Toshkent davlat pedagogika universitetining 2017 yildagi ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqot faoliyati bo‘yicha erishgan asosiy ko‘rsatkichlari

I. Kirish. 2017 yilda respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida bir qator salmoqli ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirildi. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi jarayoni yanada takomillashdi. Xorijiy ilg‘or tajribalarning respublikamizda ta’lim tizimini tashkil etishda amalda chuqurroq tatbiq etilishi kuzatildi. Xususan, bu holatni respublikamizda ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish, doktorlik dissertatsiyalarni tayyorlash, innovatsion ishlanmalarni yaratish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining uzviyligini ta’minlashda ko‘rishimiz mumkin. Ilm-fan taraqqiyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, ilmiy-tadqiqot ishlarining muvaffaqiyati har qanday jamiyatda intellektual salohiyat ortib borishining bosh mezoni hisoblanadi.
Toshkent davlat pedagogika universitetida ilmiy-tadqiqot ishlari ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi. 2017 yil uchun ilmiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha strategik ish rejasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 maydagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153- son qarori ilmiy-tadqiqot ishlarini qayta ko‘rib chiqish va uning faoliyat ko‘lamini kengaytirishga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Toshkent davlat pedagogika universitetining 2017 yil uchun ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish bo‘yicha ish rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tadbirlarning mazmuni, bajarish muddatlari va bajarishga mas’ul bo‘lganlar aniq belgilab qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1875-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda oliy malakali kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 304-sonli qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 29 dekabrdagi “Respublika oliy ta’lim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 371-sonli qarorlari hisobot yilida universitetda amalga oshirilgan ilmiy ishlarning asosiy mazmunini belgilab berdi. Hisobot yilida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 4 noyabrdagi 47-sonli majlis bayoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Hay’atining 2015 yil 18 noyabrdagi 49-son majlisi bayonida innovatsion hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha uslubiy asoslar yaratilganligi katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu me’yoriy hujjatlar asosida kafedralarda innovatsion hamorlik o‘rnatilishi lozim bo‘lgan tashkilotlar, mas’ullar va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar qayta ko‘rib chiqildi va vazirlikka taqdim qilindi.
Hisobot davrida amalga oshirilgan tadbirlar maqsadi professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, magistrlar va talabalarning ilmiy-ijodiy faolligini oshirishga qaratilgan bo‘lib, ilmiy to‘garaklar, ilmiy seminarlar faoliyatini tubdan yaxshilash, ilmiy konferensiyalar faoliyati samaradorligini oshirish, ilmiy tadqiqotlar va loyihalarning sifatli bajarilishiga erishish, yosh olimlar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi ustuvor yo‘nalishlarda o‘z aksini topdi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, oliy ta’lim muassasasining reytingini aniqlashga ham yangicha yondashuv shakllandi. Bunda professor-o‘qituvchilar tomonidan chop etilgan materiallarning ixtiboslik (chop etilgan materiallarga murojaatlar soni) darajasi, xorijiy ilmiy jurnallarda (maqolalarning annotatsiyalari referativ jurnallarda beriladigan nashrlarda) nashr etilgan ilmiy maqolalar, professor-o‘qituvchilar tomonidan intellektual mulk vositalariga olingan sertifikat (patent)lar, ishlayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari buyurtmalari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlardan, shuningdek, davlat grantlari hisobidan olingan mablag‘lar miqdori, xorijiy ilmiy fondlar va tadqiqot markazlarining grantlari va buyurtmalari hisobidan olingan mablag‘lar miqdoriga katta ahamiyat berilgan. Bu holat o‘z navbatida ilmiy-tadqiqot ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi. TDPUda reytingni aniqlashni tashkil etish ilmiy ishlar prorektori zimmasiga yuklatildi. 2017 yil uchun oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi onlayn tizimda universitetning reytingini aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.
2017 yil mart oyidan boshlab universitetdagi barcha professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘yicha shaxsiy ish rejasidagi vazifalarning shakllantirilishi, ularni bajarish mexanizlari aniq belgilab berildi. Faoliyat ko‘rstayotgan fan nomzodlari va ilmiy darajaga ega bo‘lmagan professor-o‘qituvchilarning doktrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha yakka tartibdagi ish rejasi ishlab chiqildi.

