library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

14 mart 2014 yil, 10,012
.

Malakaviy pedagogik amaliyot va bitiruv malakaviy ishlar bo’yicha tajriba – sinov ishlarining borishi taxlil qilindi

Nizomiy nomidagi TDPU “Geografiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasida kafedra professor-o’qituvchilari va 4-kurs «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» ta`lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalari bilan malakaviy pedagogik amaliyotning borishi va BMIlarining bajarilishi 12.03.14 kuni muxokama qilindi.



Nizomiy nomidagi TDPU “Geografiya va uni o’qitish metodikasi” kafedrasida kafedra professor-o’qituvchilari va 4-kurs «Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari» ta`lim yo’nalishi bitiruvchi kurs talabalari bilan malakaviy pedagogik amaliyotning borishi va BMIlarining bajarilishi 12.03.14 kuni muxokama qilindi. Unda asosiy e`tibor pedagogik amaliyot davomida talabalarning BMI yuzasidan amalga oshirilayotgan tajriba – sinov ishlarining borishi, ularni o’tkazish bo’yicha metodistlar va talabalarning hisoboti tinglandi. Ilmiy rahbarlar tomonidan berilgan topshiriqlarning bajarilishi, BMIlarning amalga oshirilish holati tahlil qilindi.

Talabalardan SH.Murotova, G.Sharipova, S.Begimqulov, M.Maxkamboyeva, X.Yakubov, SH.Xabibullayev, B.Boymatov, SH.Vaxobova, J.Madjitova, A.Xalyorov, N.Yakubovlar pedagogik amaliyot davomida o’zlariga biriktirilgan sinf o’quvchilari bilan “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi”, “O’zbekiston tabiiy geografiyasi”, “O’rta Osiyo tabiiy geografiyasi”, “O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi”, “Jahon ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi” fanlari bo’yicha tajriba-sinov ishlarini olib borilayotganligi va ularning natijalari to’g’risida ma`lumotlar berildi. Tajriba-sinov ishlarini o’tkazish, BMIlarni dastlabki himoyasiga tayyorgarlik bo’yicha prof. P.Baratov, kafedra mudiri N.Alimqulov, dots. A.Xojimatov, A.Nizomov, katta o’qituvchilar M.Abdullayeva, F.Saydamatov, M.Nurmatov, N.Sultonova, A.Nugmanovalar tomonidan kerakli ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

14 mart 2014 yil, O`qilgan:10012



Xabar qoldirish

Agar Sizda universitetimiz faoliyati bo`yicha masalalar/muammolar,
ariza, shikoyat yoki takliflar bo`lsa
virtual qabulxona
orqali qoldirishingiz mumkin

Ushbu sahifa bo`yicha fikringizni esa quyida qoldirishingiz mumkin



Ismi sharifingiz:

E-mail:

Fikringiz :
Ximoya kodini kiriting :

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi TTYMI qoshidagi Mirobod akademik litseyida ochiq dars mashg’ulotlari o’tkazdi

25 mart 2016 yil

O’zbek tili va adabiyoti fakulteti 403-guruh talabasi Obidjonova Ma’suma tomonidan TTYMI qoshidagi Mirobod akademik litseyidaochiq dars mashg’uloti o’tkazildi


Bizning loyihalar