library.tdpu.uz     majmua.tdpu.uz     eDarslik.tdpu.uz     asofaviy ta`lim     Pedagog     Ota-onalar uchun     Kirish          


           Universitetda 2014-2015 o‘quv yili mobaynida 51 ta kafedra faoliyat ko‘rsatib, ularda jami 766 nafar professor-o‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bordilar. Professor-o‘qituvchilarning 235 nafarini fan nomzodlari va 48 nafarini fan doktorlarni tashkil qildi.

Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy tadqiqot ishlari. Ushbu tavsiya qilingan loyihalardan joriy o‘quv yilida qo‘lga kiritilgan loyihalar jami 11 tani tashkil etdi.

Universitetda hozirda ilmiy texnik dasturlar doirasida jami 17 ta loyiha bajarilmoqda. Ularning 10 tasi amaliy, 2 tasi fundamental, 1 tasi innovatsion hamda 4 tasi yosh olimlar ilmiy loyihalari hisoblanadi. Bajarilayotgan loyihalarda jami 136 nafar professor-o‘qituvchilar ishtirok etmoqda, jumladan, 31 nafar fan doktori, 45 nafar fan nomzodi, 42 nafar o‘qituvchi, 18 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va talabalar jalb qilingan.

Chet el grantlarini bajarish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar. Universitet TEMPUS dasturlari doirasida bajarilayotgan “Na puti k prostranstvu vыsshego obrazovaniya v Sentralnoy Azii: adaptatsiya (Tuning) struktur i razvitie kulturы kachestva” deb nomlangan xalqaro loyihada hamkor sifatida ishtirok etib, unga universitedan 5 nafar ijrochilar jalb etilgan. Loyiha 2012 yil 1 oktyabrdan 2015 yilning oxirigacha davom etadi. Loyihani bajarish uchun 1.291.757  yevro ajratilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda loyiha doirasida bajariladigan ishlar rejasi ishlab chiqilgan bo‘lib, unda loyiha mavzusiga oid ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, Gollandiyaning Groningen universtitetiga ilmiy safarlar tashkil etish, ularning respublikamiz OTM lariga ilmiy safarlarini amalga oshirish kabi muhim masalalar o‘z aksini topgan. Shuningdek, bir qator universitetimiz profesor-o‘qituvchilari boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilayotgan xalqaro grantlarda ishtirok etmoqdalar. Jumladan mazkur o‘quv yili mobaynida fil.f.n., prof. X.Raximov Germaniya elchixonasi tomonidan, fil.f.d., prof. B.Li Koreya elchixonasi tomonidan ta’sis etilgan bir qator xalqaro grantlarda ishtirok etib kelmoqdalar.

Innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar. Innovatsion g‘oyalar asosida ishlanmalar yaratish, ularga patentlar va sertifikatlar olish diqqat e’tiborimizdagi tadbirlardan biridir. Universitet ilmiy jamoasi 2007 yildan boshlab tashkil etilayotgan innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida muntazam ravishda faol ishtirok etib kelmoqda. 2015 yil 19-21 may kunlari tashkil etilgan VIII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasiga professor-o‘qituvchilar tomonidan 26 ta ishlanmalar taqdim etildi. Yarmarka nihoyasida universitetimizdan 16 nafar professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va iqtidorli talabalar sertifikat bilan taqdirlandilar.

VIII - Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasida jami 16,3 mln. so‘m hajmda 19 ta shartnoma imzolandi. Bu shartnomlar Buxoro davlat universiteti (4 mln.), NamDU (3,5 mln), AnDU (1,5 mln), Navoiy davlat pedagogika instituti (2,5 mln.) va boshqalar bilan imzolandi. Mazkur shartnomalar asosan Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida multimediali ishlanmalar yaratishga qaratilgan.

Xalqaro hamkorlik va chet el bilan ilmiy aloqalar asosida erishilgan natijalar.

Universitetda  MDH va xorijiy davlatlarning 20 ortiq ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. Bu aloqalar ilmiy delegatsiyalar tashriflari, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etish, birgalikda ilmiy ishlar bajarish, maqolalar chop etish, ilmiy kadrlar va talabalar stajirovkasi ko‘rinishida amalga oshirilmoqda. Ayniqsa Frayburg (Germaniya) universiteti, Seul (Janubiy Koreya) universiteti bilan ilmiy hamkorlik aloqalari har tomonlama rivojlanmoqda.

2014-2015 o‘quv yilida xorijdan 4 nafar professor-o‘qituvchilar taklif etilib, dars mashg‘ulotlariga jalb etildi. Xususan, Kim Xunduk, Kim Yen Xe, Li Jionlar Janubiy Koreyadan, Milton Sigmillar AQShdan jalb etilib koreys tili va qiyosiy lingvistika fanlaridan dars berdilar.

