|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


XXI asrda pedagog kadrlarga bolgan talablarni togri tushunamiz va barcha harakatlarimizni uning eng ilgor jihatlarini ma`naviy qadriyat sifatida saqlab qolishga, uni davrga mos ravishda takomillashtirishga tayyormiz.



Universitet rektori
Pedagogika fanlari doktori
Sharipov Shavkat Safarovich


Bog`lanish uchun
Telefon: 276-79-11
Email: rektor@tdpu.uz


Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti respublikamizdagi yirik ilmiy-ma`rifiy markazlardan biri bolib, oz boy tarixi va shakllangan ijobiy an`analariga ega. Universitetning yuqori malakali ilmiy-pedagoglar jamoasi talabalarga sifatli bilimlar berishmoqda. Oquv binolari, laboratoriyalar, axborot resurs markazi, elektron biblioteka, axborot texnologiyalari markazi, tipografiya, sport kompleksi, muzey, malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari, oquv-soglomlashtirish lageri, talabalar turar joylari va oshxonalar talabalar va professor-oqituvchilar ixtiyorida.


Universitet tarixidan


Nizomiy nomidagi TDPI 1935 yilda tashkil etilgan bolib, 1998 yilda unga universitet maqomi berildi va kasb-hunar ta`limi tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlovchi tayanch oliy oquv yurti deb belgilandi.
Tashkil etilgan dastlabki yillardanoq u mintaqamizdagi yirik fan va ta`lim markaziga aylandi. Bu dargohda koplab ilmiy yonalishlar va ilmiy maktablar shakllandi. Otgan davr ichida mazkur ta`lim maskanida 200 mingdan ziyod ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlandi. Bitiruvchilar orasidan YA.Gulomov, SH.Abdullayev, Z.Nuriddinov, Xamid Gulom, Shuhrat, Mirmuhsin, Shukrullo, Zulfiya, Said Axmad, R.Choriyev kabi koplab fan va davlat arboblari, san`at va adabiyot namoyondalarining Yetishib chiqqanligi alohida e`tiborga loyiqdir.
TDPI va uning fakultetlari chet tillar, jismoniy tarbiya, rus tili va adabiyoti, madaniyat institutlarining tashkil etilishida tayanch ta`lim muassasasi sifatida xizmat qildi.


Universitet bugun


Hozirda universitetda 8 ta fakultet va 32 ta kafedra mavjud bolib, bakalavriatning 31 ta yonalishi va magistraturaning 29 ta yonalishi boyicha mutaxassislar hamda KIXIIning 10 ta ilmiy yonalishi boyicha fan doktorlari tayyorlanmoqda, oliy ta`lim va kasb-hunar ta`limi tizimlari uchun malaka oshirish va qayta tayyorlash markazlari faoliyat korsatmoqda. Mazkur mutaxassisliklar boyicha 4000 da ortiq ga yaqin talabalar va tinglovchilar tahsil oladilar. Bu jarayonda zamonaviy pedagogik ta`limning koplab sohalari qamrab olingan.
Universitetda faoliyat korsatayotgan 450 dan ortiq professor-oqituvchilarning 55 nafari fan doktorlari, 265 nafari esa fan nomzodlaridir. Ular tomonidan DITD doirasidagi 21 ta loyiha va 1 ta xalqaro TEMPUS loyihasi bajarilmoqda. Talabalarimizdan 1 nafari Ozbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohibi, 4 nafari nomli Davlat stipendiyalari sohiblari, 13 nafari esa respublika fan olimpiadasi goliblari hisoblanadi.
Universitet yosh olimlar kengashining faoliyati iqtidorli yoshlarni topish, ularning salohiyatini rivojlantirish va kelgusida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Hozirda fan va ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlarning ijrosini ta`minlashga qaratilgan tizimli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu tadbirlar professor oqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar va talabalarning ilmiy ijodiy faolligini oshirishga, ta`lim mazmunini kotarishga qaratilgan bolib ilmiy seminarlar va konferentsiyalar faoliyatini tubdan yaxshilash,ilmiy loyihalarning sifatli bajarilishiga erishishni nazarda tutadi.



Universitetning istiqbol rejasi haqida


Universitet uzluksiz ta`lim tizimidagi islohotlarning faol ijrochisi bolibgina qolmay, respublikadagi pedagogik ta`lim va ilm sohasida Yetakchilik rolini bajarmoqda. Universitet huzurida fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash faoliyat korsatmoqda.
Universitetda fan va ta`limni rivojlantirishga qaratilgan ba`zi tadbirlarni korsatib otamiz:
- Universitetda fan, ta`lim va ishlab chiqarish integratsiyasiga erishish, ilmiy faoliyat infrastrukturasini rivojlantirish;
- Universitet reytingini kotarish boyicha tizimli tadbirlarni amalga oshirish;
- Davlat maqsadli dasturlari va ilmiy loyihalar bajarish tizimini rivojlantirish;
- Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xorijiy loyihalar bajarish;
- Magistratura ta`limini rivojlantirish.
- Professor-oqituvchilar va talabalarning chet tillarini mukammal ozlashtirishlari, ilgor axborot va kommunikatsion texnologiyalarni egallashlariga erishish.
  • Pedagogikadan savol

    Menejment bu

    Javob: Barcha javoblar to`g`ri.

So`nggi yangiliklar


Foydali manbalar









Bizning loyihalar