II. Ilmiy-tadqiqot faoliyatining umumiy tavsifi.
II.1 Universitet ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari. 2017 yilda universitet ilmiy-tadqiqotlarining ustuvor yo‘nalishlari har bir kafedralarda mavjud ilmiy salohiyat, moddiy-texnik baza, respublikada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlari hamda hudud va mintaqamizning o‘ziga xosligini e’tiborga olgan holda mukammal ravishda qayta ko‘rib chiqildi. Xususan, universitetda mavjud magistratura mutaxassisiliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari ixtisosliklari asosida kafedralarning bosh ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari aniq belgilab olindi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 13 maydagi “Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 153-son qarori asosida universitetda xorijiy hamkorlar bilan sheriklik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot jarayoniga yetuk xorijiy mutaxassislarni jalb etish, almashuv dasturlarini shaklantirish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi. Umuman universitetda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yo‘nalishlarini quyidagicha izohlash mumkin:
1. Demokratik huquqiy davlat qurish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish, bozor munosabatlarini takomillashtirish jarayonlarining iqtisodiy va huquqiy asoslarini tadqiq etish;
2. Uzluksiz ta’limda pedagogika fanlar tizimida fanlararo aloqadorlik va integratsiyalashuvining metodologik-didaktik muammolarini tadqiq etish;
3. Uzluksiz ta’lim tizimida davlat ta’limi standarti, malaka talablari va o‘quv dasturlarini xorijiy ilg‘or tajribalar asosida takomillashtirish;
4. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya samaradorligini oshirish texnologiyalarini tadqiq qilish;
5. Uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismlari mantiqiy uzviyligi, uzluksizligini hamda izchilligini ta’minlash va strategiyasi muammolari yechimini ishlab chiqish;
6. Sog‘lom hayot tarzini shakllantirish va jismoniy madaniyatni rivojlantirishning ilmiy va konseptual asoslarini tadqiq qilish;
7. Uzluksiz ta’lim tizimida bolalarning ijtimoiy moslashuvi, maxsus pedagogika, inklyuziv ta’lim muammolarini tadqiq qilish:
8. Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining nazariy va amaliy muammolarini tadqiq etish;
9. Uzluksiz ta’lim tizimida kasbiy kompetentlik, chet tili kompetensiyalari va axborot madaniyatini rivojlantirish texnologiyalarini tadqiq qilish;
10. Universitetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy jarayonni tashkil etishda akademiklarning salohiyatidan unumli foydalanish.
Mazkur ustuvor yo‘nalishlar respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirishning 2012-2020 yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlariga mos keladi. Mazkur ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari davlat ilmiy-texnik dasturlar doirasida loyihalarning shakllantirilishi, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzularining yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi.

II.2. Universitet kafedralarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyati. Universitetda 32 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda jami 432 nafar professor-o‘qituvchilar jalb qilingan. Shularning 152 nafari fan nomzodi va 25 nafari fan doktorlari hisoblanadi. 2017 yilning dekabr oyigacha universitetning ilmiy salohiyati 40 foizni tashkil etadi. Bulardan tashqari 2017 yilda TDPUda 3 nafar PhD darajasiga ega bo‘lgan o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordi.
Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash borasida deyarli 80 yillik tajribaga ega. Universitetda pedagogika (asoschisi akademik S.Rajabov), psixologiya (asoschisi professor M.Davletshin), o‘zbek tilshunosligi (asoschisi akademik M.Askarova), kimyo (asoschisi akademik M.Toshpo‘latov), tarix (asoschisi akademik A.Askarov), biologiya (asoschisi A.Zikiryaev), kasb ta’limi (asoschisi U.Nishonaliev), geografiya (asoschisi professor X.Vaxobov), pedagogika (asoschilari professorlar B.Mirzaxmedov, L.Mo‘minova) yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maktablar yaratilgan. So‘nngi yillarda universitet olimlaridan pedagogika sohasida N.Muslimov, B.Abdullaeva, B.To‘xliev, R.Niyozmetovalarning, falsafa sohasida I.Karimov, K.Tulenovalarning, psixologiya sohasida N.Safaev, Z.Nishonovalarning shogirdlari sermahsul tarzda disertatsiyalarini himoya qilganlar.
2017 yildan e’tiboran universitetda faoliyat olib borayotgan 528 nafar professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratildi. Barcha ilmiy darajaga ega bo‘lmagan va fan nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lganlarga doktorlik dissertatsiyasi mavzulari berildi.
Universitet professor-o‘qituvchilarining 27 nafari fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash va ilmiy seminarlar a’zosi hisoblanadi. 2017 yilda 9 nafar professor-o‘qituvchilar doktorlik dissertatsiyalariga taqrizchi sifatida ishtirok etdilar. 7 nafar professor-o‘qituvchilar Fan va texnologiyalar agentligida doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirish va DITD doirasidagi grantlarni tahlil qilish bo‘yicha ekspert guruhiga jalb qilingan. 70 nafaran ortiq professor-o‘qituvchilar 2017 yilda respublikamizning turli OMlarida tashkil etilgan konferensiyalarning tashkiliy qo‘mitasiga a’zo sifatida kiritilgan.
Universitetning barcha kafedralarida har oyning oxirgi chorshanba kuni ilmiy-nazariy seminarlar tashkil etilmoqda. Ilmiy-nazariy seminarlarga O‘zbekiston Respublikasi FA tarmoq institutlari, innovatsion-korporativ hamkorlik o‘rnatilgan muassasalar vakillari va turdosh OTMlardan ham ma’ruzachilar jalb etilgan. Seminar bayonnomalari rasmiylashtirilgan.
Joriy o‘quv yilida universitet kafedralarining ilmiy salohiyatini oshirish masalasi universitet kengashida muntazam muhokama etib borildi va tegishli qarorlar qabul qilindi. Qabul qilingan qarorlar asosida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va uning bajarilishi yuzasidan monitoring tashkil etilgan.

II.3. Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari. Universitetda ilmiy loyihalarni bajarish ustuvor etib belgilab qo‘yilgan. Universitetlar reytingini hisoblashda ham loyihalar bajarish yetakchi o‘rin tutadi. Eng dolzarb mavzular loyihalarga tavsiya etiladi va eng yaxshi ilmiy natijalar loyihalar doirasida olinishi, monografiyalar va doktorlik dissertatsiyalari yozilishi asosiy maqsadlardan etib belgilangan. Universitetda ilmiy-texnik dasturlar doirasida jami 18 ta loyiha bajarildi. Ularning 10 tasi amaliy, 3 tasi fundamental, hamda 5 tasi yosh olimlar ilmiy loyihalari hisoblanadi. Bajarilayotgan loyihalarda jami 112 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda, jumladan, 24 nafar fan doktori, 46 nafar fan nomzodi, 42 nafar o‘qituvchi, 5 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, 4 nafar mustaqil izlanuvchilar, 5 nafar magistrlar hamda 6 nafar talabalar jalb qilingan.
Loyihalar doirasida 2017 yilning o‘zida 9 ta monografiya, 12 ta darslik, 21 ta o‘quv qo‘llanma, 39 ta xorijiy, 144 ta mahalliy ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar, 42 ta xalqaro ilmiy anjumanlar to‘plamlarida, 282 ta respublika anjumanlari to‘plamlarida ma’ruzalar chop etildi.
Loyihalarning bajarilish monitoringi Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi. Bo‘limda loyihalarning yillik rejalari, tuzilgan shartnomlar, yillik smetalari, ijrochilar haqida ma’lumot, ularning chorak, yarim yillik va yillik hisobotlari saqlanadi.

II.4. Iqtisodiyotning tegishli sohalariga oid korxona va tashkilotlar bilan bajarilayotgan xo‘jalik shartnomalari. Universitetda iqtisodiyot sohalariga oid muassasalarning ehtiyojlariga mos ravishda ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va boshqa turdagi metodik adabiyotlar oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda xalq ta’lim vazirligi tomonidan berilgan buyurtmalar asosida yaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son qarori bo‘yicha Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017 yil 28 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borilayotgan doktorantlarni, iqtidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shug‘ullanishga jalb etish, tadqiqot ishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 704-sonli bo‘yrug‘i ijrosini ta’minlash, universitetda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlarni, iqtidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shug‘ullanishga jalb etish, tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish maqsadida universitet rektorining 2017 yil 3 oktyabrdagi 661-sonli buyrug‘i chiqarilgan.
II.5. Chet el grantlari bo‘yicha bajarilgan ishlar. Hozirda universitet “Erusmus+” xalqaro fondning “Internalizatsiya i modernizatsiya obrazovaniya i protsessov v sfere vыsshego obrazovaniya Uzbekistana” mavzusidagi xalqaro loyihasini bajarishda hamkor sifatida ishtirok etib kelmoqda. Mazkur loyihani bajarishda universitetning Kasb ta’limi fakulteti dekani Ya.Ismadiyarov, p.f.n., dos. R.Isyanovlar ishtirok etadilar. Bulardan tashqari universitetning bir qator professor-o‘qituvchilari mazkur loyihaga ijrochi sifatida jalb qilingan. Xalqaro grant ishirokichlari universitetning o‘quv-ilmiy jarayoniga xorijlik mutaxassislarni jalb qilishda faollik ko‘rsatmoqdalar. 2017 yilda mazkur grant ishtirokchilari tomonidan fanlar bo‘yicha bir qator xorijiy adabiyotlar o‘rganilib, o‘quv ishchi dasturlar va ma’ruza matnlarini yaratishda foydalanildi. Shuni aloxida ta’kidlash lozimki, 2018 yil universitet yana bir “Erusmus+” xalqaro fondning grantiga asosiy ijrochi tashkilot sifatida ishtirok etish uchun hujjatlarni rasmiylashtirmoqda.
Universitetning xalqaro ilmiy hamkorligini rivojlantirishga ustuvorlik berilmoqda. Shu kungacha 40 dan ortiq xorijiy ta’lim muassasalari bilan ilmiy hamkorlik o‘rnatilgan bo‘lsa, 2017 yilda Belgorod davlat universiteti, Sharqiy Xitoy universiteti, Turkmaniston davlat pdagogika univesitetlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Universitetimizga Fransiya, Buyuk Britaniya, Koreya, Afg‘oniston davlatlaridan delegatsiyalar keldi. Shuningdek, AQSh, Kanada davlatlari OTMlari bizning universitetimiz bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga qiziqmoqdalar. Hamkorlik aloqlarining natijasi o‘laroq, 2017-2018 o‘quv yilida 14 nafar, ya’ni malaka oshirishga 11 nafar, stajirovkaga 1 nafar va magistraturaga 2 nafar xodimlarning xorijiy ta’lim muassasalariga borishi rejalashtirildi.
Konferensiyalar tashkil etish ilmiy-tadqiqotlarimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 yil 25 may kuni universitetda O‘zbekiston jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda “Boshlang‘ich ta’lim va jismoniy madaniyat yo‘nalishida sifat va samaradorlikni oshirish: muammo va yechimlar” mavzusida xalqaro miqyosda konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada 25 nafar xorijlik mutaxassislar ishtirok etdilar. 2017 yil 14 may kuni “Zamonaviy topologiya muammolari va uning tatbiqlari” mavzusida respublika miqyosida ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda xorijiy davlatlardan ham 6 nafar taniqli mutaxassislar ishtirok etdilar.

II.6. Fanning ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi. (Olingan natijalarni ishlab chiqarishga joriy etish) Universitetda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan bo‘lib, ularda, asosan, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari malaka oshirmoqdalar. Bu sohada olib borilayotgan tadbirlar, pirovardida, o‘quv ilmiy kompleks va markazlarning tashkil etilishiga zamin yaratmoqda. Hozirda universitetda tahsil olayotgan magistrantlarga biriktirilgan ilmiy rahbarlarning 100 foizi ilmiy darajaga ega. Ilmiy rahbarlarning 21 nafari boshqa ta’lim muassasalaridan jalb etilgan. Xususan, ingliz tili mutaxassisligi bo‘yicha 7 nafar ilmiy rahbar O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetidan, kimyo o‘qitish metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha 1 nafar, geografiya o‘qitish metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha 3 nafar, rus tili va adabiyoti mutaxassiligi bo‘yicha 2 nafar, jismoniy madaniyat mutaxassisligi bo‘yicha 1 nafar, surdopedagogika mutaxassisligi bo‘yicha 2 nafar, ma’naviyat asoslari mutaxassisligi bo‘yicha 1 nafar, tarix o‘qitish metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha 1 nafar, fizika o‘qitish metodikasi mutaxassisligi bo‘yicha 2 nafar, mehnat ta’limi mutaxassisligi bo‘yicha 1 nafar ilmiy rahbar boshqa ta’lim muassasalaridan jalb etilgan.

II.7. Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar borasida bajarilayotgan ishlar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida shu yildan boshlab muntazam ravishda yarmarka tashkil etilib kelinmoqda. Asosiy maqsad ilmiy va innovatsiya faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, intellektual mulkni yanada rivojlantirish va himoya qilish, yangi ixtirolarni amaliyotga joriy etish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish, tabiiy resurslarni tejash, ekologik barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlarni rag‘batlantirishdan iborat.
Innovatsion g‘oyalar asosida ishlanmalar yaratish, ularga patentlar va sertifikatlar olish diqqat e’tiborimizdagi tadbirlardan biridir. Universitet ilmiy jamoasi 2007 yildan boshlab tashkil etilayotgan innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida muntazam ravishda faol ishtirok etib kelmoqda. 2015 yilda tashkil etilgan VIII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasiga professor-o‘qituvchilar tomonidan 16 ta ishlanmalar taqdim etildi. Yarmarka nihoyasida universitetimizdan 18 nafar professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va iqtidorli talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar. VIII Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida jami 16,5 mln. so‘m hajmda 8 ta shartnoma imzolangan.
2017 yilda bo‘lib o‘tgan navbatdagi X-Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida professor-o‘qituvchilarimiz tomonidan 30 dan ortiq ishlanmalar tavsiya etilgan. Natijada 17 ta shartnoma imzolangan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 29 mln. so‘mni tashkil etadi. Shartnomalar O‘zbekiston davlat jahon tilari universiteti, Toshkent Moliya instituti, Toshkent davlat Sharqshunoslik institutlaridan tavsiya etilgan ishlanmalar bo‘yicha rasmiylashtirilgan.

II.8. Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar. Universitetda MDH va xorijiy davlatlarning 20 dan ortiq ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Bu aloqalar ilmiy delegatsiyalar tashriflari, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish, birgalikda ilmiy ishlar bajarish, maqolalar chop etish, ilmiy kadrlar va talabalar stajirovkasi ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa Frayburg (Germaniya) universiteti, Seul (Janubiy Koreya) universiteti bilan ilmiy hamkorlik aloqalari har tomonlama rivojlanmoqda.

III. Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorash samaradorligi.
III.1. Doktorlik dissertatsiyalari himoyasi. 2017 yilda universitetda doktorlik dissertatsiyalari tayyorlash sifati va samaradorligi ortib borganligini ko‘rish mumkin. 2017 yil 24 fevralda A.Nurmanovning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Pedagogicheskie vozmojnosti podgotovki studentov k texnologii i texnike effektivnogo obщeniya (na primere vneauditornыx zanyatiy)” mavzusidagi, 2017 yil 6 iyulda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha Aripjanova Alfiya Ravilenaning “Formirovanie kreativnogo potensiala pedagogicheskogo sostava vuza v usloviyax informatizatsii obrazovaniya” mavzusidagi 2017 yil 3 oktyabrda 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha Salieva Zuxra Taxirovnaning “Pedagogika oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi, 2017 yil 4 oktyabrda Ibragimova Gulsanam Nematovnaning 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha “Interfaol o‘qitish metodlari va texnologiyalari asosida talabalarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish” mavzusidagi, 2017 yil 5 oktyabrda 13.00.06 – Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi ixtisosligidan Mamatov Dilmurad Narmuratovichning “Elektron axborot ta’lim muhitida kasbiy ta’lim jarayonlarini pedagogik loyihalashtirish” mavzusidagi, 2017 yil 6 oktyabr kuni M.Toshpulatovaning 13.00.02 – Ta’lim va tariya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Bo‘lajak boshlang‘ich cinf o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish” mavzusidagi, 2017 yil 1 noyabr kuni 13.00.05 – Kasb hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha Qodirov Hayot Sharipovichning “Kasb ta’limi o‘qituvchilarining bilim va ko‘nikmalarini shakllantirshda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi, 2017 yil 1 noyabr kuni 13.00.05 – Kasb hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha Abduraimov Sherali Saydikramovichning “Kasb ta’limi o‘qituvchilarini integrativ yondashuv asosida tayyorlashning metodik asoslari” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi.

III.2. Universitetda tayanch doktorantlar va doktorantlar faoliyati. Universitetda 13 ta ixtisoslik bo‘yicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti mavjud bo‘lib, ularda jami 31 nafar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tahsil olmoqda. Shularning 6 nafari fan nomzodi hisoblanadi. Doktorant va tayanch doktorantlar uchun ilmiy ishlar prorektori qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, 2017 yil davomida 31 nafar tayanch doktorantning doktorlik dissertatsiyalari va boshqa 10 ta dolzarb ilmiy mavzular muhokama etildi. Bugunga qadar barcha tayanch doktorantlarning mavzulari universitet Kengashida tasdiqlangan. 9 nafar doktorant va tayanch DITD doirasida bajarilayogan loyihalarning ijrochilari hisoblanadi. Tayanch doktorantlar tomonidan 7 ta monografiya tayyorlangan, 3 ta dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olingan.
2017 yil iyun-iyul oylarida universitetning axbrot resurs markazida tayanch doktorantlar xalqaro ma’lumotlar bazalaridan foydalanish bo‘yicha amaliy seminar-treninglarda ishtirok tashkil etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 22 sentyabrdagi 714-sonli “Vazirlik tasarrufidagi muassasalarda oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash rejasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i asosida hamda Vazirlarlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-sonli qarori asosida 2018 yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul jarayoni tashkil etildi. 2018 yil uchun Chirchiq davlat pedagogika institut va Farg‘ona davlat universitetlari uchun maqsadli tayanch doktorantura ajratilganligini aloxida ta’kidlash zarur.

Mavjud ilmiy jurnallarning faoliyati. Universitetda “Pedagogika” jurnali mavjud bo‘lib, 13.00.00 - Pedagogika fanlari bo‘yicha ro‘yxatga kiritilgan. OAK Rayosatining 2013 yil 30 dekabrdagi 20/3-son qarori bilan ro‘yxatga olingan. Jurnalning ISSN raqami: 2010-5330. Jurnalda Pedagogika va psixologiya, pedagogik innovatika; Ta’lim tizimi menejmenti; Matematika va tabiiy-ilmiy fanlar ta’limi; Ijtimoiy va gumanitar fanlar ta’limi; San’at va jismoniy madaniyat ta’limi; Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash; Yosh tadqiqotchilar minbari; Bahs, munozara; Ta’lim tizimi yangiliklari; Yubilyarlarimiz; Yodnoma ruknlari mavjud. Jurnal 2000 yildan beri nashr qilinadi va bir yilda 6 marta chop etiladi.
2017 yilda jurnallar tahririyatiga jami 7 nafar xorijlik mutaxassislar jalb qilingan. Ularning tahriri bilan 2017 yilda universitetdagi mavjud jurnallarda jami 4 ta ingliz tilida maqolalar e’lon qilindi.
Ilmiy jurnallarda e’lon qilinayotgan maqolalarda xorijiy olimlarning ishlaridan foydalanishga katta e’tibor qaratildi.

IV. Ilmiy-tadqiqot ishlarining samaradorligi.
IV.1. Erishilgan ilmiy natijalar. 2017 yilda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan 26 ta dasturiy maxsulotlarga guvohnomalar olingan. 2017 yilda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan xorijiy ilmiy jurnallarda 304 ta ilmiy maqolalar, respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 308 ta ilmiy maqolalar, xalqaro konferensiyalarda 207 ta tezis, respublika konferensiyalarida 721 ta tezislar nashr etildi. Universitetda 2014 yildan e’tiboran “TDPU axborotlari” jurnali tashkil etilganligi ilmiy jamoaning katta yutug‘i bo‘ldi. 2017 yilda 142 nafar mustaqil izlanuvchilardan malakaviy imtihon qabul qilindi. 1 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchi va 5 nafar mustaqil izlanuvchilarning hujjatlari doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish bo‘yicha Ilmiy kengashlarga tavsiya etildi.
2017 yilda TDPUda 4 ta respublika miqyosida 6 ta vazirlik miqyosida ilmiy konferensiyalar tashkil etilgan. Barcha konferesiyalar yuzasidan to‘pgangan materiallar asosida to‘plamlar nashr etilgan.
Universitetning veb sahifasida ilmiy-tadqiqot ishlarining keng yoritib borilishini tashkillashtirish, ilmiy-sohadagi tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berib borish, interaktiv xizmatlar tizimini takomillashtirishda kafedra mudirlarining mas’uliyatini oshirishga ahamiyat berildi. Ilmiy-tadqiqot ishlarining keng yoritib borilishini tashkillashtirish, ilmiy-sohadagi tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berib borish, interaktiv xizmatlar tizimini takomillashtirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga oshirildi. Saytda ilmiy-tadqiqot ishlariga oid ma’lumotlar yangilandi, kafedralar haqidagi ma’lumotlar 3 ta tilda joylashtirildi. Rektor virtual qabulxonasiga bevosita ilmiy soha bo‘yicha murojaatlar kelib tushmoqda.
IV.2. Olingan patentlar, litsenziyalar va ixtirolar. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 2017 yilda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan 41 ta dasturiy maxsulotlarga guvohnomalar olingan. Jumladan, ta’lim tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan dasturiy mahsuloti barcha ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga tatbiq etilmoqda. Elektron darsliklar yaratish va ularga patentlar olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Bulardan tashqari 90 ta amaliyotga tatbiq etilganlik to‘g‘risida dalolatnomalar mavjud.


Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor
pedagogika fanlari doktori, professor Abdullaeva Barno Sayfutdinovna



Links













Web rating


Our projects



            
©2018 Toshkent Davlat pedagogika universiteti . Saytdagi ma'lumotlardan foydalanilganda saytga ilova ko`rsating. Xato topsangiz e-mail:siteadmin@tdpu.uz xabar bering (4)