Mazkur o‘quv yilida xalqaro almashuv dasturlari asosida universitetning 2 nafar talabasi (S.Yo‘ldosheva va M.Ro‘zmetova) Germaniyaning Frayburg pedagogika universitetiga, 1 nafar talaba (A.Tyan) Koreyaning Sunchunxyang universitetida stajirovka o‘tadilar. 2014-2015 o‘quv yilida universitet professor-o‘qituvchilaridan O.Qo‘ysinov va D Mamatovlar Hindistonning Milliy texnika universitetida, Z.Abdujabborova hamda G.Egamberdievalar Malayziyaning JPBA universitetida, S.Nazarov va X.Raximov Germaniyaning Frayburg universitetlarida turli ilmiy va o‘quv-ilmiy tadbirlarda ishtirok etdilar va malakasini oshirdilar.

Ushbu o‘quv yili mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli qarori asosida 15ta mutaxassislik fanlari bo‘yicha xorijiy tillarda dars mashg‘ulotlari tashkil etilgan.

Bugungi kunda universitetda 27 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.

Universitetda katta ilmiy xodim-izlanuvchilar instituti faoliyati. Universitetda 13 ta ixtisoslik bo‘yicha katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti mavjud bo‘lib, ularda jami 23 nafar katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar tahsil olmoqdalar. Shularning 4 nafari fan nomzodlari hisoblanadi. KIXIlar uchun ilmiy ishlar prorektori qoshida ilmiy seminar tashkil etilgan bo‘lib, ushbu o‘quv yili mobaynida 23 nafar KIXIlarning doktorlik dissertatsiyalari va boshqa 10 ta dolzarb ilmiy mavzular muhokama etildi. Bugunga qadar barcha KIXIlarning mavzulari universitet Kengashida tasdiqlangan. 9 nafar katta ilmiy xodim-izlanuvchilar DITD doirasida bajarilayogan loyihalarning ijrochilari hisoblanadi. KIXIlar tomonidan 6 ta monografiya tayyorlangan, 4 ta dasturiy mahsulotlarga guvohnomalar olingan.

Yosh olimlar kengashi faoliyati. Universitetda faoliyat yuritayotgan  Yosh olimlar kengashi tadqiqotchilar, magistrlar va talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga yo‘naltirish va ularning ijodiy ishlarini ommalashtirish hamda rag‘batlantirish ishlarini davom ettirmoqda. Jumladan, Joriy o‘quv yilida Gumanitar ta’lim yo‘nalishlarda chet tillar kafedrasi bilan hamkorlikda “Chet tillarni o‘rganishni takomillashtirish masalalari”, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bilan hamkorlikda “Izlanish”, Tabiiy fanlar fakulteti bilan hamkorlikda “Hozirgi zamon tabiiy fanlarining  yutuqlari va muammolari”, Fizika matematika fakulteti bilan hamkorlikda “Ilmiy to‘plam” ilmiy izlanuvchilar va iqtidorli talabalarning maqolalar to‘plamlari nashr qilindi.

Konferensiyalar tashkil etish. Ushbu hisobot davrida TDPU da jami 8ta konferensiya o‘tkazilgan bo‘lib, bulardan 1 ta xalqaro, 3 ta respublika va 4 ta vazirlik miqyosidagi anjumanlardir.

Universitetda 2014 yilning 12-13 noyabr kunlari “Uzluksiz ta’lim tizimida hamkorlik pedagogikasi” mavzusida tashkillashtirilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada 400 dan ortiq professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrlar va talabalar ishtirok etishdi. Ushbu konferensiyada nafaqat yurtimizning balki Rossiya, Koreya respublikasi, Yaponiya, Bosniya va Gersogovina davlatlarining ham pedagogika, filologiya sohasidagi taniqli olimlari ishtirok etishdi. Mazkur olimlardan Yaponiyaning Nagoya universiteti professori Kavano Asuka, Bosniya va Gersogovinaning xalqaro  “Burch” universiteti professori A.Akbarov anjuman ishtirokchilariga mahorat darslari (master klaslar) o‘tkazdilar.

Erishilgan ilmiy natijalar. Universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ushbu o‘quv yilida ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan 32 ta dasturiy maxsulotlarga guvohnomalar olingan. Elektron darsliklar yaratish va ularga patentlar olish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

2014-2015 o‘quv yilida universitet PO‘lari tomonidan  xorijiy ilmiy jurnallarda 105 ilmiy maqolalar, respublika miqyosidagi ilmiy jurnallarda 317 ta ilmiy maqolalar, respublika konferensiyalarida 852 ta tezislar nashr etildi. Professor-o‘qitvchilar tomonidan nashr etilgan 40dan ortiq monografiya, 23ta darslik va 44 ta o‘quv qo‘llanmalar xalq ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi muassasalarida asosiy o‘quv adabiyoti sifatida foydalanilmoqda. Yaratilgan darslik, o‘quv qo‘llanma,  konferensiyalar to‘plamlari universitetning  portali (tdpu.uz) ga joylashtirilgan. Bundan tashqari har bir darslik va o‘quv qo‘llanmalarning elektron variantlari kutubxonaga topshirilgan.



Raxbariyat





Ilmiy ishlar bo`yicha prorektor
Abdullayeva Barno Sayfiddinovna
Bog`lanish uchun
Telefon: 276-75-26
Email: abdullayeva@tdpu.uz


Bizning loyihalar

        

So`nggi yangiliklar