|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Nizomiy nomidagi TDPUda Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakulteti eng yetakchi, nufuzli fakultetlardan biridir. Psixolog, defektolog, maktabgacha ta’lim muassasalari xodimlariga va musiqa o'qtuvchisiga bo’lgan talabning jamiyatda ortishini har yili ushbu fakultet talabasi bî‘lish baxtiga musharraf bî‘lish uchun topshirilgan arizalardan ham bilish mumkin.


Pedagogika fakulteti

Pedagogika va psixologiya fakulteti 1999 yilda tashkil etilgan. 2016 yilda uni tarkibiga Defektologiya fakulteti qo’shilgan bo’lib, endilikda Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakul’teti nomlanmoqda.

2016-yildan fakultet dekani vazifasini bajaruvchisi N.G.Kamilova, o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini M.Xamidova, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan muovini M.Akromovlar faoliyat yuritib kelmoqda.

Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakultetida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

5110900- Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi

5111800- Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi:

5210200- Psixologiya (faoliyat turi bo’yicha)

5111900 - Defektologiya

5111100 – Musiqa ta’limi


Fakultet «Pedagogika va psixologiya» sohasida akademik-litseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab bermoqda.

Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

- Pedagogika kafedrasi;

- Psixologiya kafedrasi;

- Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi;

- Korreksion pedagogika kafedrasi;

- Maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi;

- Musiqiy ta’lim kafedrasi;

Fakultetda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda 78 dan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Shundan 5 nafar fan doktori professor, 32 nafar fan nomzodi, dotsent va katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Fakultetni muvoffaqiyatli tamomlagan talabalarga pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim, psixolog konsultant, defektolog va musiqa o’qituvchisi bakalavr darajalari beriladi. O’qishni davom ettirishni xohlaganlar shu yo’nalishlar bo’yicha magistratura mutaxasisligi bo’yicha tahsil olish imkoniyatiga egalar.

Fakultet talabalari universitetga qarashli 10-talabalar turar joyida istiqomat qilishari mumkin.

Pedagogika va psixologiya fakulteti universitet (institut) tashkil topgan kundan boshlab ya’ni 1935 yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Dastlab, fakultetda Pedagogika bilim yurtlari uchun pedagogogika va psixologiya fani o‘qituvchilari, keyinchalik esa xalq ta’limi uchun inspektor-metodist, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilari tayyorlandi.

Shu yillarda fakultetda faqat bittagina «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi tashkil etilgan bo‘lib, unda taniqli olimlar – professor K.E.Bendrikov, dotsentlar V.F.Lubensov, V.I.Moroz, K.D.Dadaev, Sh.Bayburova, N.A.Konstannikovlar faoliyat ko‘rsatgan.

1941 yilda Butunittifoq oliy maktab qo‘mitasining qarori bilan Psixologiya kafedrasi tashkil etildi. Kafedraga 1968 yilgacha professor P.I.Ivanov rahbarlik qildi. 1951 yilda «Maktabgacha pedagogika» kafedrasi tashkil etildi. 1957 yildan boshlab esa fakultetda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari tayyorlana boshlandi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni tayyorlash sifatini yanada yaxshilash va takomillashtirish maqsadida 1958 yilda fakultet qoshida «Boshlang‘ich sinf pedagogikasi» kafedrasi ish boshladi.

1967 yilga kelib fakultetda «Defektologiya» bo‘limi tashkil etildi, bu bo‘lim yordamchi maktablar uchun o‘qituvchilar tayyorlaydi.

1979 yilda «Maktabgacha tarbiya» kafedrasi «Pedagogika va psixologiya» fakultetidan mustaqil fakultet sifatida ajralib chiqdi.

