O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012 yil 28 maydagi PQ–1761-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Nizomiy nomidagi TDPU bazasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etilishiga amaliy yordam ko‘rsatish, ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik bo‘limi tashkil qilinib, uning faoliyati universitet Ilmiy Kengashi Qarori bilan tasdiqlangan “Nizom”, “Dastur” va universitetning “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ilmiy va amaliy o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish” istiqbol rejasi, yillik o‘quv rejalari asosida amalga oshirib kelinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 sentyabr “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-5313-son Farmonlarni ijrosini ta’minlash, ta’limni uzviylik va uzluksizligini amalga oshirishda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan amaliy va metodik yordam ko‘rsatish maqsadida hamkorlik ishlarini tashkil qiladi.
Universitet professor-o‘qituvchilarini maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarini yaratish bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlandi, tender g‘olibi sifatida aniqlangan mualliflar tomonidan adabiyotlarning muddatida yaratilishi uchun amaliy yordam ko‘rsatildi. 2016-2017 o‘quv yilida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan maktabgacha, umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o‘quv adabiyotlarning o‘z muddatida yaratilishi ta’minlandi. Jumladan, darslik-7 ta, o‘quv qo‘llanma-26 ta, uslubiy qo‘llanma-22 tani tashkil etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 martdagi “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2829-son qarori bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 11 apreldagi 206-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2017 yil 26 sentyabrdagi PQ-3290 Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son qarorlarini ijrosini ta’minlash maqsadida universitet akademik litseylaridagi ta’lim-tarbiya jarayonini mazmunini takomillashtirishga qaratilgan universitetning kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 18 apreldagi 87-02-1216 sonli modemnomasiga ko‘ra Toshkent pedagogika kolleji, Chilonzor pedagogika kolleji,Toshkent ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar kolleji, Nizomiy nomidagi TDPU qoshidagi akademik litsey biriktirilgan bo‘lib,ushbu modemnomani ijrosini ta’minlash maqsadida universitet rektorining 2017 yil 19 apreldagi 240-U buyrug‘i ishlab chiqilib, ularga amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish, universitetning professor-o‘qituvchilarini ilmiy-pedagogik salohiyati va tajribalaridan samarali foydalanib, o‘qitishning ilg‘or metodlarini ta’lim jarayoniga tadbiq etib, o‘quvchilarning ilm-fan va badiiy adabiyot o‘qishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish orqali davomatni yuqori ko‘rsatkichlari hamda ma’naviy – ma’rifiy tadbirlarning natijadorligi ta’minlash vazifalari belgilangan.Universitet professor-o‘qituvchilari belgilangan vazifalarn isitqi dildan bajarib kelmoqdalar.

Hamkorlikdagi akademik litsey o‘quvchilarini bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kasbga yo‘llash hamda abiturientlarni maqsadli tayyorlash ishlarini tashkil etish maqsadida universitet akademik litseyida “Abiturient shtabi” tuzilib, o‘quvchilarni OTMlarga maqsadli tayyorlash, ochiq eshiklar kuni va universitet haftaliklarini o‘tkazish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta’lim fanlari bo‘yicha Toshkent viloyati hamda Toshkent shahridagi umumiy o‘rta talim maktablari o‘qituvchilari uchun universitet professor –o‘qituvchilari, Respublika ta’lim markazi, Toshkent viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari hamkorligida “Mahorat maktablari” shakllantirilgan bo‘lib, Ilmiy-metodik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 42 nafar o‘qituvchi-trenerlardan iborat ishchi guruhi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Toshkent shahar va Respublikamizning barcha viloyat boshqarmalari bilan aloqa o‘rnatgan holda ta’lim muassasalarining ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash bo‘yicha ko‘rsatkichlar muntazam ravishda olib boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora – tadbirlar to‘g‘risida” 2012 yil 10 avgustdagi 242-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida universitet bazasida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan rejaga ko‘ra, Respublikamizning turli hududlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘qituvchilari uchun umuta’lim, pedagogika va psixologiya fanlaridan malaka oshirish hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari tashkil qilingan.











Foydali manbalar













OTM web-reytingi


Bizning loyihalar



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)