|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


MA`NAVIYAT - QALB KO`ZGUSIDIR



Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o’rtasida milliy g’oya va kadrlar tayyorlash milliy dasturiga tayangan holda milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug’lashga, jismonan sog’lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalashga yo’naltirilgan uzoq muddati, keng ko’lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va universitet ichki buyruqlari hamda bo’limning nizomiga binoan faoliyat ko’rsatadi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining maqsad va vazifalari

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining asosiy maqsadi «Jaholatga qarshi ma’rifat» g’oyasiga tayanib, talaba-yoshlar ongini va qalbini mustabit o’tmish asoratlari-ma’naviy mutelik va qo’rquv, mustaqil fikrsiz, ko’r-ko’rona sajdabozlik, g’oyaviy muvozanatsizlik singari illatlardan forig’ etish, hur tafakkur va erkin turmush tarziga xos ko’nikmalar bilan qurollantirish, ayni paytda mustaqilligimiz, taraqqiyotimizga tahdid soluvchi tashqi va ichki g’animlarning turli niqobdagi g’arazli niyatlaridan o’z vaqtida ogohlantirib va muhofaza etib, har bir talaba-yoshda o’z irodasiga, xalqning kuch-qudratiga, Vatanning yorqin kelajagiga komil ishonch, sobit imon tuyg’usini kamol toptirishdan iborat.

Har bir talaba-yoshning yurt tinchligi, el saodatiga xizmat qiladigan intilish, izlanish va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash orqali kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari tamoyilini muntazam targ’ib va tashviq etish Ma’naviyat va ma’rifat bo’limining bosh vazifasidir.

Ma’naviyat va ma’rifat bo’limi o’z faoliyatining samaradorligiga erishish uchun:

- universitet talabalarni milliy g’oyaga sadoqat, ona diyorga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug’ va olijanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoiylik ruhida tarbiyalashga mo’ljallangan targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish;

- barcha fakultetlarda ma’naviy-ruhiy muhitning ahvolini, professor-o’qituvchilar, xodimlar va talabalarning kayfiyatini, intilishi va muddaolarini hisobga olgan holda ijobiy an’ana va tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash;

- ma’rifiy-targ’ibot ishlarini shaklan va mazmunan uyg’unligini, muntazamligini, haqqoniylikka asoslanishini ta’minlash, ya’ni, ma’ruza, suhbat, bahs-munozaralar, seminarlar va konferentsiyalar o’tkazish, ommaviy axborot vositalarida faol ishtirok etish yo’li bilan mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning, qabul qilinayotgan farmonlar, qarorlar va qonunlarning mohiyatini professor-o’qituvchilar va talabalarga tezkorlik bilan yetkazish va kundalik faoliyat dasturiga aylantirishga rahbarlik qilish ta’minlash kabi vazifalarni amalga oshiradi.




Raxbariyat






Ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektor
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
Qo`ysinov Odil Almurotovich
Bog`lanish uchun
Telefon: 276-76-01
Email: tdpu-mmprorektor@inbox.uz



  • Pedagogikadan savol

    Ota-onalarning hamda qonuniy vasiylarning bolalar oldidagi vazifalari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

    Javob: Barcha javoblar to`g`ri

So`nggi yangiliklar


Foydali manbalar




Ðåéòèíã ÂÓÇîâ




Bizning loyihalar




        
2017-03-30 23:43:59