library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

3 fevral 2014 yil, 7,444
.

80 yillik yubileyni nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha universitet shtabi faoliyatidan

Ma`lumki, universitetning 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha universitet shtabi bir necha 2013 yilning dekabr oydan buyon faoliyat olib bormoqda.
2014 yilning yanvar oyidan universitetning har bir fakulteti qoshida 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha fakultet shtablari tashkil etildi.

Ma`lumki, universitetning 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha universitet shtabi bir necha 2013 yilning dekabr oydan buyon faoliyat olib bormoqda.

2014 yilning yanvar oyidan universitetning har bir fakulteti qoshida 80 yillik yubileyini nishonlashga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha fakultet shtablari tashkil etildi.

Fakultet shtabiga tajribali ustoz-pedagoglar raxbar etib tayinlandilar. Ular fakultet tarixi, jamiyat rivojidagi o’rni, ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar, fakultetda mehnat qilgan professor-o’qituvchilar haqidagi ma`lumotlarni to’plash, arxiv materiallari bilan

ishlash borasida yoshlarga Yetakchilik qilmoqdalar.

Universitet shtabi tomonidan bugunga qadar:

- ishchi guruhlarning vazifalari belgilab olindi;

- H.Homidiyning yubileyga bag’ishlangan “Nizomiy dilbandlari” 1-kitobi qo’lyozmasi tayyorlandi, universitet shtabi a`zolari tomonidan ko’rib chiqilib, fikr-mulohazalar bildirildi, hozirda nashrga tayyorlanmoqda;

- yubileyga bag’ishlangan 2-kitob “Ustozlar sabog’i –aql chirog’i” nomi ostida tayyorlanishi boshlandi hamda mazkur kitobga kiritiladigan nomzodlarga qo’yiladigan talabalar ishlab chiqildi;

- yubiley emblemasi tayyorlandi hamda universitet saytiga joylashtirildi;

- media maxsulotlarini tayyorlovchi guruh tomonidan faxriy professorlarimiz bilan suhbatlashish hamda video tasmaga joylashtirish borasidagi ishlar yo’lga qo’yildi.

31 yanvar kuni o’tkazilgan universitet yubiley shtabida CHet tillar hamda tarix fakultetlarining shtabi tomonidan olib borilayotgan ishlar taqdimot qilindi.

Jonkuyar ustoz, professor Jamol Jalolovich Jalolov rahbarligida fakultet shtabi tomonidan qisqa vaqt ichida keng ko’lamdagi ishlar amalga oshirilgan. Kafedralar kesimida kafedra tarixi, unda faoliyat olib borgan professor-o’qituvchilar, olib borilgan ilmiy izlanishlar, ma`naviy-ma`rifiy ishlar, kafedralarning respublika va xalqaro doiradagi hamkorlik faoliyati, fakultetning mamlakatimizda pedagog kadrlarni tayyorlab berish hamda chet tillarning o’qitilishini takomillashtirishdagi xizmatlari, yaratilgan ilmiy asarlar va darsliklar to’g’risida boy material to’plangan va tizimlashtirilgan.

Mamlakatimizda chet tili o’qitish tizimini takomillashtirish borasida uzluksiz va sermahsul ilmiy faoliyat olib borayotgan ustoz-pedagog, professor J.Jalolovich chet tillar fakultetini tashkil etgan, uning tamal toshini qo’ygan pedagoglar, fidoyi insonlar bilan birga mehnat qilganlar va ularni yaxshi biladilar.

Shu bois, fakultet tarixining mukammal yozilishi, uning universitet tarixida tutgan o’rni nechog’li muhim ekanligiga fakultet tarixiga oid kitobni o’qigach yana bir karra amin bo’lishimiz shubhasiz.

Tarix kafedrasi mudiri Z.Ilxomov tomonidan tayyorlangan taqdimot xronologik tarzda tayyorlanganligi hamda arxiv materiallaridan keng foydalanilganligi bilan alohida e`tiborga molik bo’ldi. Universitet bilan bir vaqtda tashkil topgan Tarix kafedrasi haqidagi materiallarni kuzatib boring...

3 fevral 2014 yil, O`qilgan:7444



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar