Library.tdpu.uz   Elektron majmua   eDarslik.tdpu.uz   asofaviy ta`lim   Pedagog   Kirish      



TOSHKENT DAVLAT
PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


Universitetda 2014-2015 oquv yili mobaynida 51 ta kafedra faoliyat korsatib, ularda jami 766 nafar professor-oqituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordilar. Professor-oqituvchilarning 235 nafarini fan nomzodlari va 48 nafarini fan doktorlarni tashkil qildi.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari. Ushbu tavsiya qilingan loyihalardan joriy oquv yilida qolga kiritilgan loyihalar jami 11 tani tashkil etdi.

Universitetda hozirda ilmiy texnik dasturlar doirasida jami 17 ta loyiha bajarilmoqda. Ularning 10 tasi amaliy, 2 tasi fundamental, 1 tasi innovatsion hamda 4 tasi yosh olimlar ilmiy loyihalari hisoblanadi. Bajarilayotgan loyihalarda jami 136 nafar professor-oqituvchilar ishtirok etmoqda, jumladan, 31 nafar fan doktori, 45 nafar fan nomzodi, 42 nafar oqituvchi, 18 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va talabalar jalb qilingan.

Chet el grantlarini bajarish boyicha amalga oshirilgan ishlar. Universitet TEMPUS dasturlari doirasida bajarilayotgan Na puti k prostranstvu vsshego obrazovaniya v Sentralnoy Azii: adaptatsiya (Tuning) struktur i razvitie kultur kachestva deb nomlangan xalqaro loyihada hamkor sifatida ishtirok etib, unga universitedan 5 nafar ijrochilar jalb etilgan. Loyiha 2012 yil 1 oktyabrdan 2015 yilning oxirigacha davom etadi. Loyihani bajarish uchun 1.291.757 yevro ajratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda loyiha doirasida bajariladigan ishlar rejasi ishlab chiqilgan bolib, unda loyiha mavzusiga oid ilmiy-tadqiqotlar otkazish, Gollandiyaning Groningen universtitetiga ilmiy safarlar tashkil etish, ularning respublikamiz OTM lariga ilmiy safarlarini amalga oshirish kabi muhim masalalar oz aksini topgan. Shuningdek, bir qator universitetimiz profesor-oqituvchilari boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan xalqaro grantlarda ishtirok etmoqdalar. Jumladan mazkur oquv yili mobaynida fil.f.n., prof. X.Raximov Germaniya elchixonasi tomonidan, fil.f.d., prof. B.Li Koreya elchixonasi tomonidan tasis etilgan bir qator xalqaro grantlarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Innovatsion goyalar va ishlanmalar. Innovatsion goyalar asosida ishlanmalar yaratish, ularga patentlar va sertifikatlar olish diqqat etiborimizdagi tadbirlardan biridir. Universitet ilmiy jamoasi 2007 yildan boshlab tashkil etilayotgan innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida muntazam ravishda faol ishtirok etib kelmoqda. 2015 yil 19-21 may kunlari tashkil etilgan VIII innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasiga professor-oqituvchilar tomonidan 26 ta ishlanmalar taqdim etildi. Yarmarka nihoyasida universitetimizdan 16 nafar professor-oqituvchilar, yosh olimlar va iqtidorli talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar.

VIII - Innovatsion goyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida jami 16,3 mln. som hajmda 19 ta shartnoma imzolandi. Bu shartnomlar Buxoro davlat universiteti (4 mln.), NamDU (3,5 mln), AnDU (1,5 mln), Navoiy davlat pedagogika instituti (2,5 mln.) va boshqalar bilan imzolandi. Mazkur shartnomalar asosan Boshlangich talim yonalishida multimediali ishlanmalar yaratishga qaratilgan.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar.

Universitetda MDH va xorijiy davlatlarning 20 ortiq talim muassasalari bilan ilmiy aloqalar yolga qoyilgan. Bu aloqalar ilmiy delegatsiyalar tashriflari, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish, birgalikda ilmiy ishlar bajarish, maqolalar chop etish, ilmiy kadrlar va talabalar stajirovkasi korinishida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa Frayburg (Germaniya) universiteti, Seul (Janubiy Koreya) universiteti bilan ilmiy hamkorlik aloqalari har tomonlama rivojlanmoqda.

2014-2015 oquv yilida xorijdan 4 nafar professor-oqituvchilar taklif etilib, dars mashgulotlariga jalb etildi. Xususan, Kim Xunduk, Kim Yen Xe, Li Jionlar Janubiy Koreyadan, Milton Sigmillar AQShdan jalb etilib koreys tili va qiyosiy lingvistika fanlaridan dars berdilar.

