|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Pedagogika va psixologiya fakulteti 1999 yilda tashkil etilgan. 2016 yilda uni tarkibiga Defektologiya fakulteti qo’shilgan bo’lib, endilikda Pedagogika fakul’teti deb nomlanmoqda. 2017-yildan fakultet dekani pedagogika fanlari doktori, professor E.R.Yuzlikayeva faoliyat yuritib kelmoqda.


Pedagogika fakulteti

Pedagogika va psixologiya fakulteti 1999 yilda tashkil etilgan. 2016 yilda uni tarkibiga Defektologiya fakulteti qo’shilgan bo’lib, endilikda Pedagogika fakul’teti deb nomlanmoqda.

2017-yildan fakultet dekani pedagogika fanlari doktori, professor E.R.Yuzlikayeva faoliyat yuritib kelmoqda.

Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

5110900- Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi

5111800- Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi:

5210200- Psixologiya (faoliyat turi bo’yicha)

5111900 - Defektologiya

________________________________________

Fakultet «Pedagogika va psixologiya» sohasida akademik-litseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab bermoqda.

Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

- Pedagogika va umimiy psixologiya

- Psixologiya kafedrasi;

- Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi;

- Korreksion pedagogika kafedrasi;

- Maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi;

Fakultetda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda 78 dan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Shundan 5 nafar fan doktori professor, 32 nafar fan nomzodi, dotsent va katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Fakultetni muvoffaqiyatli tamomlagan talabalarga pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim, psixolog konsultant, defektolog bakalavr darajalari beriladi. O’qishni davom ettirishni xohlaganlar shu yo’nalishlar bo’yicha magistratura mutaxasisligi bo’yicha tahsil olish imkoniyatiga egalar.

Fakultet talabalari universitetga qarashli 10-talabalar turar joyida istiqomat qilishari mumkin.

Shu yillarda fakultetda faqat bittagina «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, unda taniqli olimlar – professor K.E.Bendrikov, dotsentlar V.F.Lubensov, V.I.Moroz, K.D.Dadaev, Sh.Bayburova, N.A.Konstannikovlar faoliyat ko‘rsatgan.

1941 yilda Butunittifoq oliy maktab qo‘mitasining qarori bilan Psixologiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 1968 yilgacha professor P.I.Ivanov rahbarlik qildi. 1951 yilda «Maktabgacha pedagogika» kafedrasi tashkil etildi. 1957 yildan boshlab esa fakultetda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlana boshlandi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlash sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish maqsadida 1958 yilda fakultet qoshida «Boshlang‘ich sinf pedagogikasi» kafedrasi ish boshladi.

1967 yilga kelib fakultetda «Defektologiya» bo‘limi tashkil etildi, bu bo‘lim yordamchi maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlaydi.

1979 yilda «Maktabgacha tarbiya» kafedrasi «Pedagogika va psixologiya» fakultetidan mustaqil fakultet sifatida ajralib chiqdi.

1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga asosan 1998 yil 24 fevralda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga “Pedagogika universiteti” maqomining berilishi “Maktabgacha tarbiya” fakulteti faoliyatida tub burilishi yasashga turtki bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab fakultet “Pedagogika va psixologiya” fakulteti sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Bu yillarda fakultetda Xalq ta’limi tizimiga - inspektor metodist, pedagogika va psixologiya fani o‘qituvchilari tayyorlandi. Fakultet bitiruvchilari orasidan pedagogika fanlari doktori, professsor A.To‘raeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Temirova, pedagogika fanlari nomzodi, professor O.Hasanboeva, pedagogika fanlari nomzodi, professor K.Hoshimov, O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasining mudiri, psixologiya fanlari doktori, professsor E.G‘.G‘oziev, Chet tillar instituti (hozirgi O‘zDJTU) kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Shojalilov, psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov, falsafa fanlari doktori, professor Z.R.Qodirova, pedagogika fanlari doktori, professor F.R.Qodirova, psixologiya fanlari doktori N.S.Safaev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Dustmuxamedovalar yetishib chiqqan.

Hozirgi davrda fakultetda quyidagi yo‘nalishlar «Pedagogika psixologiya», «Maktabgacha ta’lim», «Psixologiya», «Defektologiya» sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

17 dekabr 2016 yil, O`qilgan:29539

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi

15 dekabr 2016 yil

«Maktabgacha ta’lim metodikasi» kafedrasi

21 dekabr 2016 yil

“Psixologiya” kafedrasi

10 dekabr 2016 yil

“Psixologiya” kafedrasi 1999 yilda“Pedagogika va psixologiya” fakulteti tarkibida tashkil topgan. Kafedraning asosiy vazifasi – zamonaviy talablarga javob beradigan, yetuk va har tomonlama rivojlangan pedagog-psixolog kadrlarni tayyorlashdir. Hozirda kafedrada 19 nafar professor – î‘qituvchilar faoliyat kî‘rsatib kelmoqda. Shulardan 5 nafari î‘rindosh bî‘lib, kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 47 % foizni tashkil qiladi.

Maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi

24 dekabr 2016 yil

2007 yildan boshlab Maxsus ta’lim metodikalari kafedrasiga p.f.n., dotsent D.A.Nurkeldieva mudirlik qilib kelmoqda.

Korreksion pedagogika kafedrasi

10 dekabr 2016 yil

2007 yildan boshlab Korrkesion pedagogika  kafedrasiga p.f.n., dotsent Sh.M.Amirsaidova mudirlik qilib kelmoqda.

Fakultet yangiliklari

14 noyabr 2015 yil

Pedagogika fakulteti talabalari obodonlashtirish ishlariga o'z hissasini qo'shishdi

21 aprel 2017 yil

Pedagogika fakulteti talabalari 2017 yil 19 aprel kuni obodonlashtirish ishlarida faol qatnashishdi.

Yoshlikda olingan bilim toshga o'yilgan naqshdir

21 aprel 2017 yil

2017 yil 21 aprel kuni Pedagogika fakultetida Zakovat intellektual o'yini bo'lib o'tdi.

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    Pedagogik jarayonning vazifasi nimalardan iborat?

    Javob: Bilim berish, tarbiyalash, rivojlantirish

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar