qilingan me�yorlar universitetning ishchi-xodimlar Kasaba uyushmasi hamda talabalar kasaba uyushmasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.

XVIII. NIZOMGA O�ZGARTIRISh, QO�ShIMChALAR KIRITISh

HAMDA BEKOR QILISh TARTIBI

Ushbu Nizomga� o�zgartirish� va� qo�shimchalar� kiritish,� shuningdek talabalar turar joyi Nizomi o�z kuchini� yo�qotgan deb topish universitet rektorining� bo�yrug�i bilan amalga oshiriladi.

Mazkur Nizom universitet Kengashining 2015 yil 28 avgustdagi yig�ilishining 3.2-Qarori bilan tasdiqlangan.

17 noyabr 2015 yil, O`qilgan :7495



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Nizomlar