|   library.tdpu.uz   |   majmua.tdpu.uz   |   eDarslik.tdpu.uz   |   asofaviy ta`lim   |   Pedagog   |   Ota-onalar uchun   |   Kirish   |      


Ozbekistonda mustaqillik yillarida ta`lim tizimining barcha turlarini, jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish boyicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Ozbekistonda mustaqillik yillarida ta`lim tizimining barcha turlarini, jumladan, o erliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish boyicha aniq maqsadli keng miqyosdagi ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida maktab ta`limini rivojlantirishning umummilliy davlat dasturini muvaffaqiyatli amalga oshirish natijasida ta`lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy oquv-laboratoriya uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlangan umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, oliy ta`lim muassasalaridan iborat, yuqori talablarga javob beruvchi uzluksiz ta`limning yaxlit tizimi yaratildi.



Ta`lim togrisidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar asosini tashkil etmoqda. Universitetimiz 80 yillik faoliyatida ta`lim sifati va samaradorligini oshirish, ta`lim tizimining uzluksizligi hamda uzviyligini ta`minlash, ma`naviy va axloqiy talablarga javob bera oladigan yuqori malakali hamda yuqori kasbiy mahoratga ega bolgan ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash jarayoniga alohida e`tibor berib kelmoqda.
Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456 sonli Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan otkazish tizimini yanada takomillashtirish togrisidagi Farmoni magistratura mutaxassisliklari boyicha kadrlarni tayyorlashda bizning oldimizga qator vazifalarni qoymoqda.
Universitetimizda magistrlarni tayyorlash borasida mutaxassislik boyicha mustaqil ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik va kasbga doir faoliyatni tashkil etish, magistrlarni mutaxassisligi boyicha oliy ta`limdan keyingi katta ilmiy xodim izlanuvchilar institutiga tayyorlash jarayoniga alohida e`tibor berib kelinmoqda.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Magistratura bolimi Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 10 sentyabrdagi 190-sonli Ozbekiston Respublikasi ta`lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish, uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari togrisidagi qaroriga muvofiq alohida bolim sifatida shakllantirilib, magistratura faoliyati Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus ta`lim vazirligining 2012 yil 29 oktyabrdagi 418-sonli Magistratura togrisidagi Nizom asosida faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbol vazifalaridan kelib chiqqan holda oliy malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash sohasida 25 ta magistratura mutaxassisliklari boyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab kelinmoqda.

Bugungi kunda magistrant muhim ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, siyosiy ahamiyatga ega bolgan ilmiy muammoni hal etishi, fanning tegishli tarmogini rivojlantirishda yangi fan yutuqlari bilan ishtirok etishi hamda davlat va jamiyat taraqqiyotiga hissa qoshadigan ilmiy asoslangan texnik, iqtisodiy va texnologik Yechimlarni ta`minlaydigan ilmiy faoliyatni olib borishi lozim. Shuningdek, ozi tanlagan mutaxassislikning rivojlanish kontseptsiyasining mohiyati va mazmunini chuqur bilishi, mutaxassislik bilimlarni puxta egallashi, ilmiy faoliyatni fan va ta`limning istiqbolli yonalishlari bilan uygun holda olib borishi, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashda nazariy, ilmiy va metodologik bilimlarni mukammal egallashi, muammoni aniq tasavvur qilgan holda, ilmiy ma`lumotlar va materiallarni tahlil qilish, tizimlashtirish, umumlashtirish va eksperimental tadqiqotlar olib borish qobiliyatiga ega bolishi talab etiladi.


Magistratura talabalari fanning turli sohalarida ilmiy izlanishlar olib borishmoqda va koplab yutuqlarni qolga kiritmoqda.
Magistratura bolimining faoliyati sport sohasida ham sezilarli orin egallay boshladi. Magistratura bolimi talabalarning muvaffaqqiyatlarini munosib taqdirlab, ularga barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.
Hozirgi kunda iqtidorli talablar akademiyasida 4 nafar magistrant nomdor talaba bolish uchun tayyorgarlik ishlarini olib bormoqdalar.


Magistrantlarning ilmiy salohiyati, bilimi va tafakkuri ularning keyingi ilmiypedagogik faoliyatida yuqori natijalariga erishishlari uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tahsil olishlari, ta`limning ustuvor yonalishlarida tadqiqot olib borishlari uchun Yetarli shart-sharoitlar yaratilgan.
Magistrlar tayyorlash bilan band bolgan pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish sifati monitoringi, magistrantlarning bilim va konikmalari hamda kasbiy tayyorgarliklari doimiy ravishda tahlil qilib boriladi.

2008 yildan buyon magistrantlarning Tafakkur sarchashmalari nomli bilan ilmiy metodik maqolalari toplami nashr qilinib kelinmoqda. 2014 yildan boshlab ushbu ilmiy-metodik maqolalar toplami Pedagogik innovatsiyalar nomi bilan chop etilmoqda. Shu bilan birgalikda magistratura talabalarining ilmiy va metodik yonalishlarda amalga oshirilgan ishlari chet el va mahalliy matbuotda doimiy chop etib kelinmoqda.


Raxbariyat










  • ?

    :










Bizning loyihalar