library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

Oliy ta`limdan keyingi ta`lim

22 aprel 2017 yil, 9,982
Abdullayeva B.S.

Oliy ta`limdan keyingi ta`lim

Biriktirilgan fayllar:

1 Nizomlar ДОКТОРАНТУРА.pdf

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan asosiy o‘zgarishlar

Birinchidan, qabul MUDDATI o‘zgardi:

• endi oliy ukuv yurtidan keyingi ta’lim tizimiga qabul endi 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha (ilgari 15 oktyabrdan 15 noyabrgacha) bo‘ladi.

Ikkinchidan, kunduzgi tayanch doktorantura va doktoranturaga KIRISh uchun talablarga oid o‘zgarishlar:

• magistr diplomiga ega bo‘lishi shart;

• Ph.d ga talabgor 1 ta ilmiy maqola va ilmiy 2 ta tezis, Doctor of science ga

talabgor 3 ta ilmiy 2 ta tezis bo‘lishi shart;

• staj bo‘yicha talab nazarda tutilmagan.

Ya’ni ikki yillik ilmiy-pedagogik staj talab etilmaydi;

• Ph.d ga talabgor faqat mutaxasislik va chet tilidan imtihon topshiradi (ilgari 4 ta fandan topshirilar edi: 1) O‘zbekiston tarixi; 2) Chet tili; 3) ixtisoslik fani bo‘yicha; 4) ilmiy ijod metodologiyasi);

• layoqat testini topshirish umuman bekor qilingan.

Uchinchidan, MAQOM yuzasidan quyidagi o‘zgarishlar:

• qarorga asosan, endi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda tahsil oluvchilar va OTM, ITMlar o‘rtasida mehnat munosabatlari (mehnat shartnomasi tuzilmaydi) bekor qilingan;

• tayanch doktorantura, doktoranturada tahsil oluvchilar maosh emas, stipendiya oladilar.

To‘rtinchidan, MAOSh yuzasidan o‘zgarishlar:

• tayanch doktoronturada stajer-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy mikdoriga teng stipendiya beriladi;

• doktoranturada tahsil oluvchilarga fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo‘lmagan) katta ilmiy ilmiy xodim lavozim maoshiga teng stipendiya to‘lanadi;

• Soliq kodeksining 179-moddasi (jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari) ning 23-bandiga asosan qonun xujjatlarida davlat stipendiyalari uchun belgilangan miqdorlarda ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan to‘lanadigan stipendiyalarga soliq solinmaydi.

Beshinchidan, FAOLIYAT yuzasidan o‘zgarishlar:

• 300 soatlik pedagogik yuklama (haftalik yuklamalar ham) umuman nazarda

tutilmagan va bu qo‘shimcha sansalorlikning oldini olishga xizmat qiladi,

dissertatsiyaga asosiy e’tiborni qaratishga sabab bo‘ladi.

Oltinchidan, MALAKA IMTIHONLARI yuzasidan o‘zgarishlar:

• Ph.D tayanch doktoranturada ixtisoslik va chet tili bo‘yicha malaka imtihoni

topshiriladi. Ilgari 4 ta edi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi, I.A.Karimov asarlari asosidagi imtihonlar bekor qilindi;

• monografiya chop etilish talab etilmaydi;

• DSc doktoranturada malaka imtihonlari nazarda tutilmagan, lekin ijtimoiy gumanitar fanlar bo‘yicha monografiya chop etilishi shart. Yettinchidan, MAQOLALAR yuzasidan o‘zgarishlar:

• Ph.D tayanch doktoronturada dissertatsiya himoyasiga qadar OAK ilmiy jurnallarida kamida 3 ta (shu jumladan bittasi xorijda);

• DSc doktoranturada dissertatsiya x,imoyasiga k,adar OAK ilmiy jurnallarida kamida 10 ta (shu jumladan bittasi xorijda) ilmiy maqolasi chop etilgan bo‘lishi shart.

22 aprel 2017 yil, O`qilgan :9982



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Katta ilmiy xodim-izlanuvchilar