XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

O‘quv metodik boshqarma

19 may 2017 yil, 12,948
.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 maydagi “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153-son qaroriga binoan universitet yangi tuzilmasi ko‘ra 8 ta fakultet, 33 ta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Universitet Kengashining 2016 yil 29 avgustdagi 1-sonli yig‘ilishi qarori bilan 2016-2017 o‘quv yili uchun bakalavriatning 1-kurslari uchun 23 nomda, 2-kurslari uchun 26 nomda, 3-, 4-kurslari uchun 27 nomda hamda magistratura mutaxassisliklarining 1-kurslari uchun 24 nomda 2-kurslari uchun 22 nomda ishchi o‘quv rejalari, 2016-2017 o‘quv yili o‘quv jarayoni grafigi tasdiqlandi.

Shunindek, mazkur qaror bilan baklavriatning 1-kurslari uchun 23 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 170 ta, 2-kurslari uchun 26 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 176 ta, 3-kurslar uchun 27 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 256 ta va 4 kurslari uchun 27 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 221 ta ishchi o‘quv fan dasturlari, jami 823 ta ishchi o‘quv fan dasturlari tasdiqlandi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 103 nomdagi ishchi o‘quv rejalar, 823 nomdagi ishchi fan dasturlari, magistratura mutaxassisliklari uchun 46 nomdagi ishchi o‘quv rejalar, 375 nomdagi ishchi an dasturlari tayyorlandi va tasdiqlandi.

2. O‘quv jarayonini tashkil etish:

2016-2017 o‘quv yilida 224 ta akademik guruh shakllantirildi va akademik jurnallar bilan to‘liq ta’minlandi.

2016-2017 o‘quv yilida 862 nafar nafar abiturient 1-kursga 23 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, 70 nafar magistrant 24 ta magistratura mutaxassisliklariga qabul qilindi. 1-kursga qabul qilingan barcha talabalar talabalik guvohnomasi va reyting daftarchalari rasmiylashtirildi va taqdim qilindi.

Hozirda universitetda 3999 nafar talaba va 191 nafar magistrant tahsil olishmoqda (jami 4190 nafar).

3. 2016-2017 o‘quv yili 1-yarim yilligi uchun ta’lim yo‘nalishlari kesimida smenalar grafigi ishlab chiqildi va tasdiqlandi, ya’ni:

• fizika-matematika fakulteti 1-2-3-kurslari 1-smenada, 4-kurslari 2-smenada;

• kasb ta’lim fakulteti barcha kurslari 1-smenada;

• tabiiy fanlar fakulteti 1-2-3-kurslari 1-smenada, 4-kurslari 2-smenada;

• chet tillar fakultetda barcha kurslari 1-smenada;

• tarix fakultet barcha kurslari 1-smenada;

• pedagogika fakulteti 1-2-3-kurslari 1-smenada, 4-kurslari 2-smenada;

• boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakulteti 1-2-3-4-kurslari 1-smenada, faqat boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish ta’lim yo‘nalishi 3-4 (rus guruhlari) 2-smenada;

• Chaqiriqqacha harbiy ta’lim fakulteti 1-2-3-kurslari 1-smenada, 4-kurslari 2-smenada o‘qishlari tashkil etildi.

Fakultet va kafedralarning 2016-2017 o‘quv yiliga mo‘ljalangan kompleks yillik ish rejasi, professor-o‘qituvchilar shaxsiy ish rejasi, fakultet kengashining rejalari, 2016-2017 o‘quv yili 1-yarim yilligiga mo‘ljallangan dars jadvallari, ON va YaN jadvallari ishlab chiqildi va o‘rnatilgan tartibda tasdiqlandi.

Barcha fakultetlar dekantlarida “Talaba shaxsiy varaqasi”, “Talaba o‘quv varaqasi” asosida talabalar to‘g‘risida ma’lumotlar banklari yaratildi.

“Guruh jurnali”, “Professor-o‘qituvchilar shaxsiy rejasi”, “Talabalik guvohnomasi”, “Malakaviy amaliyot jurnali” va “Talabalar amaliyot kundaligi”, “Reyting daftarchasi”lar bilan to‘liq ta’minlandi.

4. O‘quv jarayonining doimiy nazorat qilib borilishi (Talabalar davomati, fanlari o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari.baxolanish mezonlari va boshqalar);

Universitet bo‘yicha talabalar davomati o‘rtacha 97.7 % ni tashkil qildi. Jumladan, Fizika-matematika fakultetida 97.3%, Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat fakultetida 97.6%, Tabiiy fanlar fakultetida 97.8%, Pedagogika, psixologiya va defektologiya fakultetida 97.1%, Chet tillar fakultetida 98%, Tarix fakultetida 98.8%, Kasb ta’limi fakultetida 97.9%ni tashkil qildi.

Fakultetlar kesimida uzrli sabablarsiz 36 soat undan ko‘p dars qoldirgan talabalarga universitet rektorining buyrug‘i bilan intizomiy jazo (xayfsan) buyruqlari e’lon qilindi. Jumladan, 302 nafar talabaga “xayfsan” berildi, 24 nafar talabaga “Akademik ta’til” chiqarildi, 22 nafar talaba “Talabalar safidan chetlashtirildi”.

Akademik guruhlar jurnallari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 31 martdagi 114-sonli buyrug‘i bilan joriy etilgan shakl asosida qo‘llanib kelmoqda.