Mazkur oquv yilida xalqaro almashuv dasturlari asosida universitetning 2 nafar talabasi (S.Yoldosheva va M.Rozmetova) Germaniyaning Frayburg pedagogika universitetiga, 1 nafar talaba (A.Tyan) Koreyaning Sunchunxyang universitetida stajirovka otadilar. 2014-2015 oquv yilida universitet professor-oqituvchilaridan O.Qoysinov va D Mamatovlar Hindistonning Milliy texnika universitetida, Z.Abdujabborova hamda G.Egamberdievalar Malayziyaning JPBA universitetida, S.Nazarov va X.Raximov Germaniyaning Frayburg universitetlarida turli ilmiy va oquv-ilmiy tadbirlarda ishtirok etdilar va malakasini oshirdilar.

Ushbu oquv yili mobaynida Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli qarori asosida 15ta mutaxassislik fanlari boyicha xorijiy tillarda dars mashgulotlari tashkil etilgan.

Bugungi kunda universitetda 27 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.

Universitetda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti faoliyati. Universitetda 13 ta ixtisoslik boyicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti mavjud bolib, ularda jami 23 nafar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tahsil olmoqdalar. Shularning 4 nafari fan nomzodlari hisoblanadi. KIXIlar uchun ilmiy ishlar prorektori qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan bolib, ushbu oquv yili mobaynida 23 nafar KIXIlarning doktorlik dissertatsiyalari va boshqa 10 ta dolzarb ilmiy mavzular muhokama etildi. Bugunga qadar barcha KIXIlarning mavzulari universitet Kengashida tasdiqlangan. 9 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar DITD doirasida bajarilayogan loyihalarning ijrochilari hisoblanadi. KIXIlar tomonidan 6 ta monografiya tayyorlangan, 4 ta dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olingan.

Yosh olimlar kengashi faoliyati. Universitetda faoliyat yuritayotgan Yosh olimlar kengashi tadqiqotchilar, magistrlar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yonaltirish va ularning ijodiy ishlarini ommalashtirish hamda ragbatlantirish ishlarini davom ettirmoqda. Jumladan, Joriy oquv yilida Gumanitar talim yonalishlarda chet tillar kafedrasi bilan hamkorlikda Chet tillarni organishni takomillashtirish masalalari, Ozbek tili va adabiyoti fakulteti bilan hamkorlikda Izlanish, Tabiiy fanlar fakulteti bilan hamkorlikda Hozirgi zamon tabiiy fanlarining yutuqlari va muammolari, Fizika matematika fakulteti bilan hamkorlikda Ilmiy toplam ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarning maqolalar toplamlari nashr qilindi.

Konferensiyalar tashkil etish. Ushbu hisobot davrida TDPU da jami 8ta konferensiya otkazilgan bolib, bulardan 1 ta xalqaro, 3 ta respublika va 4 ta vazirlik miqyosidagi anjumanlardir.

Universitetda 2014 yilning 12-13 noyabr kunlari Uzluksiz talim tizimida hamkorlik pedagogikasi mavzusida tashkillashtirilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 400 dan ortiq professor-oqituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar ishtirok etishdi. Ushbu konferensiyada nafaqat yurtimizning balki Rossiya, Koreya respublikasi, Yaponiya, Bosniya va Gersogovina davlatlarining ham pedagogika, filologiya sohasidagi taniqli olimlari ishtirok etishdi. Mazkur olimlardan Yaponiyaning Nagoya universiteti professori Kavano Asuka, Bosniya va Gersogovinaning xalqaro Burch universiteti professori A.Akbarov anjuman ishtirokchilariga mahorat darslari (master klaslar) otkazdilar.

Erishilgan ilmiy natijalar. Universitet professor-oqituvchilari tomonidan ushbu oquv yilida talim tizimini takomillashtirishga qaratilgan 32 ta dasturiy maxsulotlarga guvohnomalar olingan. Elektron darsliklar yaratish va ularga patentlar olish boyicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

2014-2015 oquv yilida universitet POlari tomonidan xorijiy ilmiy jurnallarda 105 ilmiy maqolalar, respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 317 ta ilmiy maqolalar, respublika konferensiyalarida 852 ta tezislar nashr etildi. Professor-oqitvchilar tomonidan nashr etilgan 40dan ortiq monografiya, 23ta darslik va 44 ta oquv qollanmalar xalq talimi, oliy va orta maxsus talim tizimi muassasalarida asosiy oquv adabiyoti sifatida foydalanilmoqda. Yaratilgan darslik, oquv qollanma, konferensiyalar toplamlari universitetning portali (tdpu.uz) ga joylashtirilgan. Bundan tashqari har bir darslik va oquv qollanmalarning elektron variantlari kutubxonaga topshirilgan.




Raxbariyat



Ilmiy ishlar bo`yicha prorektor
Abdullayeva Barno Sayfiddinovna
Bog`lanish uchun
Telefon: 276-75-26
Email: abdullayeva@tdpu.uz
  • Pedagogikadan savol

    O`qituvchining kommunikativ qobiliyati qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

    Javob: Talabaga to`g`ri muomala qila olish, ularga yaqin bo`lish, ular bilan pedagogik samarali hamkorlik o`rnata bilish qobiliyati

So`nggi yangiliklar


Foydali manbalar