XTQTXMOM     library     Majmua     eDarslik     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalarga     Kirish          

Ma`naviyat va ma`rifat bo`limi

3 noyabr 2015 yil, 15,237
.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy g’oya va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzoq muddati, keng ko’lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.



Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy g’oya va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzoq muddati, keng ko’lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet ichki buyruqlari hamda bo’limning nizomiga binoan faoliyat ko’rsatadi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining maqsad va vazifalari

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining asosiy maqsadi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasiga tayanib, talaba-yoshlar ongini va qalbini mustabit o’tmish asoratlari-ma’naviy mutelik va qo’rquv, mustaqil fikrsiz, ko’r-ko’rona sajdabozlik, g’oyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan forig’ etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos ko’nikmalar bilan qurollantirish, ayni paytda mustaqilligimiz, taraqqiyotimizga tahdid soluvchi tashqi va ichki g’animlarning turli niqobdagi g’arazli niyatlaridan o’z vaqtida ogohlantirib va muhofaza etib, har bir talaba-yoshda o’z irodasiga, xalqning kuch-qudratiga, Vatanning yorqin kelajagiga komil ishonch, sobit imon tuyg’usini kamol toptirishdan iborat.

Har bir talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash orqali kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari tamoyilini muntazam targ’ib va tashviq etish Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining bosh vazifasidir.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi o’z faoliyatining samaradorligiga erishish uchun:

- universitet talabalarni milliy g’oyaga sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;

- barcha fakultetlarda ma’naviy-ruhiy muhitning ahvolini, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash;

- ma’rifiy-targ’ibot ishlarini shaklan va mazmunan uyg’unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta’minlash, ya’ni, ma’ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferentsiyalar o’tkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yo’li bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini professor-o’qituvchilar va talabalarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilish ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”, - deb ta’kidlanadi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti (instituti)ning 80 yillik tarixi davomida talaba-yoshlarni ma’naviy jihatdan yetuk shaxslar etib tarbiyalash, ularda uch ming yillik tarixga ega bo‘lgan buyuk millatning bugungi yoshlari ekanligidan g‘ururlanish, ko‘p millatli o‘zbek xalqining tili, dini, madaniyati, urf-odatlariga xurmat bilan qarash hamda ona Vatanga sodiq farzand sifatida yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shish ishiga kamarbasta bo‘lish hissini shakllantirish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan hamda universitet jamoasi orasida sog‘lom muhitni shakllantirish, tarbiyaviy ishlar sifati va samaradorligini oshirish, talabalarning bo‘sh vaqtlarini namunali o‘tkazish, turli to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ular o‘rtasida sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etish, turli tanlovlar o‘tkazish an’anaga aylangan.¬

O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Shu bois, universitet pedagogik jamoasining bosh vazifasi sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini uyg‘un holda olib borish, yoshlar ma’naviyatini shakllantirish, ma’naviy-axloqiy tarbiya sohasidagi ishlarni takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Universitetda ma’naviy-ma’rifiy sohada quyidagi yo‘nalishlarda:

- talaba-yoshlarni siyosiy-huquqiy, iqtisodiy, ekologik, ma’naviy-axloqiy, mafkuraviy, badiiy-estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalash, sog‘lom turmush madaniyatini rivojlantirish va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish;

- ularda kasb madaniyatini tarkib toptirish;

- jamoada umumiy va pedagogik madaniyatni oshirish, ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish;

- O‘zbekiston mustaqilligi prinsiplariga sadoqatli hamda jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga qodir shaxsni shakllantirish ¬borasida ta’lim muassasalari, ota-onalar, ¬mahallalar, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlarning metodik ta’minoti, gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlarning o‘quv-uslubiy asosini takomillashtirish;

- ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar malakasini oshirish va ularning faoliyatini takomillashtirish;

- milliy qadriyatlar va an’analar, ajdodlarimizning boy madaniy merosini targ‘ib etish, milliy bayramlar, tarixiy sanalar, buyuk ajdodlarimiz tavallud kunlarini nishonlash;

- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar turar joylarida yashovchi hamda ijarada turuvchi talabalar bilan ma’na¬viy-ma’rifiy tarbiyaviy ishlarni olib borish;

- ommaviy axborot vositalarida targ‘ibot-tashviqot ishlari bilan bog‘liq boshqa ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Universitetda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga keng imkoniyatlar yaratish, ularning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, turli ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, universitetda sog‘lom ma’naviy muhitning barqarorligini ta’minlashda “Ma’naviyat kuni” tadbirlarining o‘rni va ahamiyati ortib bormoqda. “Ma’naviyat kuni” tadbirlari doirasida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va tarbiyaviy tadbirlar hamda targ‘ibot-¬tashviqot ishlari, teatrlar, muzeylar, tarixiy maskanlar va muqaddas qadamjolar, tabiat maskanlariga tashrif, mustaqillik davrida bunyod etilgan inshootlar va diqqatga sazovor joylarga sayohat, turli tashkilotlar bilan ma’naviy sohada hamkorlik tadbirlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Shuningdek, “Ma’naviyat kuni” tadbirlarida universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining mustaqillik inshootlari: Mustaqillik maydoni, Baxtiyor ona haykali, Ezgulik arkasi, Motamsaro ona haykali, Vatanga qasamyod haykali, Qatag‘on qurbonlari majmuasi, madaniyat maskanlari: teatr (Muqimiy nomidagi ¬musiqali drama teatri, O‘zbek milliy akademik teatri, Alisher Navoiy nomidagi katta teatr, O‘zbek davlat drama teatri)larga, muzey ¬(“Temuriylar tarixi davlat muzeyi”, “O‘zbekiston xalqlari tarixi muzeyi”, “San’at”, “Olimpiya shon-shuhrati” muzeylari)ga, tasviriy san’at va ijodiy ishlar ko‘rgazmalariga hamda yurtimizning muqaddas qadamjolariga tashriflariga katta ahamiyat qaratilmoqda.

Shu bilan birga, universitet jamoasi mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy bayramlari ¬Mustaqillik bayrami, Navro‘z bayrami, ¬O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali tadbirlarda munosib ishtirok etib kelmoqda.

3 noyabr 2015 yil, O`qilgan :15237

DIQQAT! “ZUKKO KITOBXON” INTELLEKTUAL О‘YINIGA TAYYORLANING

20 iyun 2017 yil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ham 2017-2018 о‘quv yili davomida “Zukko kitobxon” intellektual о‘yinining tashkil etilishi va о‘tkazilishi kо‘zda tutiladi.

MA’NAVIYAT

29 aprel 2017 yil

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi

23 oktyabr 2015 yil

Сотрудничество студентов 301 руснац с махаллей

23 sentabr 2015 yil

17 сентября в махалле «Дамарык» Яккасарайского района было проведено мероприятие, посвященное экологическим проблемам и их законодательному урегулированию.

Порядок пользования мобильными телефонами

17 noyabr 2015 yil

ПоложениЯ ТГПУ имени Низами

“Об этических правилах”, “О порядке использования мобильных телефонов”

и “О культуре одежды”

DIQQAT! “ZUKKO KITOBXON” INTELLEKTUAL О‘YINIGA TAYYORLANING

20 iyun 2017 yil

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ham 2017-2018 о‘quv yili davomida “Zukko kitobxon” intellektual о‘yinining tashkil etilishi va о‘tkazilishi kо‘zda tutiladi.

MA’NAVIYAT

29 aprel 2017 yil

“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturi

23 oktyabr 2015 yil

Сотрудничество студентов 301 руснац с махаллей

23 sentabr 2015 yil

17 сентября в махалле «Дамарык» Яккасарайского района было проведено мероприятие, посвященное экологическим проблемам и их законодательному урегулированию.

Порядок пользования мобильными телефонами

17 noyabr 2015 yil

ПоложениЯ ТГПУ имени Низами

“Об этических правилах”, “О порядке использования мобильных телефонов”

и “О культуре одежды”



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :


Bizning loyihalar

        

Bo`limlar