5. O‘quv yuklamalari va shtatlar taqsimoti:

2016-2017 o‘quv yili uchun o‘quv yuklamalari 363.994 soatni tashkil etdi, shulardan 65.372 soat ma’ruza, 106.556 soat amaliy mashg‘ulot, 45.551 soat seminar mashg‘uloti, 30.621 soat reyting, 2.426 soat konsultatsiya, 6.896 soat kurs ishi, 25.934 soat BMI, 3.059 (qo‘shimcha 2000 soat DAK raislariga) soat DAK, 43.715 soat malakaviy amaliyot (o‘quv amaliyoti, pedagogik amaliyot, IPI. ITI)ni tashkil etadi.

2016-2017 o‘quv yilida 374.75 shtat birligida jami 472 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Ulardan, 26,75 shtat birligida professor, 109.25 shtat birligida dotsent, 120.75 shtat birligida katta o‘qituvchi, 118 shtat birligida o‘qituvchi lavozimlarida faoliyat yuritmoqda.

6. Professor-o‘qituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb qilish holati:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2015 yil 12 iyundagi PF-4732-sonli farmoni bo‘yicha 2016 yil oktyabr-dekabr oylarida 50 nafar professor-o‘qituvchilar kurslarda o‘qishdi va 43 nafari kurslarni muvaffaqiyatli tugatib malaka attestatiga ega bo‘ldilar.

Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilarining 2017 yil uchun QT va MO rejalari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 11 noyabrdagi 87-02-432-sonli modemnomasiga ko‘ra universitet rektorining 2016 yil 30 dekabrdagi 665-u sonli buyrug‘i bilan 2017 yil QT va MO rejalari tasdiqlandi.

2017 yilda 179 nafar professor-o‘qituvchilar kurslarga jalb qilinadi.

2017 yil yanvar-fevral oylarida 26 nafar pedagog va rahbar kadrlar kurslarda o‘z malakalarini oshirmoqdalar. 2016 yilda QT va MO kurslarini turli sabablarga ko‘ra muvaffaqqiyatli tugata olmagan 7 nafar pedagog kadrlar 2017 yilda qayta o‘z hisobidan kurslarda o‘qishlari rejalashtirilgan.

7. Malakaviy pedagogik amaliyot:

2016-2017 o‘quv yilining 1-yarim yilligida (2016 yil 4 sentyabrdan 2016 yil 17 noyargacha) 13 ta ta’lim yo‘nalishidan 469 nafar talaba malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashdi. Barcha talabalar MPA kundaligi, dasturlari bilan, MPA rahbarlari esa MPA jurnallari, dasturlari bilan to‘liq ta’minlangan holda MPAga chiqarildi.

Toshkent shahrida joylashgan 38 ta ta’lim muassasalarida, 9 ta AL, 11 ta KHK, 8 ta umumiy o‘rta ta’lim maktablari, 4 ta MMTMlarda malakaviy pedagogik amaliyot o‘tashdi.

Shuningdek, “Boshlang‘ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishidan 24 nafar talabaga, “Geografiya o‘qitish metodikasi” ta’lim yo‘nalishidan 1 nafar talabaga o‘zlari o‘rindoshlik asosida faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasida MPA o‘tashi uchun shartnomalar rasmiylashtirildi va o‘sha ta’lim muassasasida MPA o‘tashdi.

8. MD va BMIni bajarilishi:

2016-2017 o‘quv yilida 1052 nafar talaba 27 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriatni hamda 122 nafar magistrant 22 ta mutaxassislik bo‘yicha magistraturani bitiradi. Shundan, 627 nafar talaba BMI yozishmoqda, 425 nafar talaba DA topshirishadi. 122 nafar magistrantlarning barchasi MD himoya qilishadi.

19 may 2017 yil, O`qilgan :12948

Bitiruv malakaviy ishlari

20 may 2017 yil

Bitiruv malakaviy ishlari

O`quv jarayoni jadvali

10 dekabr 2014 yil

Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligining 14.11.2014 yil №87-04-1754 modemnomasi asosida О‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari tо‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlarda mustahkamlab qо‘yilgan saylov huquqlarini doimiy istiqomat joylarda amalaga oshirilishiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida - universitet talabalarining qishki ta’til muddati joriy yilning 19 dekabridan 2015 yilning 3 yanvariga qadar kо‘chirildi. Ushbu modemnomaga asosan o`zgargan jadval.

Ishchi o`quv rejalar

18 sentabr 2015 yil

Ishchi o`quv rejalar 1 kurslar uchun
5110400-Biologiya o`qitish metodikasi
5111600-Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi
5110600-Tarix o`qitish metodikasi
5111400-Xorijiy til va adabiyoti(Ingliz tili va adabiyoti)
5111500-Chariqqacha harbiy ta`lim

Malaka oshirish

18 may 2017 yil

Professor-o‘qituvchilarni malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslariga jalb qilish holati

Ishchi dasturlar soni

19 may 2017 yil

Universitet Kengashining 2016 yil 29 avgustdagi 1-sonli yig‘ilishi qarori bilan 2016-2017 o‘quv yili uchun bakalavriatning 1-kurslari uchun 23 nomda, 2-kurslari uchun 26 nomda, 3-, 4-kurslari uchun 27 nomda hamda magistratura mutaxassisliklarining 1-kurslari uchun 24 nomda 2-kurslari uchun 22 nomda ishchi o‘quv rejalari, 2016-2017 o‘quv yili o‘quv jarayoni grafigi tasdiqlandi.

Reyting tizimi to’g’risida nizom

20 may 2017 yil

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta`lim to’g’risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi qonunlariga hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-son “Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to’g’risida” qaroriga muvofiq oliy ta`lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimini tartibga soladi.

O`quv me`yoriy hujjatlar

Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin

Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

Bizning loyihalar

Bo`limlar