Foydali manbalar













OTM web-reytingi

"Xotin qizlar huquqlari qonun himoyasida" mavzuidagi seminar

2013 yil 26 mart kuni soat 15:00 da Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O`zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan "Xotin qizlar huquqlari - qonun himoyasida" mavzuida tadbir tashkil etildi.






2013 yil 26 mart kuni soat 15:00 da Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida O`zbekiston "Adolat" SDP Toshkent shahar Kengashi tomonidan "Xotin qizlar huquqlari - qonun himoyasida" mavzuida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, oiygohning professor-o`qituvchilari va talabalari, partiya faollari hamda ommaviy axborot vositalari ishtirok etdi.

Tadbirdan ko`zlangan maqsad, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy modernizatsiya jarayonlari va fuqarolik jamiyati pozitsiyalarining mustahkamlanib borishida xotin-qizlar huquq va manfaatlarini ifodalash va himoya qilishning zamonaviy mexanizmlari yaratilayotgani, ushbu yo`nalishdagi me`yoriy huquqiy bazani yanada takomillashtirish va ayollarning mamlakat ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotidagi amaliy ishtirokini yanada kuchaytirish va ularning huquqiy madaniyatini yanada oshirish borasida olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlar bilan tanishtirishdir.

Tadbirni kirish so`zi bilan ochgan Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori D.U.Ergashev mazkur tadbirning mohiyati haqida gapirar ekan, bugun mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlariga bo`lgan e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarilgani va ularning ijtimoiy-siyosiy madaniyati hamda huquqiy layoqatini oshirish borasida istiqlolning dastlabki yillaridan izchil va tadrijiy islohotlar amalga oshirilayotganligi, ijtimoiy yo`nalishda olib borilayotgan sa`y-harakatlar zamirida xotin-qizlar, ona-bola masalalari markaziy bo`g`inni egallab kelayotganligini ta`kidladi.

15 aprel 2013 yil, 10,330
.


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)