Foydali manbalar













OTM web-reytingi

Pedagogika

Pedagogika fakulteti 1999 yilda tashkil etilgan. 2016 yilda uni tarkibiga Defektologiya fakulteti qo’shilgan bo’lib, endilikda Pedagogika fakul’teti deb nomlanmoqda.







Pedagogika fakulteti 1999 yilda tashkil etilgan. 2016 yilda uni tarkibiga Defektologiya fakulteti qo’shilgan bo’lib, endilikda Pedagogika fakul’teti deb nomlanmoqda.

2017-yildan fakultet dekani Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent L.Sh.Nurmuxammedova faoliyat yuritib kelmoqda.

L.Sh.Nurmuxammedova

Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Tel: 276-78-52

Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari mavjud:

5110900- Pedagogika va psixologiya yo‘nalishi

5111800- Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi:

5210200- Psixologiya (faoliyat turi bo’yicha)

5111900 - Defektologiya

Fakultet Pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim, defektologiya sohalarida akademik-litseylar, kasb-hunar kollejlari, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlab bermoqda.

Fakultetda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:

- Pedagogika va umimiy psixologiya

- Psixologiya kafedrasi;

- Maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi;

- Korreksion pedagogika kafedrasi;

- Maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi;

Fakultetda yuqori malakali pedagoglarni tayyorlashda 62 dan ziyod professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Shundan 5 nafar fan doktori professor, 32 nafar fan nomzodi, dotsent va katta o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar.

Fakultetni muvoffaqiyatli tamomlagan talabalarga pedagogika va psixologiya, maktabgacha ta’lim, psixolog konsultant, defektolog bakalavr darajalari beriladi. O’qishni davom ettirishni xohlaganlar shu yo’nalishlar bo’yicha magistratura mutaxasisligi bo’yicha tahsil olish imkoniyatiga egalar.

Fakultet talabalari universitetga qarashli 10-talabalar turar joyida istiqomat qilishari mumkin.

1997 yil 29 avgustda “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qaroriga asosan 1998 yil 24 fevralda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutiga “Pedagogika universiteti” maqomining berilishi “Maktabgacha tarbiya” fakulteti faoliyatida tub burilishi yasashga turtki bo‘ldi. Shu vaqtdan boshlab fakultet “Pedagogika va psixologiya” fakulteti sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi.

Bu yillarda fakultetda Xalq ta’limi tizimiga - inspektor metodist, pedagogika va psixologiya fani o‘qituvchilari tayyorlandi. Fakultet bitiruvchilari orasidan pedagogika fanlari doktori, professsor A.To‘raeva, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Temirova, pedagogika fanlari nomzodi, professor O.Hasanboeva, pedagogika fanlari nomzodi, professor K.Hoshimov, O‘zbekiston Milliy universiteti “Psixologiya” kafedrasining mudiri, psixologiya fanlari doktori, professsor E.G‘.G‘oziev, Chet tillar instituti (hozirgi O‘zDJTU) kafedra mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.Shojalilov, psixologiya fanlari doktori, professor G‘.B.Shoumarov, falsafa fanlari doktori, professor Z.R.Qodirova, pedagogika fanlari doktori, professor F.R.Qodirova, psixologiya fanlari doktori N.S.Safaev, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Sh.A.Dustmuxamedovalar yetishib chiqqan.

Hozirgi davrda fakultetda quyidagi yo‘nalishlar «Pedagogika psixologiya», «Maktabgacha ta’lim», «Psixologiya», «Defektologiya» sohalari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanmoqda.

6 yanvar 2018 yil, 41,088
Yuldasheva D.

Fakultet yangiliklari

2 iyun 2017 yil

Korreksion pedagogika kafedrasi

6 yanvar 2018 yil

Maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi

5 yanvar 2018 yil

“Psixologiya” kafedrasi

30 yanvar 2018 yil

«Maktabgacha ta’lim metodikasi» kafedrasi

2 iyun 2017 yil

“Pedagogika va umumiy psixologiya” kafedrasi

2 iyun 2017 yil


Elektron ta`lim resurslari


Bizning loyihalar


©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti .
Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating.
Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering