library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          

O`zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgan dastlabki kunlardan boshlaboq, oliy ta’limda o`z yo`lini tanlab olishga erishdi. Shu ma’noda jahonning aksariyat taraqqiy etgan mamlakatlaridagi oliy ta’lim tuzilmalari va mazmuni tahlil qilindi. Oqibatda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qoidalariga mos keladigan mazmun vujudga keldi.
Respublikada yagona bo`lgan universitetimiz tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida «Ta’lim to`g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» hamda davlatimizning ta’lim to`g`risidagi direktiv xujjatlariga asoslangan holda zamonaviy o`qitish texnologiyalaridan xabardor bo`lib, yuqori malakali mutaxassisliklar tayyorlash ishiga samarali ulush qo`shib kelmoqda.
Oliy pedagogik ta’limning me’yoriy xujjatlari rivojlanib borayotgan ta’lim mazmuniga mos ravishda takomillashtirilib borilishi lozim. Bu borada O`zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 16 avgustdagi 343-sonli qarori asosida OO`MTVining 2002 yil 21 fevraldagi 54-sonli qarori bilan «Ta’lim yo`nalishlari bo`yicha DTS va o`quv rejalarini tasdiqlash to`g`risida»gi buyrugi asosida bugungi 27 ta ta’lim yo`nalishining DTS lari va o`quv rejalari tasdiqlangan.
Shuningdek, OO`MTVining 2006 yil 15 fevraldagi 38-sonli buyrugiga asosan bakalavriat ta’lim yo`nalishlari bo`yicha fan dasturlari qayta ishlab chiqilgan.
OO`MTVining 2006 yil 24 iyuldagi 167-sonli va 10 avgustdagi 186-sonli buyruqlari bilan barcha ta’lim yo`nalishlarining fan dasturlari tasdiqdan o`tdi va yangi o`quv yilida o`qitiladigan o`quv rejadagi barcha fanlardan ishchi dasturlar tuzilib, 2006 yil 26 avgustda tasdiqlandi.
O`quv metodik boshqarma tomonidan barcha kafedralarga o`qituvchining shaxsiy ish rejasi blankalari tarqatildi, kafedra mudirlari tomonidan xar bir o`qituvchining shaxsiy ish rejalari tasdiqlangan xolda 31 avgustda dekanatlarga taqdim etildi.
Ta’limning sifat bosqichi professor-o`qituvchilardan ta’lim tizimiga o`ta ma’suliyat bilan yondoshuvini, har bir mashg`ulotni talabalarga yangi pedagogik texnologiyalarga, o`qitishning yangicha uslublariga tayangan holda o`tishni taqazo etadi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktyabrdagi «O`rta maxsus kasb-xunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 400-sonli qarorida oliy ta’lim tizimidagi professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish masalasi dolzarbligi belgilangan. Bu borada universitet professor-o`qituvchilari istiqbolda mo`ljallangan reja asosida malaka oshirish maskanlariga yuborilmoqda.
Sifatli pedagogik kadrlar tayyorlashda o`quv jarayonini to`g`ri tashkil qilish muhim ahamiyatga ega. Bu borada reyting tizimini amalga oshirish, bu tizimni to`laqonli ishlashi, professor-o`qituvchi va talabalar tomonidan to`g`ri tashkil etilishida ma’lum yutuqlarga erishildi. Xar oyda bir marotaba talabalar tomonidan fanlar bo`yicha to`plagan reyting ballari qaydnomalarda, akadem gurux jurnallarida, reyting oynalarida xamda universitetda avtomatlashtirilgan tizim UNICOS tizimida yoritilib borilmoqda. Bu esa talabalarni o`quv yili davomida faollashtirishga kiritib, bilimlarni o`z vaqtida o`zlashtirishlarini taqazo etadi.

Raxbariyat







O`quv ishlari bo`yicha prorektor
Ergashev Dilshod Unarovich

Bog`lanish uchun
Telefon: 276-75-93
Email: d.ergashev@inbox.ru



Bizning loyihalar

        

So`nggi yangiliklar