1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga asosan 1998 yil 24 fevralda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga “Pedagogika universiteti” maqomining berilishi “Maktabgacha tarbiya” fakulteti faoliyatida tub burilishi yasashga turtki bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab fakultet “Pedagogika va psixologiya” fakulteti sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Bu yillarda fakultetda Xalq ta’limi tizimiga - inspektor metodist, pedagogika va psixologiya fani o‘qituvchilari tayyorlandi. Fakultet bitiruvchilari orasidan pedagogika fanlari doktori, professsor A.To‘raeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Temirova, pedagogika fanlari nomzodi, professor O.Hasanboeva, pedagogika fanlari nomzodi, professor K.Hoshimov, O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasining mudiri, psixologiya fanlari doktori, professsor E.G‘.G‘oziev, Chet tillar instituti (hozirgi O‘zDJTU) kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Shojalilov, psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov, falsafa fanlari doktori, professor Z.R.Qodirova, pedagogika fanlari doktori, professor F.R.Qodirova, psixologiya fanlari doktori N.S.Safaev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Dustmuxamedovalar yetishib chiqqan.

Hozirgi davrda fakultetda quyidagi yo‘nalishlar «Pedagogika psixologiya», «Maktabgacha ta’lim», «Psixologiya», «Defektologiya», Musiqa o’qituvchisi sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

Raxbariyat

Pedagogika-psixologiya va defektologiya fakulteti dekani

Kamilova Nodira Gayratovna

Bog`lanish uchun

Telefon: +998 71 255-87-95

Email: kamilova.o@tdpu.uz

17 dekabr 2016 yil, O`qilgan:28583

Musiqiy ta’lim kafedrasi

7 oktyabr 2016 yil

“Musiqiy ta’lim” kafedrasi tarixiga bir nazar

“Pedagogika va Umumiy psixologiya” kafedrasi

15 dekabr 2016 yil

“Amaliy psixologiya” kafedrasi

16 oktyabr 2015 yil

«Maktabgacha ta’lim metodikasi» kafedrasi

21 dekabr 2016 yil

“Pedagogik mahorat” kafedrasi

16 iyul 2013 yil

“Psixologiya” kafedrasi

10 dekabr 2016 yil

“Psixologiya” kafedrasi 1999 yilda“Pedagogika va psixologiya” fakulteti tarkibida tashkil topgan. Kafedraning asosiy vazifasi – zamonaviy talablarga javob beradigan, yetuk va har tomonlama rivojlangan pedagog-psixolog kadrlarni tayyorlashdir. Hozirda kafedrada 19 nafar professor – î‘qituvchilar faoliyat kî‘rsatib kelmoqda. Shulardan 5 nafari î‘rindosh bî‘lib, kafedraning umumiy ilmiy salohiyati 47 % foizni tashkil qiladi.

“Umumiy psixologiya” kafedrasi

16 iyul 2013 yil

Fakultet jamoasi

12 sentabr 2015 yil

1999 yil 26 avgustdagi Universitet ilmiy kengashining qarori bilan fakultet tashkil etilgan. Uning birinchi dekani etib ps.f.n. N.S.Safoev tayinlangan.

Defektologiya ta`lim yo`nalishi

13 sentabr 2016 yil

Nizomiy nomli Toshkent Davlat pedagogika universiteti qoshidagi Defektologiya fakulteti respublikamizda rivojlanishida nuqsoni bî‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchi kadrlarni tayyorlaydigan yagona fakultet hisoblanadi.

Fakultet yangiliklari

14 noyabr 2015 yil

I.A.Karimovning porloq xotirasiga bag’ishlab tadbir o'tkazildi.

1 fevral 2017 yil

2017-yil 30-yanvar kuni Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universiteti, “Pedagogika” fakultetida O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning tavallud kuni munosabati bilan uning porloq xotirasiga bag’ishlangan tadbir tashkil etildi.

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


  • Pedagogikadan savol

    O`quv materialini tanlashda qaysi printsipga rioya qilinadi?

    Javob: O`quv materialini soddadan-murakkabga tomon rivojlantirib borish

So`nggi yangiliklar

Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-24 05:01:56