|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Kadrlar tayyorlash milliy dasturining asosiy g’oyasi uzluksiz ta’limning milliy modelini yaratish bo’lib, unga ko’ra yoshlarga o’z oilasidan uzilmagan holda ta’lim olish va kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lish uchun keng tanlovni taqdim etadigan, mutlaqo yangi ta’lim turi - o’rta maõsus, kasb-hunar ta’limi (O’MKHT) joriy etildi. Undagi mutaõassislik yo’nalishlarini mamlakat iqtisodiy rivojlanishi, hududlar infratuzilmasi va mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan tarzda yangilab borish nazarda tutilgan.

O’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy o’rta maõsus, kasb-hunar ta’limi uzluksiz ta’lim tizimidagi mustaqil tur hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq umumiy o’rta ta’lim negizida, akademik litsey yoki kasb-hunar kolleji ta’lim yo’nalishini iõtiyoriy tanlash asosida amalga oshiriladi.

Avvalgi ta’lim tizimida 11-sinf bitiruvchilari biror bir kasbni egallamaganligi, o’z imkoniyatlarini ishga solish, ijtimoiy moslashuv qobiliyatiga ega emasligi oqibatida mustaqil hayotini tashkil qilishga ojiz bo’lgan bo’lsa, hozirda o’rta maõsus, kasb-hunar ta’limini olgan yoshlar ijtimoiy himoyasi davlat tomonidan ta’minlanmoqda. O’g’il-qizlar bir yoki bir-necha kasbni egallagan holda mustaqil hayotga dadil, ishoch bilan qadam qo’yib, o’z tanlagan yo’nalishi bo’yicha tahsil olishni ta’limning navbatdagi bosqichida davom ettirish imkoniyatiga ham ega bo’lmoqdalar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarini shunday kadrlar bilan ta`minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida” 2012 yil 28 maydagi PQ–1761-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida Nizomiy nomidagi TDPU bazasida akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o’quv jarayonini zamon talablari darajasida tashkil etilishiga amaliy yordam ko’rsatish, ta`lim tizimida uzviylikni ta`minlash bo’yichaakademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan hamkorlik bo’limi tashkil qilinib, uning faoliyati universitet Ilmiy Kengashi Qarori bilan tasdiqlangan “Nizom”, “Dastur” va universitetning “Akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga ilmiy va amaliy o’quv-uslubiy yordam ko’rsatish” istiqbol rejasi, yillik o’quv rejalari asosida amalga oshirib kelinmoqda.

Universitet professor-o’qituvchilarini maktabgacha, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o’quv adabiyotlarini yaratish bo’yicha o’tkaziladigan tanlovlar to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlandi, tender g’olibi sifatida aniqlangan mualliflar tomonidan adabiyotlarning muddatida yaratilishi uchun amaliy yordam ko’rsatildi. 2014-2015 o’quv yilida universitet professor-o’qituvchilari tomonidan maktabgacha, umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun o’quv adabiyotlarning o’z muddatida yaratilishi ta’minlandi. Jumladan, darslik-7 ta, o’quv qo’llanma-16 ta, uslubiy qo’llanma-22 tani tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligining 2013 yil 22 iyundagi “O’rta maxsus, kasb-hunar ta`lim muassasalari pedagog kadrlari uchun ta`lim jarayoniga ilg’or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish” mavzusida ko’chma seminar-treninglar tashkil etildi. Universitetning 15 nafar professor-o’qituvchilari ushbu tadbirga jalb etilib faol ishtiroki ta`minlab kelinmoqda.
Hamkorlikdagi o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o’quvchilarini bakalavriat ta`lim yo’nalishlariga kasbga yo’llash hamda abituriyentlarni maqsadli tayyorlash ishlarini tashkil etish maqsadida universitet qoshidagi akademik litseyda “Abituriyent shtabi” tuzilib, abituriyentlarni OTMlarga maqsadli tayyorlash, ochiq eshiklar kuni va universitet haftaliklarini o’tkazish kabi ishlar amalga oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tashabbusi bilan umumiy o’rta ta`lim fanlari bo’yicha Toshkent viloyatining 22 ta tajribali maktablarida Respublika ta`lim markazi, Toshkent viloyati Davlat pedagogika instituti, Toshkent viloyati pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari hamkorligida “Mahorat maktablari” shakllantirildi. Ilmiy-metodik qo’llab-quvvatlash bo’yicha 42 nafar o’qituvchi-trenerlardan iborat ishchi guruhi tuzilgan.
Toshkent shahar va Respublikamizning barcha viloyat boshqarmalari bilan aloqa o’rnatgan holda ta`lim muassasalarining ta`lim yo’nalishlari bo’yicha pedagog kadrlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash bo’yicha ko’rsatkichlar muntazam ravishda olib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir chora – tadbirlar to’g’risida” 2012 yil 10 avgustdagi 242-son qarori ijrosini ta`minlash maqsadida universitet bazasida Oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi, O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi tomonidan tasdiqlangan rejaga ko’ra, Respublikamizning turli hududlaridano’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarining o’qituvchilari uchun umuta`lim, pedagogika va psixologiya fanlaridan malaka oshirish hamda pedagogik qayta tayyorlash kurslari tashkil qilingan.






Raxbariyat



Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari
bilan ishlash bo`yicha prorektor

Pedagogika fanlari nomzodi
Gulyamov Komiljon Maxmudovich
Bog`lanish uchun
Telefon: 255-6438
Email: gulyamov.komiljon@yandex.com
  • Pedagogikadan savol

    O`qitish usuli nima?

    Javob: O`qitish usuli – o`qitish metodini amalga oshirish jarayonida o`qituvchi va o`quvchining o`zaro hamkorlikda bajaradigan operatsiya

So`nggi yangiliklar


Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar